1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Download 1.6 Mb.
|
.archUMK kafedra uchun. PDF
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropolitendan xavfsiz foydalanish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. Yo‘l va yo‘l inshootlarining texnik holati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash. Favqulodda vaziyatlarni tugatish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch-vositalari, harbiy bo‘linmalar, maxsus texnika va moddiy resurslarni birinchi navbatda tashishni ta’minlash. Yong‘in va avariya-tiklash poyezdlari, ixtisoslashgan va qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibining temir yo‘l transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini ta’minlash. Qidiruv-qutqaruv havo kemalari va ekipajlari hamda qidiruv va avariya-qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirokini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini olib boruvchi xizmatlar ustidan nazorat olib borish. Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya tadbirini amalga oshirish uchun avtomobil tuzilmalari va evakuatsiya poyezdlarini tashkil etish, shuningdek, ularni evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirishga tayyorlashni ta’minlash. Portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash. FVDT boshqaruv organlarini, yo‘lovchilar hamda aholini avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari va metropolitenda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, ularning kutilayotgan oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish. FVDT funksional quyi tizimining: Avtotransport xizmati; Avtoyo‘l xizmati; Qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatdan ta’minlash xizmati; Temir yo‘l va temir yo‘l transportida yong‘in, portlash xavfi bo‘lgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling