1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


V. TERRORIZMGA QARShI KURAShDA IShTIROK ETAYOTGAN ShAXSLARNING HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYASI


Download 1.6 Mb.
bet109/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

V. TERRORIZMGA QARShI KURAShDA IShTIROK ETAYOTGAN ShAXSLARNING HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYASI
25-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan, huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi zarur bo‘lgan shaxslar
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslar davlat himoyasidadir.
Quyidagilar huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi lozim:
terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, davlat organlarining xodimlari va mutaxassislari;
terrorchilik faoliyatining oldini olishda, uni aniqlashda, unga chek qo‘yishda, uni tergov qilishda hamda uning oqibatlarini minimallashtirishda terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirayotgan davlat organlariga doimiy yoki vaqtincha ko‘maklashayotgan shaxslar;
ushbu qismning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari, agar ularning himoyalanishini ta’minlash zarurati mazkur shaxslarning terrorizmga qarshi kurashdagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lsa.
Terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan, terrorizmga qarshi kurashga ko‘maklashayotgan shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolariga, basharti ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, iltimoslariga ko‘ra ularning tashqi qiyofasi, familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ish va yashash joylari terrorizmga qarshi kurash organlari ta’minotiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan o‘zgartirilishi mumkin.
26-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda halok bo‘lgan taqdirda halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolariga hamda uning qaramog‘idagi shaxslarga qonunchilikka muvofiq bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda mayib bo‘lgan va bu uning mehnat layoqatini yo‘qotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda unga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda qonunchilikka muvofiq nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda yarador bo‘lgan taqdirda bu uning mehnat layoqatini yo‘qotishiga olib kelmasa, unga qonunchilikka muvofiq bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling