1-mavzu: Harakatlarga o`rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari


Harakat faoliyatini o‘qitishning xususiyati


Download 348.04 Kb.
bet3/7
Sana08.11.2023
Hajmi348.04 Kb.
#1758182
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Harakatlarga orgatish

Harakat faoliyatini o‘qitishning xususiyati

  • 3 xususiyati.
  • Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo‘nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi:
  • a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. eng avvalo, aynan o‘sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;
  • b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo‘lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o‘zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.
  • Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi.
  • Harakat faoliyatlarini o‘rgatishning samaradorligi jismoniy bilim va jismoniy rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlari egallanishini to‘g‘ri tashkil etgan pedagogik jarayon, albatta, jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarining oshishiga olib keladi.
  • Bilim berish vazifalarining hal qilinishi tarbiyaviy vazifalarning amalga oshirilishi bilan birga yuz beradi.

O‘quv fani tarbiyaning umumiy vazifalarini hal etishga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi, ayni paytda jismoniy tarbiya uchun xos bo‘lgan ayrim xususiy vazifalarni ham oldinga suradi:

  • Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga odatlantirish. Bu odat, ayniqsa, hozirgi zamondoshlarimiz uchun zarur. U kam harakat qilish, organizmga jismoniy yukning kamligi, harakat tanqisligini engish muammosini hal qiladi, mustaqil jismoniy mashq bilan shug‘ullanish mashg‘uloti uchun vaqt topishga o‘rgatadi.
  • Jismoniy qiyinchiliklarni yengish qobiliyatini tarbiyalash. Ko‘pchilik harakat faoliyatlarini o‘zlashtirish ma’lum darajadagi tavakkalchilikni, maksimal jismoniy va psixik zo‘riqishni talab qiladi, katta yuklamani organizm sarflagan quvvatini tiklab ulgurmagan sharoitda bajara olishga – chidashga o‘rgatadi.
  • Gigienik malaka va odatlarni tarbiyalash. Jismoniy mashqlarning samaradorligi asosan gigienik omillardan to‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq. Harakat faoliyatlarini o‘rgatish jarayoni ish tartibiga, ovqatlanish, uyqu tartibiga rioya qilishni tarbiyalash, badanni parvarishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
  • Ta’limning samarasiga tashqi omillar (sport anjomlari va jihozlarning soz bo‘lishi), sog‘lomlashtirish vazifalarining hal qilinishi (mashg‘ulot joyining tozaligi, havo va boshqalar) ahamiyatli darajada ta’sir qiladi.
  • Harakat faoliyatlarini o‘qitishning yuqorida qayd qilingan xususiyatlari o‘qituvchidan psixologik-fiziologik bilimlarnigina talab qilib qolmay, yuqori darajadagi anatomo-fiziologik tayyorgarlikka oid bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi.

Download 348.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling