1-mavzu. Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati. Mavzu rejasi


CHidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari


Download 452.73 Kb.
bet29/32
Sana17.10.2023
Hajmi452.73 Kb.
#1706646
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati.

CHidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chidamlilik mashg‘ulotlar davomida sportchini bir oz bo‘lsada charchashni his qilishi orqali rivojlanishiga e’tibor bersak yuklamadan so‘ng tiklanish juda oz vaqt ichida sodir bo‘lsa chidamlilikni rivojlanmasligi ma’lum bo‘ladi. Ish hajmi katta bo‘lib charchoq his qilish bilan bajarilsa organizm yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashg‘ulotlardan so‘ng chidamlilikni ortib borayotganligi ko‘zga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi o‘zgarishlar darajasi, yuklamaga javob reaksiyasi xarakteri, uni ko‘lami yo‘nalishi orqali sodir bo‘ladi. Har xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil bo‘lmaydi.
Siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yuklamaning to‘la tavsifini quyidagi besh komponentda ko‘rishimiz mumkin;

  1. mashqni absolyut intensivligi (harakatlanish tezligi);

  2. mashqni davomiyligi (uzunligi);

  3. dam olish intervalining katta kichikligi;

  4. dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv);

  5. mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni;

Bu komponentlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy olib borish orqali berilgan yuklama organizmning faqat javob reaksiyasi ko‘lamigagina emas, hatto uning sifati xususiyatini ham turlicha bo‘lishiga olib kelishi amaliyotda isbotlandi. Yuqorida qayd qilingan komponentlarni ta’sirini siklik mashqlar misolida ko‘rib chiqamiz:

  1. Mashqni absolyut intensivligi faoliyatni energiya bilan taominlash xarakteriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Harakatlanishning tezligini pastligida katta energiya sarflanmaydi. Sportchini organizmini kislorodga talabining ko‘lami uni aerob imkoniyatlaridan oz. Bunda kislorodga bo‘lgan joriy talab, agarda, ishni boshlanishida nafas jarayoni

  2. yetarli darajada yo‘lga qo‘yilib ulgurmagan paytdagi kislorodga muhtojlikni ko‘p emasligini hisobga olmasak, sarflanayotganini o‘rnini qoplamaydi va ish xaqiqiy turg‘un holatdagi sharoitda bajariladi. Bunday tezlik subkritik tezlik deb nomlanadi. Subkritik tezlik zonasida kislorodga muhtojlik taxminan harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proporsiyada bo‘ladi. Agarda sportchi tezroq harakatlanayotgan bo‘lsa kritik tezlikka erishadi, bu erda kislorodga muhtojlik uni aerob imkoniyatlariga teng. Bu holda ishning bajarilishi bilan kislorod sarflanishining ko‘lami maksimal darajada deb hisoblanadi. Kritik tezligi qanchalar yuqori bo‘lsa sportchini nafas imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tezligi kritik tezlikdan yuqoriligi uchun yuqori kritik tezlik deb nomlanadi.

  3. Yuqori kritik tezlik zonasida energetika mexanizmi samaradorligini ozligidan kislorodga muhtojlik tezlashadi, harakat tezligiga nisbatan ortadi. Taxminan kislorodga muhtojlik tezlikni kubiga nisbatan proporsional oshadi (Xill A.B.). Masalan, yugurish tezligini 6 dan 9 m. sek.ga oshirilsa (ya’ni 1.5 marta) kislorodga muhtojlik esa taxminan 3,3-3,4 martaga ortadi. Bu degani, tezlik bir ozgina oshirilsa kislorodga muhtojlik ahamiyatli darajada ko‘payadi. Bu o‘z navbatida anaerob mexanizmlar rolini muvofiq ravishda ko‘taradi.


Download 452.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling