Mavzu: Materiya harakatining geologik shaklining falsafiy mohiyati
Download 108.5 Kb.
|
1443691490 61402
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat va harakatsizlikning ozaro nisbati
Mavzu:Materiya harakatining geologik shaklining falsafiy mohiyati REJA:
1. Harakat tushunchasi .
O‘zgarishlarning umumiy xususiyati. Bizni qurshagan dunyoning yana bir muhim xususiyati Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz ozgarishlardir. Tabiatning ozgaruvchanligi falsafa paydo bolishidan ancha oldin yaxshi ma'lum bolgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida organish predmetiga aylandi va vaqt otishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bolimi dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta'limot sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, ozgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bolmaydi» kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob'ektiv borliqning turli-tuman miqdor va sifat ozgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qollaniladi. Harakat va harakatsizlikning ozaro nisbati. Falsafada harakat nafaqat turli jismlarning makonda mexanik siljishi sifatida, balki tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday ozgarishi sifatida ham tushuniladi. Kengayib borayotgan Metagalaktika ham, ozaro ta'sirga kirishayotgan elementar zarralar ham, kopayayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda boladi. Agar biz biron-bir tabiiy ob'ekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab yetmoqchi bolsak, «harakat» tushunchasini chetlab otishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtai nazaridan bu notogri, zero, Alp toglari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi bolamiz. Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bolib, bu yerda bizning sayyoramiz Quyosh atrofida, u bilan birga bizning galaktikamiz markazi atrofida, u bilan birga esa galakatik tizim markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir. Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz ozgarish jarayonini boshdan kechiradi, chunki uzluksiz harakatda bolgan elementar zarralardan tashkil topadi. Temperatura ozgarishlari, moddalarning kimyoviy tarkibidagi ozgarishlar va shu kabilar bunday harakatning tashqi korinishlari hisoblanadi. Shuningdek, atomlar va molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolyusiya jarayonlari mahsulidir. Ular bizning Metagalaktikamiz mavjudligiga zamin hozirlagan Katta portlashdan keyingina vujudga kelgan. Buning ustiga hozirgi zamon geografiyasi qit'alar bir-biriga nisbatan siljishini isbotladi. Ular ajralgan muz bolaklari kabi yerning qaynoq magmasi boylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi. Shunday qilib, harakat abadiy va yoq bolmas, materiyadan ajralmas va mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy bolib, otkinchi xususiyatga ega. Harakat shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va (harakatsizlikdan farqli olaroq) biron-bir tashqi omilga bogliq bolmaydi. Oqilonalik nuqtai nazardan u boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham korinmaydi va zamirida kamida ikki kuch tortish va itarish yotuvchi har qanday borliqning oz-ozidan harakati sifatida amalga oshadi. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling