"Tahdid" va "mafkuraviy tahdid": mohiyati va xususiyati


Download 92 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi92 Kb.
#1242936
Bog'liq
Tahdid va mafkuraviy tahdid mohiyati va xususiyati

“Tahdid” va “mafkuraviy tahdid”: mohiyati va xususiyati


Bugun taraqqiyotparvar insoniyat turli xavf-xatarlarning tahdid darajasiga ko‘tarilgan davrida yashamoqda. Yuzaga kelgan vaziyat tahdidlarga qarshi yagona kuch sifatida kurashish zaruriyatini kuchaytirmoqda.
Shuning uchun “tahdid” tushunchasining siyosiy-falsafiy mohiyatining bir qator qirralari jahon olimlari tomonidan tahlil etib kelinmoqda. Bu tushuncha insoniyat yaralgandan beri yonma-yon yashab kelmoqda. Jumladan, siyosiy fanlar doktori, professor Sh.Paxrutdinovning bergan ta’rifiga ko‘ra, “tahdid” - ijtimoiy-siyosiy vaziyat bo‘lib, u muayyan tarixiy davrda aniq bir maqsadga, ya’ni ijtimoiy tizim sifatida davlatning siyosiy asoslarini zaiflashtirishga, yemirishga, shuningdek, inson hayoti faoliyatini izdan chiqarishga, umuman, yashashni chigallashtirishga qaratilgan hududiy-mintaqaviy, umumsayyoraviy omillarning kirib kelishi tufayli sodir bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, muallif “tahdid”ni ijtimoiy-siyosiy vaziyat deb hisoblaydi. Muallif o‘z fikrini yana ham boyitgan holda kitobning keyingi qismida shunday yozadi: “Demak, tahdid aslida inson va jamiyat hayotiy faoliyati, umuman, yashashni qiyinlashtiruvchi, uning barqarorligi, taraqqiyoti va xavfsizligini yo‘qqa chiqarish mumkin bo‘lgan, to‘g‘rirog‘i, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemirish va izdan chiqarishga qaratilgan, makon va zamon nuqtai nazaridan aniq chegaraga ega bo‘lgan o‘ta salbiy funksional xarakterli hodisadir”. Ammo mazkur tushunchaning etimologiyasiga e’tibor berilsa, uning mazmunini tushunish ancha osonlashadi. Ya’ni, “tahdid” so‘zi arabcha bo‘lib, o‘zbek tilida “qo‘rqitish” deganidir.

“Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”da “tahdid”ga shunday ta’rif beriladi: “Tahdid - inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan beqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha”.


Eng dastlabki tahdid tarixiy antropologik va etnografik nuqtai nazardan qaralsa, dastavval, ibtidoiy odamlarga yovvoyi hayvonlar tomonidan bo‘lib turgan. Shuning uchun ham neandertallar davriga kelib olov kashf etildi, daraxt va toshlardan ilk himoya va ov qurollari yasaldi, asta-sekinlik bilan g‘orlarda yashashdan toshli va yog‘ochlardan qurilgan uylarda istiqomat qilishga o‘ta borildi.
Shu tarzda eng qadimgi odamlar o‘zlarini yovvoyi yirtqich hayvonlar tahdididan himoya qilish yo‘lini topdilar. Ammo shu bilan tahdidlar yo‘q bo‘lmadi, balki yangicha shaklda yangicha turlari namoyon bo‘la boshladi. Bular ilk mehnat taqsimoti bilan bog‘liq edi. Irratsional tendensiyalarga ko‘ra, insonlar ana shu tariqa tabiat bilan uzviy bog‘liq quvvatlaridan ayrila bordilar, endilikda ibtidoiy kishilarda turli dunyoqarashlar shakllana boshladi. Bu esa o‘z navbatida ratsionallashuvni hosil qildi. Ilk axloq normalari, undan keyin huquq normalari (eng qadimgi davlatlar tashkil topa boshlashi bilan) ibtidoiy jamiyatning “richag”iga aylandi. Afsuski, endi qarama-qarshi sifatlar, tuyg‘ular va fikrlar yuzaga keldi, ya’ni ezgulik va yovuzlik, oq va qora, to‘g‘ri va egri, baland-past, cheksizlik va cheklanganlik, hayot va o‘lim va h.k.
Shunga bog‘liq ravishda hozirgi kunga kelib “tahdid” tushunchasining turlari ko‘payib ketdi. Chunonchi, ular: - ichki va tashqi; makon nuqtai nazaridan esa uzoq va yaqin; funksional jihatdan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, demografik, ma’naviy, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-iqlimiyga bo‘lish mumkin. Taniqli faylasuf Sa’dulla Otamurodovning “Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik” kitobida yozilishicha, tahdid qanday shaklda yuzaga kelishidan qat’iy nazar, taraqqiyotga qarshi kuch hisoblanadi. Taraqqiyot kimga bog‘liq? Eng avvalo, insonga. Demak, tahdidni mohiyatan ikkiga: tabiiy va sun’iyga bo‘lish mumkin. Tabiiy tahdid Yer yuzi iqlimi, atmosferasi, gidrosferasidagi va samodagi hodisalar (asteroid, kometa to‘qnashib ketishi mumkinligi, Quyoshdagi kimyoviy o‘zgarishlar va undan chiquvchi magnit bo‘ronlari)dan; sun’iy tahdid esa inson fikri, mehnati bilan vujudga kelgan madaniyat, sivilizatsiya bilan bog‘liq asosiy 3ta: iqtisodiy, harbiy va mafkuraviy yo‘nalishdan iborat deb hisoblash o‘rinlidir.

Bunday qarashga kelganimizga sabablar:


Birinchidan, sivilizatsiya – ibtidoiy davrda ilk mehnat taqsimoti natijasida paydo bo‘la boshladi, bu odamlar o‘rtasida mulkiy munosabatlarni o‘rnatdi. Insonlar uchun uy-joyi, yer-suvi, buyumlari, mehnat qurollari, umuman barcha foyda keltiruvchi narsalarni qadrli bilishi iqtisodiy tahdidga;
Ikkinchidan, sivilizatsiya – ilk mayda shahar-davlatlar tegrasida shakllandi, endilikda har bir shahar, qo‘rg‘on - unda yashovchi qabilalar, urug‘larni markaziy qo‘nimgohi va o‘zaro turli munosabatlar olib borish maydoniga aylandi, natijada dastlabki sivilizatsiyalararo to‘qnashuvlar sodir bo‘la boshladi, bunda harbiy vositalar orqali ustunlikka erishishi doimiy harbiy tahdidga;
Uchinchidan, sivilizatsiya – inson aqlu zakovati, tafakkuri, bilimi, tajribasi tufayli vujudga keldi. Umuman, odamni yovvoyi hayotdan ajratgan – bu uning onggi, tafakkuri, e’tiqodi, nutqi bo‘ldi. Qolgan sohalar ijtimoiy-siyosiy, demografik, madaniy bo‘ladimi, sun’iy borliqqa tegishli barchasi asosida insonning fikri, shuuri, qarashlari yotishi mafkuraviy tahdidga oidligidan iborat.
Tahdid nimaga nisbatan qaratilgan bo‘ladi? Birinchidan, odamlar, millatlar, xalqlar va davlatlar xavfsizligi, tinchligiga; ikkinchidan, odamlarni qurshab turgan hayvonot va nabotot dunyosiga yo‘nltirilgan bo‘ladi. Xavfsizlikka tahdidning mazmun-mohiyati muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida umummetodologik, siyosiy-falsafiy tomondan yetarlicha yoritib berilgan edi. Mazkur kitobning 1-bobida muallif mintaqaviy mojarolar; diniy ekstremizm va fundamentalizm; buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik; etnik va millatlararo ziddiyatlar; korrupsiya va jinoyatchilik; mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik munosabatlari; ekologik muammolar xavfsizlikka tahdid solishini batafsil va teran ifodalab beradi. Taniqli huquqshunos olim, professor Z.M.Islomov o‘zining “O‘zbekiston: modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari” deb nomlangan Yurtboshimizning yuqorida keltirilgan asari asosida yozgan kitobida quyidagi ta’kidlarni o‘qiymiz:

“Mintaqaviy mojarolar qanday tahdidlarni keltirib chiqaradi? Birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi har bir davlatning etnik rang-barangligi sharoitida har qanday keskinlik qo‘shni mamlakatlardagi totuvlik hamda barqarorlikka putur yetkazadi. Ikkinchidan, afg‘on mojarosi etnik jihatdan tashqari, diniy jihatga ham ega. Islomni siyosiylashtirishga, hokimiyatga oshkora da’vogarlik va bunga qurolli yo‘l bilan erishishga keskin urinish davom etmoqda. Uchinchidan, Afg‘oniston chegarasining ikki tomonidagi o‘zbeklar yoki tojiklarni birlashtirish taklif etilayotgan bir sharoitda «xalqlarni ajratish” to‘g‘risidagi muammo bo‘rttirib yuborilmoqdaki, bunday qaytadan bo‘lishning halokatli oqibatini tasavvur qilish qiyin emas».

Biroq hozirgi kunda mafkuraviy tahdid qolgan hamma sun’iy tahdidlarga yo‘l ochib bermoqda va Yer kurrasining turli nuqtalarida global strategik beqarorlikni yuzaga keltirishga urinmoqda. “Mafkura”ning o‘zi nima degani? Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi. Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g‘oyalar majmui sifatida asoslab beriladi.

“Mafkuraviy tahdid” tushunchasiga kelsak, u haqida ko‘plab ta’riflarni o‘qish mumkin. Masalan, “mafkuraviy tahdid” muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tuzumni zaiflashtirish hamda buzishga yo‘naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi, ma’naviy, mafkuraviy, ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularga asoslangan amaliyot majmuini ifodalaydigan tushunchadir; “mafkuraviy tahdid” - ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tahdid jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi.

Lekin mafkuraviy tahdid bilan birga mafkuraviy tajovuz atamasi ham ko‘p qo‘llaniladi. Umuman olganda, tahdid va tajovuzning bir-biridan farqi nimada? Tahdid – “qo‘rqitish”, “tajovuz” - ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “chegaradan o‘tish, haddan oshish” ma’nolarini bildiradi. Demak, mafkuraviy tahdidni passiv, mafkuraviy tajovuzni aktiv jarayon deyish mumkin. Ya’ni avval tahdid paydo bo‘ladi, so‘ng tajovuzga aylanadi, chegarani buzadi. Bundan tashqari, tahdidga sinonim sifatida “xavf-xatar” so‘zini ham keltirish mumkin.

Falsafa fanlari doktori, professor Sh.Qahhorova “mafkuraviy xatar” atamasini ishlatadi: «Mafkuraviy xatar axborot xatari bilan uzviy bog‘liqdir. Zero, informatsiya xatarini faqat kuchli mafkura yordamida bartaraf etish mumkin va aksincha, informatsiya xatari mafkurani barbod qilishi mumkin. Shuningdek, mafkura shaxsga jamiyat istiqboli ufqlarini aniq tasavvur qilish imkonini beradi. Vaholanki, buningsiz ijtimoiy taraqqiyot stixiyaviylik, betartiblik(xaos)dan iborat bo‘ladi».

“Xavf” so‘zi arabchadan bo‘lib, “nimaningdir sodir bo‘lishidan qo‘rqish” ma’nosini bildiradi. “Xatar” so‘zi ham arab tilidan bo‘lib, “xavfli, qo‘rqinchli bo‘ldi” ma’nosini beradi. Shu bois bu ikki so‘z turli nashrlarda xavf-xatar tarzida juft bo‘lib ham keladi. Lekin ma’no jihatidan “tahdid” so‘zi birmuncha farq qilishini payqash mumkin. Ya’ni, tahdid – qo‘rqitish – oldindan tayyorlab qo‘yilgan, rejalashtirilgan bo‘lsa, xavf-xatar – qo‘rqish – kutilmaganda, to‘satdan sodir bo‘ladi. Bunday etimologik tahlildan maqsad - mafkuraviy tahdidning sof, alohida tomonlarini ajratib ko‘rsatishdir.

Demak, falsafa fanlari doktori, professor Q.Nazarovning bu borada bergan ta’rifiga qo‘shilish mumkin: “Hozirgi davrda mafkuraviy tahdid deganda, aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbiga ta’sir qilib, ularning qarashlarini o‘zlariga ma’qul yo‘nalishda o‘zgartirish, diniy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‘unchilik, axloqsizlik g‘oyalarini zimdan targ‘ib-tashviq etib, singdirish kabi g‘arazli maqsadlar ham anglanadi”.

Xulosa qilib aytganda, mafkuraviy tahdid – maqsadi vayron qilish, bosib olish, o‘z manfaatlariga xizmat qildirish bo‘lgan oldindan rejalashtirilgan xavf tug‘dirish tizimidir. Albatta, bu xavfni darrov ko‘rib, ushlab bo‘lmaydi. Buni vaqtida bilib olish uchun Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, doim hushyor bo‘lib, qalb sofligini saqlagan holda aql bilan ish yuritish lozim.

Zaripov Shohboz,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi.

O'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT YO'LI VA MAFKURAVIY MUAMMOLAR

R e j a :

1. Taraqqiyotning o’zbek modeli

2. Milliy g’oya va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning borishi
O'zbek modelining asosiy tamoyillari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan. U jamiyatimiz hayotini har tomonlama isloh etish va bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, adolatli demokratik davlat qurishning strategik yoiidir.

Mamlakatimiz o'zining ana shu maqsadlariga erishish uchun taraqqiyotning o'ziga xos yo'lini tanladi. Milliy istiqlol g'oyasi ana shu yo’ldan borayotgan xalqimizni pirovard maqsadlarga yetaklaydi, taraqiyotnmg o'zbek modelini amalga oshirishgayordam beradi.

Taraqqiyot modeli deb, muayyan davlat tomonidan Mr ijtimoiy tuzumdan ikkinchi ijtimoiv tuzumga o 'tish yoki biron birjamiyatdagi umrini o (tab bo 'Igan ijtimoiy munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish borasida tanlab olingan rivojlanish yo'liga aytiladi.

O'zbekiston tanlab olgan taraqqiyot yo'li bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o'tishni ta'minlab beradigan taraqqiyot modeliga misol bo'la oladi. Dunyoda bu borada ancha tajriba to'plangan. Masalan, yaponlarning Ikkinchi jahon urushidan keyingi taraqqiyot yo'li davlat tuzumi - monarxiyani saqlab qolgan holda, jamiyatdagi hukmron munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish modeliga misol boia oladi.

O'zbekistonning sobiq ma'muriy- buyruqbozlik tuzumidan bozor iqtisodiyoti munosubatlariga asoslangan erkin, demokratik jamiyatga o'tishining o'ziga xos va mos yo'li - jahonda o'zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo'lidir. Uning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, ya'ni tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi.
O'zbek raodeli o'zining nazariy va amaliy jihatlariga ega. U nazariya, ya'ni ta'limot sifatida mamlakatimizning salohiyati va keng imkoniyatlaridan, tabiiy boy liklari, aholisining ongi, bilimi va yaratuvchilik mahoratidan kelib chiqqan holda rivojlantirish tamoyillarini belgilab beradi. Oddiy til bilan aytganda, o'zbek modeli nazariy jihatdan bizmng o'zimizga xos va o'zimizga mos yoiimizni asoslaydi.

Amaliy faoliyat dasturi sifatida esa bu model islohotlarning huquqiy negizini yaratish va mustahkamlashga qaratilgan aniq siyosatni bugungi sivilizatsiya sharoitidaqanday yuritish yo'1-yo'riqlarini tavsiyaetadi. Uning amaliy jihati boshqaruv, tashkilotchilik ishlari va aniq ijro mexanizmini

o'zida aks ettiradigan va ularmng ijrosini ta’minlaydigan farmonlar, qarorlar, davlatdasturlarini qabul qilishni hamda investitsiya, soliq, moliya-kredit, iqtisodiy siyosatni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Xo'sh, o'zbek modelining afzalliklari va asosiy ustuvor xususiyatlari nimalardan iborat?

O'zbekistonmustaqillikka erishgach,nafaqato'zining iqtisodiy taraqqiyot tamoyillarini. balki milliy davlatchilik asoslarini tiklash modelini ham ishlab chiqishi zarur edi. Shu bilan birga, turli qadriyatlar, xalqning o'zligi va g'ururiniqaytatiklash,rivojlantirishni ham talabqiladi. Bularningbarchasi jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini tubdan yangilash va mustaqillik g'oy alarini amalga oshirish uchun mutlaqo yangicha fikrlab, yangicha ish yuritadigan kadrlami tarbiy alash zaruratini yuzaga keltirdi.

Germaniya, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy, yuqorida tilga olingan Yaponiya kabi mamlakatiarning taraqqiyot modellari ko'proq iqtisodiy modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas. Ushbu mamlakatiarning birortasida iqtisodiy islohotlar davrida milliy davlatchilik, madaniy meros va ona tilini tiklash smgari masalalar dolzarb bo'lmagan (faqat Janubiy Koreyada davlat qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan).

O'zbek modeli esa yuqorida aytib o'tganimizdek, jamiyatning barcha sohalarini birdek isloh etishga qaratilgan. U iqtisodiy munosabatlarni

yangicha asosda rivojlantirish bilan birga, davlat qurilishi, jamiyatni jen1okratlashtirish, mulkdorlar sinfl vao'rtabiznesni shakllantirish kabi Havlatchilik negizini tashkil etadigan masalalarni hal etishni nazarda tutadi. Bularning barchasi o'zbek modelining o'ziga xos ustuvor xususiyatlaridir. Bu modelni ishlab chiqishda taraqqiy topgan mamlakatiarning bozor munosabatlariga o'tish tajribasi, mustaqillik uchun kurash yillaridagi tarixiy sinov va saboqlar, xalqimizning o'ziga xos turmush tarzi va tafakkuri barcha-barchasi hisobga olindi.

I Jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi besh tamoyili o'zbek modelining asosida turadi.

Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ular biror mafkuraga bo'ysundirilishi ham mumkin emas. Ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlarmafkuradan xoli bo'lishi lozim.


Isqisodiyotning siyosatdan ustunligi va mafkuradan xoliligi o'zbek modelining asosiy tamoyilidir. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning mazmun-mohiyatini aks ettiribgina qolmay, balki yurtimiz iqtisodiy hayotining yangiiiklarga, ilg'or tajribalar va oqilona tashabbuslarga ochiqligini ham ko'rsatadi Mazkur tamoyil iqtisodiy rivojlanishda ma'naviyatning ahamiyati nechogiiq muhim ekanini ham nazarda tutadi.

Ikkinchi tamoyil: Davlat - bosh islohotchi. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, yangilanish va o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi lozim. Mustabid tuzum asoratlaridan xalos boiish jarayonida o'zini-o'zi tartibga soladigan yetuk rivojlangan iqtisodiy mexanizm birdaniga vujudga kelib qolmaydi. Shu boisdan ma'muriy buyruqbozlikka, markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan tuzum qoldiqlarmi tugatish, bu yoidagi turli ziddiyat va qarshiliklarni yengib o'tish, yangi munosabatlarni qaror toptirish uchun o'tish davriga xos siyosat olib borilishi kerak.


Boshqacha aytganda, o'tish davri sharoitida iqtisodiy islohotlarni o'z holiga tashlab qo'yib bo'lmaydi. Islom Karimov o'zbek modelining mazkurtamoyilmi ilmiy asoslab berar ekan, quyidagilarni ta'kidlaydi: "O'tish davri davlat xalq xo'jaliginmg, ayniqsa, uning asosini, tizimini belgilaydigan tarmoqlarnmg faoliyatini qo'llab-quwatlashi, narx-navolarni tartibga solib turishi, shuningdek, bevosita yordam berishda imtiyozlar yaratishi, bevosita yordam ko'rsatish yo'li bilan ana shu tarmoqlarga madad berishi lozim".

Bu so'zlar davlatning bosh islohotchi sifatidagi vazifasi nimadan iborat ekanini asoslab beradi va ayni paytdaturli ijtimoiy guruhlarning, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlarining, alohida shaxslarning islohotchilik tashabbuslari va faoliyatlari cheklanmasligini, aksincha, davlat ularga

I yordam berishini bildiradi. Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi. Bu tamoyil demokratik yo'l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishini nazarda tutadi. U quyidagi uch yo'nalishda o'z aksini topgan.

Birinchidan, mazkur tamoyil turli mulk shakliarining huquqiy asosda rivojlanishini ta'minlaydi. Mulkdorlar va xo'jalik yurituvchi shaxslar o'rtasidagi munosabatlar huquqiy me'yorlar yordamida tartibga solinadi. O'zboshimchalik yoki turli iqtisodiy zo'ravonliklargayo'l qo'yilmaydi

Ikkinchidan, jamiyatda demokratik jarayonlar rivojlanib boradi, aholining siyosiy madaniyati va faolligi oshadi. Fikrlar xilma-xilligi va qarashlarrang-barangligi uchun huquqiy kafolatlar pay do bo'ladi. Inson huquqlari ta'minlanadi. Noqonuniy imtiypzlarga yoki aksincha, kamsitishlarga chek qo'yiladi.

Uchinchidan, aholida shaxsning, barcha ijtimoiy guruh va qatlamlaming manfaatlari to'liqroq hisobga olinadi va ularning yaratuvchilik imkoniyatlari, ijodiy salohiyati samaraliroq ro'yobga chiqadi. Jamoat tashkilotlarining o'rni va ahamiyati yil sayin ortib boradi. Fuqarolik • miyati asoslari shakllanadi. Demak, qonunning ustuvorligi tamoyili -O'zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat yangilanishi, inson shaxsining vuksalishi uchun xizmat qiladi.

O'zbek modelining mazkur tamoyili awalgi tamoyil bilan chambarchas bog'liq. Zero, davlat bosh islohotchi sifatida ijtimoiy barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotnmg asosiy kafili bo'ladi. Qonun ustuvorligi jamiyat hayotida birdaniga to'liq qaror topib qolmaydi. U nisbatan uzoq muddat talab qiladigan, bosqichma-bosqich va doimiy rivojlanib boradigan jarayon. Uning to'hq qaror topishi uchun o'zaro mushtarak bo'lgan quyidagi uch omil muhim ahamiyat kasb etadi:

-jamiyatning, ijtimoiy hayotning barchajabhalarini qamrab oladigan puxta va zaruratga qarab o'zgaruvchi qonunlar majmuining vujudga kelishi va doimiy takomillashib borishi;

-jamiyat a'zolarining yuksak huquqiy savodxonligi va qonunga qat'iy bo'ysunishi;

- amaldagi qonunlarni hayotga tatbiq etishning zarur iqtisodiy shart-sharoiti, siyosiy-ma'muriy va ijtimoiy mexanizmini yaratish. To'rtinchi tamoyil: Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bunda bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholini, ayniqsa, kam ta'minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko'rish nazarda tutiladi.

Kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qism va yo'nalishlari ko'p. Ular orasida ijtimoiy ta'minot, yangi ish o'rinlarini yaratish, sog'liqni saqlash, x^lq ta'limi, madaniyat, sport vajismoniy tarbiya sohalari faoliyatini mablag' bilan ta'minlash va isloh qilish qanchalik muhim o'rin tutsa, jinoyatchilikka qarshi kurashish, osoyishtalik vabarqarorlikni ta'minlash kabi masalalar ham shunchal ik dolzarbdir.

Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining turli qatlamlarini ijtirnoiy muhofaza qilish o'zbek modelinmg insonparvarlik mohiyatini belgilovchi tamoyillardan biridir.

Beshinchi tamoyil: Bozor iqtisodiyotig tadrijiy asosda, puxta o'ylab, bosqichma-bosqich o'tish. Bujarayon islohotlarning huquqiy asoslari vakafolatlarini vujudga keltirishni, aholini ijtimoiy himoyalash va ulardayangichaiqtisodiy tafakkurni shakllantirish bilan birga olib borishni nazardatutadi.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish, yangi jamiyat barpo etish, uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo'lib, u faqat tegishli mavjud ishlab chiqarishva faoliyat tuzilmalari va huquqiy asosni yaratishnigina emas, shu bilan birga, qadriyatlar tizimida chuqur o'zgarishlarni, xo'jalik faoliyatini va amaliy munosabatlarni amalga oshirishni ham ko'zda tutadi.

O'zbekistonda ayni shunday yo'l tutildi. Bunday siyosat mablag'lardan samarali foydalanish imkonini bermoqda, odamlarning safarbarligini oshirmoqda, ijtimoiy larzalarning oldini olmoqda, mulkchilik shakllanni bosqichma-bosqichrivojlantirmoqda.

Yuqorida sanab o'tilgan tamoyillar mamlakat ichki hayotini belgilaydi Uning tashqi siyosati, xalqaro nufuzi ham ana shu tamoyillargatayanadi Mazkur chizmada ko'rsatilgan jihatlar o'zbek modelining tashqi iqtisodiy, aloqalarda, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o'rni, boshqa arnlakatlar bilan o'zaro aloqasidayaqqol namoyon bo'ladi. Milliy istiqlol afkurasining bu sohadagi vazifasi O'zbekistonning xalqaro nufuzi yanada rtishida ana shu tamoyillar ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbek modelining yanabir ustuvor xususiyati shundan iboratki, uning amalga oshirilishi mamlakatimiz ichida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi,bozonnunosabatlarining izchil joriy etilis ta’minlamoqda.

Taraqqiyotning ozbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an'analari, qadriyatlari va o'ziga xos ichki dunyosiga tayangan, ayni vaqtda, dunyo tajribasining ilg'or yutuqlariga asoslanganligi tufayli xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilmoqda.

Xullas, milliy istiqlol g'oyasi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati va taraqqiyotning o'zbek modeli bilan uzviy bog'liqdir. Mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish jarayonida bug'oyaxalqimizni shu maqsadlaryo'lida uyushtiruvchi ulkan omil bo'lib qolaveradi.

ZARARLI G'OYALAR VA MAFKURAVIY TAHDIDLARGA QARSHI OGOHLIK VA HUSHYORLIK

R e j a :

1. Goyaviy- mafkuraviy bo’shliqni to’ldirish davr talabi

2. Mafkuraviy tahdidlarning shakllari va turlari, ularning salbiy oqibatlari.


O'zbekiston o'z mustaqilligini qoigakiritgandan so'ng, xalqimiztabiatj va dunyoqarashiga mutlaqo yot bo'lgan kommunistik mafkuraga barham berildi. Ma'lumki, umrini o'tab bo'lgan g'oya, aqidayoki mafkura inkor etiiar ekan, jamiyatdayangi bir g'oya, ilg'or bir fikrgaehtiyoj tug'iladi. Bu ehtiyoj voqelikka aylanguniga qadar bir oz muddat vaqt o'tadi. Ana shu davrda esa g'oyaviy vakuum - bo'shliq yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatni oldini olish uchun mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko'pgina ishlar amalga oshirildi. Lekin ijtimoiy ong va tafakkur tezda o'zganb, yangicha dunyoqarash osonlikcha shakllanavermaydi.

Aynan mana shunday sharoitda begona va yot g'oyalar xalq va jamiyat hayotiga o'z ta'sirini o'tkazishga harakat qiiadi. Ayniqsa, yangi jamiyatga mos g'oya shakllanmasa, mafkuraviy tahdid kuchayadi, aholi keng qatlamlari, xususan, yoshlarning ongini egallashga urinishlar avj oladi.

O'tgan asrning so'nggi choragidan boshlab matnlakatimizga xuruj qilgan "Vahhobiylik", "Hizbut tahrir" kabi zararli oqirnlar, turh sektalar dinning asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g'o'ryoshlami yo'ldan ozdira boshladi. War xalqimiz, ayniqsa, farzandlarimizning ko'ngli ochiq, soddadii, ishonuvchan, andishali, qalbida kattalarga hurmat, diniy qadriyatlarga intilish tuyg'usi kuchli ekanidan foydalanishga harakat qildilar.

Yuqorida qayd etilgan guruhlarning O'zbekistonda tarqalish sababi Prezident Islom Karimovning "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari vataraqqiyotkafolatlari" asarida atroflicha ta'riflab berilgan. Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlarning qarortopishi vamustahkamlanishi davrida "Islom omili", "Islom uyg'onishi", " Islom fenomeni" kabi lboralar tobora ko'proq ishlatilar, bu esa diniy omilning faollashuvini o’zida aks ettirar edi. Buning ustiga bizga

hegaradosh bo'lgan ba'zi mamlakatlarda islom fundamentalizmi va kstremizmining kuchayishi ham ba'zi yot va zararli g'oyalarning Respublikamizga kelishiga sabab bo'ldi.

Yurt tinchligi - Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas hog-liqdir. Birovga qaram bo'lgan xalq hech qachon erkin yashay olmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik va tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim. Bugungi kunda diniy ekstremizm tushunchasi matbuotda tez-lez qo'llanilmoqda. Ekstremizm tushimchasi fransuz-lotin tilllandan kelib chiqqan bo'lib, keskin fikrlarning bildirilishi, qattiq tadbirlarning qo 'llanilishi yoki keskin flkr va choralarni yoqlovchi degan ma 'nolarni bildiradi. Ekstremistlarni ba 'zida jaholatparastlar ham deb atashadi.

Diniy ekstremizm faqat islomga tegishli bo'lib qolmay, balki dunyodagi boshqa dinlarga ham mansubdir. Islom ekstremizmi tashkiliy jihatdan yagona partiyaga birlashmagan, balki xalq ommasining turli tabaqalari orasida ish ko'ruvchi xilma-xil guruhlardan iborat. Eng faol ekstremistik guruhlardan biri "Musulmon birodarlari" uyushmasidir.

Asosan, chet ellarda va Sharq mamlakatlarida faoliyat yurituvchi "Islom ozodlik partiyasi", "Islom sotsializmi" mavqeida turuvchi "Islom demokratlari" kabi guruhlar ham bor. Ularning umumiy g'oyasi bitta, ya'ni din niqobida hokimiyatga intilishdir.


Hozirgi kunda jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf tug'dirayotgan mafkuraviy tahdidlar quyida


gilardan iborat:

- islom xalifaligini tiklab, uning bayrog'i ostida musulmon xalqlarini yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;

-yosh mustaqil davlatlarni sobiq ittifoqqa birlashtirish g'oyasi;

-tariximizni, railliy qadriyatlarimizni soxtalashtirishga urinishlar;


axloqsizlik g'oyalarini yoyib, xalqni ma'naviy jihatdan buzishga intilishlar;

turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni kelib chiqishiga qaratilgan harakatlar.

Bu tahdidlar jamiyat, davlat yoki xalqning mafkura masalalari va ma'naviyatga yetarli e'tibor qaratmagani, ta'lim-tarbiya sohasida o'zibo'larchilikka yol qo'yilgani natijasida sodir bo'ladi, g'oyaviy ojizlik holatida yanada kuchayib boradi va jamiyat barqarorligiga jiddiy xavf soladi. Umuman olganda, g'oyaviy zaiflik xalq omraasining tub manfaatlarini va ko'nglidagi orzu-intilishlarni ifoda etadigan, uni taraqqiyot sari, ulkan maqsadlar yo'lida jipslashtiradigan haqqoniy va jozibali g'oyaning, mafkuraning yo'qligi, ishlab chiqilmaganligi natijasida hosil boiadi. U ko'p hollarda ma'naviy beqarorlik va parokandalikka olib keladi.


G'oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik, millatnirig birdamligi, davlatning qudratiga putur yetkazadi, lining taraqqiyotini orqaga surib yuboradi. Masalan, Chingizxon bosqini, Chor Rossiyasi istilosi davrlarida ayrim hukmdoriarning xalqni birlashtirib, kurashga safarbar etmagani o'lkamizni yuz yildan ziyod qaramlik changaliga tushib qolishiga sabab bo'ldi.

Har qanday jamiyatda turli manfaat, maqsad va intilishlarni ifodalovchi g'oyalar va ularga tayanadigan kuchlar o'rtasida ziddiyat bo'lishi tabiiy hoi. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g'oyalarning qarama-qarshisi bo'lgan zulm vazo'ravonlik, qabohat va jaholatyangi-yangi shakllarda namoyon bo'lishga urinadi. Lekin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g'oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishini aslo to'xtata olmaydi.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib dunyoda ulkan o'zgarishlar ro'y berdi-Mustamlaka zulmi ostidagi ko'plab musulmon davlatlari (Jazoir, Tunis: Marokash kabi) ozodlikka erishdilar. Yevropa va Amerikadagi taraqqiy

yirik davlatlar ta'sirida musulmon olami, xususan, arab mamlakatlari ichki va tashqi siyosatida ham o'zgarishlar ro'y bera boshladi. Ya'ni, din peshvolarining siyosatga aralashishi taxt uchun kurashlarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, sobiq sho'rolar mamlakati parchalanib ketgach, turli ekstremistik guruhlarning yoshmustaqil davlatlarga bo'lgan xuruji ochiq olaboshladi. Hurriyat, ozodlik g'oyalari bilan niqoblangan "Hizb ut-tahrir" partiyasining O'zbekistondagi amaliyoti hech bir sogiom aql doirasiga sig’masdi. Juda qisqa fursat ichida, xususan, yoshlar orasiga kirib kelgan ushbu guruh missionerlari ko'plab kishilarni jarohatlashga ulgurdilar. Ularning xayoliy g'oyalariga berilgan aksariyat yoshlar hayotiy zarur faoliyatlarini bir chetga yig'ishtirib qo'yib, allaqanday xayolkashlarning "oliy jamiyat" - xalifalik to'g'risidagi safsatalariga uchib, qaltis yoilarga kirib ketdilar. Xo'sh, odamlar ko'ngliga yo'l qidirgan va ularni "oliy jamiyat" g'oyalari bilan sehrlagan "Hizb ut-tahrir" nima o'zi9 "Hizb ut-tahrir" partiyasi 1953 yil Livanda tashkil topdi. Isroil vaarab mamlakatlari o'rtasida boshlangan azaliy murosasizkurash natijasi o'laroq XX asrning 50-y illarida boshlangan va hozirgacha davom etayotgan arab-isroil ixtilofi natijasi o'laroq dunyoga kelgan bu partiyaning asoschisi 1909 yil Falastinda tug'ilgan Taqiyiddin Nabahoniy. Falastin xalqi boshiga tushgan fojialarga shaxsan guvoh bo'lgan Taqiyiddin musulmon olamining barcha muammolari faqat xalifalik yoii bilangina hal bo'lishiga qattiq ishondi. Qohiradagi "Al-Azhar" oliy islom universitetini tamomlagach, qattiq siyosiy faoliyatga sho'ng'ib ketgan Taqiyiddin Nabahoniy "Hizb ut-tahrir" partiyasini ta'sis etdi va 1979 yilgacha, ya'ni, vafotiga qadar rahbarlik qildi. Taqiyiddin Nabahoniyning vafotidan so'ng bu vazifani lining shogirdi Abdulqadim Zallum o'z zimmasiga oldi.

Yuqorida qayd qilinganidek, "Hizb ut-tahrir" partiyasining yagona va asosiy maqsadi - dunyoni xalifalik shaklida ko'rish. Ya'ni, butun dunyo musulmonlari (ularning qat'iy ishonchiga ko'ra butun dunyo musulmon

xalifaligiga bo'ysunishi kerak) yagona xalifalik bayrog'i ostida birlashish, Bir necha yuz yillik xalifalikni boshdan kechirgan musulmon xalqi o^ tarixida boshdan kechirgan janglar va bu janglar oqibatida ro'y bergan musibatlaming chek-chegarasi yo'q.



"Hizb ut-tahrir" g'oyasiga ko'ra toki yer yuzida Islom xalifaligi barpo bo'lmas ekan, musulmonlar muammosi o'z yechimini topa olmaydi. Bu yo'lda sustkashlik, orqaga qaytish, qo'rqoqlik va subutsizlikka yo'l qo'yib bo'lmaydi. Targ'ibot va tashviqot ularning bosh prinsipi. "Hizb ut-tahrir" tushunchalari" kitobida yozilishicha, musulmonchilik faqat besh farznigina ado etish bo'lmay, balki xalifalik davlatini barpo etish uchun "jihod" amaliyotiga o'tishdir. So'nggi g'alabagacha kurash bayrog'ini baland ko'targan hizbchilar O'zbekistonda siyosiy vaziyatni izdan chiqarish uchun turli qo'poruvchilik vositalarini ishga solmoqdalar. "Hizb ut-tahrir" 1989 yildan e'tiboran o'zining siyosiy "Al-Va'y" ("Ong") jurnalini chop eta boshladi. Sarlavhadan ko'rinib turganidek, ularning asosiy maqsadlari odamlar ongini egallash. Ongi tutqun qilingan odamni, tabiiyki, turli yo'lga solish mumkin. Taqiyiddin Nabahoniyning "Islom nizomi", "Xalifalik" nomli kitoblarida bu partiyaning asosiy g'oyalari bayon etilgan. "Hizb ut-tahrir"ning faoliyati arab davlatlarida rasman taqiqlangan. Diniy tafakkur, xususan, Islomdek o'taoliyjanob va insonparvar ta'limotning mohiyatini teran tahlil qilgan Respublikamiz Prezidentining ushbu fikrlari diqqatni jalb etadi: "Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo'lgan odamlardagi e'tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto, fanatizm (o'ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganim ko'rsatuvchi misollar ko'p. Fanatizmning o'ziga xos xususiyati va ko'rinishlari, awalambor, o'z dinining haqiqiyligiga o'ta qattiq ishonish, boshqa diniy e'tiqodlarga murosasiz munosabatda bo'lishdan iboratdir. Aynan fanatizm illatiga yo'liqqan odamlar yoki ularning guruhlari • mivatda beqarorlik to'lqinini keltirib chiqarishga qodir bo'ladilar. Ustiga-tak ommaviylik unsuri muayyan bir xatti-harakatlar uchun shaxsiy javobgarlik hissini yo'qotib yuboradi..." Joriy yilning mart-aprel oylarida mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Buxoro va Toshkent viloyatlarida sodir etilgan, birqancha begunoh yurtdoshlarimizning umriga zornin bo'lgan fojiali voqealar ham bu yovuz baloning manfur namoyishidir. K.o'ksini qalqon qilib, Vatanimiz xavfsizligi, yurtdoshlarimizning tinch-osoyishtahayotini asrashyo'lidao'zjonini ayamagan vatandoshlarimizning ibratli xatti-harakati shundan guvohlik beradiki, xalqimizning aksariyat qismi yurtimizning xavfsizligi va tinchligini ta'minlash, Vatan qudratini oshirish, ma'rifiy dunyo xalqlari yashayotgan farovon hayot darajasiga erishish uchun bugun davlatimiz Rahbari boshchiligida o'tkazilayotgan izchil siyosatni to'liq qo'llab-quwatlaydi. Shu bilan birga shuni ham qayd qilish kerakki, yurtdoshlarimiz orasida irodasi zaif, dunyoqarashi tor, vatanparvarlik tuyg'usi to'liq shakllanmagan kimsalarham borki, shaxsiy manfaatlarini umummilliy manfaatlardan ustunroq qo'ygan holda, O'zbekiston mustaqilligini ko'ra olmayotgan, bizning asrlar davomida orzu qilib, endigina Ollohning marhamati bilan erishgan istiqlolimizdan mahrum qilmoqchi bo'layotgan ayrim ayirmachi guruhlarning quroliga aylanib, tinchligimizni buzayotirlar.
Insoniyat o'zligini anglay boshlagan hozirgi zamondagina g'oyaviy ziddiyatlarni demokratiya va plyuralizm tamoyili asosida hal qilish imkoniyatlari ochila boshladi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov tomonidan yuksak mafkuraviy madaniyatni mujassam etgan g'oyaga qarshi g'oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqatgina ma'rifat bilan kurashish haqidagi tamoyil m ay donga tashlandi.

O'zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi hayotbaxsh va adolatli g'oyalarni o'z ichiga oladi. Ma’naviy tahdidlar ta’siri


Chop etilgan sana: 09.11.2016 admin behzod

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday yozgan edi: “Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin”.

Ilgari insoniyat o‘zaro ziddiyatlarda qurol-yarog‘ning turli ko‘rinishlaridan foydalangan. To‘qnashuvlar hosilasi dushmanning yeri, moddiy boyliklarini qo‘lga kiritish bilan izohlanar edi. Urush xavfi hammaning ko‘ziga yaqqol ko‘rinib turgan sifatlarda namoyon bo‘lardi. Hozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurash tusini oldi. Endilikda yadro poligonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi.

Ayni paytda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar yer yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab olmoqda. Bugun bu jarayonlardan biror kishi yoki mamlakat chetda qolmaydi. Ayniqsa, diniy ekstremizm, fundamentalizm va boshqa axloqsizlik g‘oyalarini kishilar ongiga singdirishdan iborat mafkuraviy-ma’naviy tajovuzlar mintaqaviy va umumbashariy muammo darajasiga chiqib, unga qarshi kurashning xalqaro institutsional tizimini shakllantirishni taqozo qilmoqda.

Xo‘sh, muammo qaysi jihatlarda ko‘rinadi?

“OMMAVIY MADANIYAT” TAHDIDI

“Ommaviy madaniyat” nima o‘zi? Uning jamiyatga va kelajakka foyda-ziyoni qaerda ko‘rinadi?

Kimdir buni shu kunning modasi, xiti yo keng iste’moldagi qaysidir narsasi ko‘rinishida qabul qilishi mumkin. Aytaylik, qizlar uchun miniyubka, tor va badanni yaqqol ko‘rsatuvchi futbolka, yigitlarga tizzaning yuqorisida turuvchi shorti va tananing yarmini ham yopmaydigan mayka bugunning modasi bo‘lib turibdi. Ayrim mutaassib ayollar esa boshdan-oyoq qop-qora libosga o‘ranib yurishni o‘zlariga ep ko‘rishadi. Yana qaysidir kishi yaktak-ishton, oqmi-ko‘k yo qora do‘ppi kiyish bilan kimlargadir o‘rnak bo‘lmoqni istaydi.

“Ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchilarning maqsadi nima?

“Ommaviy madaniyat” ma’naviy tanazzulning debochasidir. Uni targ‘ib qiluvchilarning asl maqsad va niyatlari ham qaysidir millat yoki xalqni ma’naviy jihatdan inqirozga uchratish bilan yengishga qaratilgan. Chunki, turli yarim yalang‘och suratlar, fahsh kinofilmlar, har xil bemaza o‘yinlar odamlarda izlanish, yaxshilik sari intilish kayfiyatini yo‘qotadi. Bularning yoniga (qo‘rqmay) ayrim saviyasiz xonandalarning maza-matrasiz qo‘shiqlari, bema’no va hayosiz kliplarini ham qo‘shish mumkin.

Uzoqqa bormaylik. Atrofimizga bir qaraylik. Achinarlisi shuki, bir paytlar yigitlik, erkaklik g‘ururini har narsadan ustun qo‘ygan xalqning hozirgi yoshlari orasida qulog‘iga sirg‘a taqqan, tirnoqlarini o‘stirib bo‘yagan, uzun sochli yigitlarni uchratish mumkin. Yoki yorilib ketaman, deb turgan shim kiygan, yelkasiyu beli ochiq, tizzasiga yetmaydigan yubkali qizlarni oling. Ular erta-indin ota-ona bo‘lsa, farzandlariga qanday tarbiya beradi? O‘zlari axloqli bo‘lmay turib, zurriyotlariga odobni o‘rgata oladimi?

AXBORIY XURUJLAR TAHDIDI

Uchinchi ming yillik odami uchun axborot izlab topish muammosi o‘z-o‘zidan bartaraf etildi. Turli nashrlar, radio va televidenie, ayniqsa, internet saytlari istagancha xabar yoki ma’lumotni yetkazib beryapti.

Bu yaxshimi, yomonmi?

Dunyo media bozorida tarqatilayotgan barcha axborot kishilik jamiyati uchun foydalimi?

O‘sha ming-minglab ma’lumotning ma’naviyatga tahdidi qanday?

Bozorga kirgan kishining ko‘zlari peshtaxtalardagi rang-barang mahsulotlarning ko‘pligidan qamashishi tabiiy. Albatta, biri-biridan chiroyli, ko‘rkam va sifatli tuyuladi. Qay biridan xarid qilishni bilmay, ikkilanishi ham bor gap…

Axborot bozoridagi ma’lumotlar, xabarlar haqida ham shunday deyish mumkin. Narigi bozordan farqli o‘laroq, bu yerdagi mahsulotlar miyani “qamashtiradi”. Qaysi materialni o‘qishni yoki o‘qigandan so‘ng uni qanday “hazm” qilishni bilmay qolish ham hech gapmas.

Har ikki bozor uchun bir xil me’yor bor: hech kim o‘z molini yomon demaydi. Eng sifatsiz mahsulot sotayotgan ham, quruq safsatadan iborat xabarni tarqatayotgan ham uni o‘tkazishni xohlaydi.

Oziq-ovqat, dehqon va boshqa bozorlarga kirgan kishi nimani sotib olishni o‘zi biladi. Chunki, u yerga mahsulotlarni biladigan odam kiradi-da! Lekin media bozorning bugungi xaridori uning peshtaxtalaridagi xabar yoki ma’lumotning qay biri sifatli ekanini biladimi?

Bizningcha, hamma gap shunda!

Endi ommaviy axborot vositasi sifatida hayotimizga chuqur kirib kelgan internetning ma’naviy tahdidini olib ko‘raylik.

Internetning foydali tomonlari juda ko‘p. Lekin salbiy jihatlari ham yo‘q emas. Ayniqsa, turli tanishuv saytlari fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning ongiga halokatli ravishda ta’sir ko‘rsatmoqda. Kimningdir qizi, o‘g‘li, eri yoki xotini begonalar bilan ijtimoiy tarmoqlar, forumlar orqali tanishib, uchrashib yurganligi, buning oqibatida ayrim oilalarning buzilib ketayotgani bugungi kunda hech kimga sir emas.

Ayni paytda ayrim tarmoqlar nafaqat tanishuv, balki axloqsizlik portaliga aylanib qolganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, “You Tube” axloq-odob normalaridan chiqib boryapti. Ularda o‘zimizning yuzsizlarimiz bor-budini namoyish etib, fahsh ishlariga qolganlarni ham chorlamoqda.“Facebook”da ham yalang‘och ko‘rinishlar ko‘paymoqda. Bundan tashqari, ayrim ekstremistik guruh va oqimlar a’zolari ham bu kabi tarmoqlardan foydalanayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ilgari pana-pastqam joylarda uchrashib, o‘z g‘oya va mafkuralarini boshqalarga singdirishga uringanlar endi ijtimoiy tarmoqlarga tanda qo‘yib olishdi. Axir, bu yerda hech kim ularning mushugini “pisht” demaydi-da. Alam qiladigan joyi, tuppa-tuzuk odam profilida ko‘ringan “suhbatdosh” asta-sekinlik bilan to‘r tashlay boshlaydi. Ilinganlar esa o‘z yurtdoshlarimiz. Kimdir bilmay, boshqasi tushunmovchilik oqibatida, yana biri diniy qadriyatlarimizni hurmat qiluvchi kishi sifatida ularning domiga tushadi. Hozir ham bu davom etmayapti, deb o‘ylaganlar adashib qolishi hech gapmas.


KINO “SAN’ATI”NING TAHDIDI

O‘tgan asrda kino haqida gap ketganda, quyidagi ibora ko‘p bor ta’kidlanar edi:

— Hamma san’atlar ichida biz uchun eng muhimi kinodir…

Uni aytgan odam o‘shanda nimani nazarda tutgan ekan-a? Kinoning madaniyat targ‘ibotchisi sifatidagi ahamiyatinimi yoki boshqalar ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omilligi to‘g‘risidami?

Kinosan’atning katta “qurol” ekanligi, mana, endi yaqqol bilina boryapti. Yaqin-yaqinlarda ham o‘zbek televideniesini to‘la egallab olgan sayoz filmlar bunga juda-juda ulkan “hissa” qo‘shdi. Odamlar Turkiya, Braziliya, Hindiston, Meksika va Amerika rejissyorlari ishlagan oldi-qochdi, muhabbat mojarolari, oilaviy munosabatlar haqidagi teleseriallar domiga osongina ilindi. Ota-ona, farzandlar, oila davrasida tomosha qilish jarayonida o‘pishish, quchoqlashish sahnalarini birgalikda ko‘rishga teleseriallar orqali majbur qilindi. Yotoqxona, to‘shakdan boshlangan lavhalar yana aynan o‘sha joyda tugallanishini qanday tushunish kerak?

Bular-ku, kattalar uchun ishlangan teleseriallar… Endi yosh avlod, kichkintoylar uchun tayyorlangan multfilmlarni olib ko‘ring. To‘g‘risi, kattalarnikidan qolishmaydi.

O‘sha sizu biz bilgan “Maugli”, “Qirol Sher”, “Sohibjamol va maxluq”, “Tom va Jerri” multfilmlarida ham o‘pishish, quchoqlashish sahnalari to‘lib-toshib yotibdi. Ularni ishlab chiqarganlarning asl maqsadlari nima o‘zi? Past saviyali film, qo‘shiq, multfilm yoki o‘yinlardagi chalg‘ituvchi xususiyat kishidagi (kattami, kichikmi, baribir) fikrlash qobiliyatini asta-sekin o‘ldirib boradi. Unda tevarakda bo‘layotgan voqea-hodisalarga faqat shu o‘yin yoki film saviyasi, bergan “ta’limi” nuqtai nazaridangina qarash sharoiti yetilib boradi. Ona suti og‘zidan ketmay turib, ana shunday ruhda “tarbiyalangan” boladan nimani kutish mumkin? Ayrim ota-onalar farzandini televizor qarshisiga o‘tqazib, multfilm qo‘yib berish bilan o‘zini aldayotganini bilmaydilar.



Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ma’naviyatga tahdid kelajakka tahdid, demakdir. O‘zbekiston xalqi jahon taraqqiyotiga ulkan ulush qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, buyuk imomlar al-Buxoriy, Moturidiy, at-Termiziy, hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning avlodidir. Ular va boshqa ulug‘larimizning ma’naviy merosini butun dunyo ahli hayrat bilan o‘rganayotgan bir paytda bizning zamonaviylik, madaniyatlilik niqobi ostida turli yengil-elpi, ma’naviyatsizlikni targ‘ib etuvchi omillarga berilishimiz kechirilmas holdir. Bunday salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, ularga qarshi kurashish bugunning dolzarb vazifasi bo‘lmog‘i kerak.
16:23 Ma'naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning samarali usullari.
Ma'naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning samarali usullari. Globallashuv jarayonlarida axborotga bo'lgan talablarning oshishi ko'plab mamlakatlarning, insonlarning o'z manfaatlarini amalga oshirish yo'lida "axborot xuruji"ni qurol qilib olishga zamin yaratdi. Bugungi kunda hayot sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishi xalqaro maydonda davlatlarga, xalqlarga, millatlarga hamda boshqa xalqaro huquq sub'yektlariga erkin hamkorlik qilish imkonini bermoqda. Ammo, hayot sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishining salbiy jihatlari vaqt o'tgani sayin tobora ko'zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda jahonda yuz berayotgan voqealar qisqa fursat ichida zamonaviy ommaviy axborot vositalari ta'sirida boshqa davlatlarga tarqalmoqda. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Shunindek, inson ongini zaharlashga qaratilgan, ularning ruhiyatida agressivlik, tajavvuzkorli, vahshiylik kabi illatlarni uyg'otadigan turli yot g'oyalarning, milliy mentalitetimizga, urf- odat, an'analarimnizga umuman mos kelmaydigan odatlar, pornografik axborotlar, turli xil yolg'on ma'lumotlar, mish-mishlarni tarqatiloyotgani insonni ogohlikka chorlaydi. Shu bilan birgalikdagi, insoniyat hayotiga qarshi qaratilgan noan'anaviy tahdidlar: xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm va fundamentalism, noqonuniy qurol savdosi kundan-kunga milliy, mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov o'zlarining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida - " Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin", - degan fikrlari orqali ma'naviy tahdidlar hamda mafkuraviy tazyiqlar qanchalik kuchga ega ekanligini bayon qilganlar. Darhaqiqat, ma'naviy tahdidlar qurol-yarog' urushlaridan ming marotaba xavfliroq ekanligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Globallashuvning avj olib ketishi, "Ommaviy madaniyat"ning keng yoyilishi har bir millatga xos bo'lgan milliy an'analarning, urf-odatlarning, millat o'zligining, millat madaniyatining yo'qolib ketishi xavfini yuzaga keltirmoqda. Millat o'zligining tanazzulga yuz tutushi millatning yo'qolishidir. Demak, milliy madaniyat, an'analar xalqning xalq sifatida, millatni millat sifatida yuksalishi uchun asosiy omildir. Bugungi kunda insonlarning internetdan, ommaviy axborot vositalaridan noto'g'ri foydalanishi, har xil zarali axborotlarni qabul qilishi o'zlari bilmagan holatda diniy ekstremizm, terrorizm, fundamentalism, fanatizm kayfiyatidagi turli oqimlarga kirib qolishiga , "Ommaviy madaniyat" ta'siri natijasida yoshlarimiz turli ajnabiy kiyimlarni kiyishga, "o'z imidj"larini yaratishga, qizlarimizda o'zbek ayoliga xos bo'lmagan odatlarning avj olishiga va shu kabi axloqqa zid qoidalarni o'zlariga tegishli deb hisoblashiga, hali ongi-tafakkuri shakllanmagan bolalarning pornografiyaga ishqiboz bo'lib qolishiga olib kelmoqda. Bu esa, milliy mentalitetni yo'qolib borishiga, insonlarning ma'naviy dunyoqarashi qasshoqlashishiga, o'zligini unitib, manqurtga aylanishiga zamin yaratmoqda. Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun, avvalo, insonlarda turli manaviy dunyosini buzuvchi, zararlovchi buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashish qobig'ini - mafkuraviy immunitetni rivojlantirish zarur. Shuningdek, ta'lim-tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'ya olsak, yoshlarimizni ommaviy axborot vositalaridan foydalinishini doimiy nazorat qilib borsak ma'naviy tahdidlarga qarshi samarali kurashgan bo'lamiz. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ularning bekor qolishi natijasida, ongida bo'shliq hoisil bo'lmasligi, dunyoda bo'layotgan o'zgarishlarni o'zining mustaqil fikri bilan tahlil eta olishi, zararli illatlardan holi sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun Yurtboshimiz rahnomoligida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga doir chora tadbirlar, davlat dasturlari amalga oshirilmoqda.Bu g'amxo'rliklarga javoban biz ham imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtimiz kelajagi, xalqimizning ertangi faravonligi yo'lida o'z xissamizni qo'sha oladigan yetuk kadr bo'ishimiz lozim.. "Nuriston" akademik litseyi o'qituvchilari: Jabborov J.A
Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling