nutq jarayonida nafas olishdan foydalana bilish
Download 444 b.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1)nutq jarayonida nafas olishdan foydalana bilish (nafasni taqsimlay bilish);
- “Bumerang”usul “Bumerang”usul
- Matn katta kichikligiga qarab guruhlarga 3 yoki 5 kishidan bo‘lib bo‘linadi, har bir guruh a’zosiga alohida matn tarqatiladi, guruhlar o‘z matni bilan tanishib chiqishi uchun vaqt beriladi.
- 3- bosqich Guruh a’zosi o‘z guruhiga qaytadi, boshqa guruhdan o‘rganib kelgan matnini guruh qatnashchilariga so‘zlab beradi.
- ” Ifodali oqish” didaktik o`yini
O`qish malakalari deganda badiiy asr matnini to`g`ri, tez, ongli va ifodali o`qish tushuniladi. O`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.
Intonatsiya og`zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elemyentlari (urg`u, nutq, tempi va ritmi, pauza, ovozning past - balandligi) ning yig`indisidir. Bu elementlar bir – biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g`oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ishki kyechinmasini ifodalaydi.
Ifodali o`qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog`lanadi. Shuning uchun o`qituvshi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o`z nafasini boshqara olish va ovozdan to`g`ri foydalanishga o`rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland – pastlik, uzun - qisqalik, tezlik (temp), yoqimli – yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O`quvchilar tekst mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o`qish (gapirish)ga, natqda tez, o`rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg`uni ifodalashga o`rganadilar. Ifodali o`qishga o`rgatishda o`quvchilar pauza va logik urg`u bilan ham tanishtiriladi.
Nutq deganda so`zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Aslida - chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi. Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o`rtasida o`zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nut vositasida idrok etadi. So`z signalizatsiyasi, ya’ni nutq tufayli odam borliqni umuman, fikran idrok etishi mumkin. Nutq organlari, odam organizmining nutq tovushlari hosil bo’lishida qatnashadigan turli qismlari. Aktiv nutq organlariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq organlariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun bo`shlig`i kiradi.
“Bumerang”usul
Bu mashq katta hajmdagi matnni qisqa fursatda o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, kichik guruhlarda, juftlikda va individual ishlash imkoniyatini beradi.O‘tkazish tartibi.1-bosqichMatn katta kichikligiga qarab guruhlarga 3 yoki 5 kishidan bo‘lib bo‘linadi, har bir guruh a’zosiga alohida matn tarqatiladi, guruhlar o‘z matni bilan tanishib chiqishi uchun vaqt beriladi.2- bosqichBir guruh a’zosi boshqa guruhlarga o‘tib ularning matni bilan tanishib o‘z matnini ham so‘zlab beradi.3- bosqichGuruh a’zosi o‘z guruhiga qaytadi, boshqa guruhdan o‘rganib kelgan matnini guruh qatnashchilariga so‘zlab beradi.4- bosqichO‘qituvchi navbat bilan barcha matnlar yuzasidan umumiy savol tashlaydi, xohlagan guruh a’zosi javob berishi mumkin. Bunda bilimdon o‘quvchi faol qatnashadi. To‘g‘ri javoblar uchun rag‘bat kartochkasi beriladi va oxirida kartochkalar sanalib g‘olib guruh va faol qatnashgan o‘quvchilar ballanadi.” Ifodali o'qish” didaktik o`yini
Download 444 b. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling