1-mavzu. Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati. Mavzu rejasi


Download 452.73 Kb.
bet22/32
Sana17.10.2023
Hajmi452.73 Kb.
#1706646
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati.

Analitik yondoshish metodi, ya’ni engillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi.
Sensamotor metodidanham foydalaniladi (S.P. Geller-shteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliyatini oshirish uchun signallarga reaksiya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.
Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaksiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signallarga reaksiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to‘xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o‘qituvchi signali, buyrug‘i bilan yugurish yo‘nalishini o‘zgartirish) mashqlarni yordamida rivojlantiriladi. Sport o‘yinlari reaksiya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.
Adabiyotlar

1.Maxkamdjonov K, Tulenova X.B. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun umumiy va kengaytirilgan “Jismoniy tarbiya” dasturi. Ilm-ziyo Toshkent., 2006-yil.


2.Xoldorov. T., Tulenova X.B. Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, turizm, xalq milliy o’yinlarining nazariy va amaliy asoslari. TDTY bosmaxonasi, 2007-yil.
3.Tulenova X.B.Malinina N.N.,Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatish metodikasi, o’quv qo’llanma TDPU, 2005 y.
4.Abdullayev A., Xonkeldiyev SH.Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. O’quv qo’llanma Toshkent., O’zDJTI, 2005 yil-300 b

9- mavzu:Koordinasion qobiliyatlar va egiluvchanlikni tarbiyalash.
Mavzu rejasi:
1.Egiluvchanlik haqida tushuncha.
2.Egiluvchanlikning turlari va o’lchov mezoni.
3.Egiluvchanlikning rivojlanish darajasini aniqlovchi omillar.

Egiluvchanlik - harakatlarni katta amplitudada bajara olishdir. Egiluvchanlikning o‘lchamlari katta amplitudada harakat qila olishdir. Ilmiy tekshirish ishlarida egiluvchanlik burchak o‘lchovlarida (burchakli yoki chiziqli o‘lchovlarda) ifodalanadi (20-jadval). Egiluvchanlik muskul va to‘qimalarning elastikligiga bog‘liq. Muskullarning elastiklik xususiyatlari ko‘p darajada markaziy nerv sistemasining ta’sirida o‘zgarishi mum- kin. Masalan: musobaqalar paytida hissiyot orqali egiluvchanlik ortadi. Egiluvchanlik tashqi havo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. t - ning (harorat) ortishi bilan egiluvchanlik ham ortib boradi.


Bolalarda kattalarga nisbatan egiluvchanlik yaxshi. Lekin har doim ham shunday emas. SHuning uchun ayrim paytlarda ehtiyotkorliklarga e’tibor berish kerak.
Faol egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan bog‘liq. Biroq kuch- lilikni oshiradigan mashqlar bilan shug‘ullanish bo‘g‘inlaridagi harakat- chanlikni chegaralab qo‘yishi mumkin. Lekin bu salbiy ta’simi engish mumkin. Egiluvchanlikni va kuchlilikni oshiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq ravishda qo‘shib olib borish yo‘li bilan har ikkala fazilatning yuksak darajada rivojlanishiga erishish mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikning mumkin qadar ko‘proq riyojlantirilishiga erishmaslik kerak.
Egiluvchanlik deb - tayanch harakat apparatining morfofunksional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat bo‘g‘inlarining hara- katchanligini belgilashga aytiladi. 11-14 yoshda uni kerakli harakatlarni erkin bajarilishini ta’minlaydigan darajadagina rivojlantirish zarur. Bundan egiluvchanlikning miqdori harakat bajariladigan maksimal ‘amplitudadan ortiq bo‘lishi kerak.
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun katta amplituda bilan bajariladi- gan mashqlar (cho‘ziluvchanlikni oshiradigan) qo‘llanadi. Ular 2 guruhga - faol va passiv harakatlarga bo‘linadi.
Faol mashqlar - u yoki bu bo‘limlarda muskullarning hisobga ko‘ra harakatlarni amalga oshiradi (21-jadval).
Passiv mashqlar esa tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlardir.



Download 452.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling