1-mavzu. Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati. Mavzu rejasi


Download 452.73 Kb.
bet3/32
Sana17.10.2023
Hajmi452.73 Kb.
#1706646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati.

HARAKAT MALAKALARI

Harakat mashqlarini ko‘p marotaba stereotip tarzda takrorlash malaka hosil qilishga olib keladi. Harakat malakasi - bir butun harakat vaqtida harakatlarni avtomatlashgan usulda olib borilishidir.


Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaversa, uning bajarilishi asta-sekin odatga aylanib qoladi; harakat aktining biror bir qismi qanday bajarilishi ustida tobora kamroq fikr yuritiladi; etarli darajada o‘ylab, sinab ko‘rilgan va odat bo‘lib qolgan harakatlarga fikrni qaratishga endilikda zaruriyat qolmaydi va asta-sekin harakat avtomatlashib boradi. SHunday qilib, ko‘nikma reflektori harakat aktlari tizimi bilan mustah- kamlangan malakaga aylanadi. Avtomatlashgan holat malakaning asosiy xususiyatlaridir. Avtomatlashish bilan umuman harakat aktini ongli ravishda bajarishga chek qo‘yilmaydi, lekin har bir alohida harakatni bajarishda ongning ishtirokiga ehtiyoj qolmaydi.
Malaka hosil bo‘lish davrida ong yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki o‘z rolini almashtiradi.
Malakaning hosil bo‘lishi jarayonida alohida harakatlarning avtomatlashishi bilan birga bu harakatlar tuzilishining nisbatan doimiy fazoviyligi, vaqtliligi va kuchliligi bilan bir butun harakatlarga birlashish yuzaga keladi. Bu harakatlarning engil, ritmik, tejamli bo‘lishini ta’minlaydi. Malaka o‘sishining eng yuqori bosqichida suzishda "suvni his etishda" o‘yinda "o‘yinni his etish", konki bilan figurali uchishda "belni his etish" singari ixtisoslashgan sohaga xos tasavurlar paydo bo‘ladi.
Harakat malakasining barqarorligini xarajat amalining o‘zgaruv- chanligidan ajratib bo‘lmaydi. Malakaning mustahkamlanib borishi bilan harakat aktining, uning texnikasi asosini saqlagan holda, har xil variantini ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi.
(Masalan: gimnast turnikda ko‘tarilish mashqini har xil holda bajara oladi, chang‘ichilar va yuguruvchilar joyning relefiga muvofiq holda yugurish texnikasini ham boshlash va tugallash oson bo‘lib qoladi. Bu o‘zgargan harakatni boshqa harakatlar bilan qo‘shib bajarishga imkon beradi, samarali harakat qilish imkoniyati kengayadi. Bu o‘zgaruvchan-likka harakat aktining tayyorlanishi, to‘ldirilishi va yakunlanishiga oid vazifalar orqali erishiladi.


Download 452.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling