Mavzu: Materiya harakatining geologik shaklining falsafiy mohiyati
Download 108.5 Kb.
|
1443691490 61402
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanish.
Harakat tiplari. Fanda ob'ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: progress va regress farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi bilan bogliq bolib, harakatlanuvchi narsalar oz muhim xossalarini ozgartirmasligi, ya'ni oz sifatini yoqotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor ozgarishlari, makondagi kochishlar yoki orin almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorongi osmon fonida projektor nurining harakati va hatto xayolda ayrim ob'ektlardan boshqa ob'ektlarga otish misol bolishi mumkin. Songgi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan togri yoki notogri) yonalishdagi harakati togrisida soz yuritiladi.
Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz berayotgan ozgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki narsa sifatlarining ozgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab boladi. Orqaga qaytmaslik va muayyan yonalishga egalik xos bolgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bolib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi. Agar harakat teskari yonalishda barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bolsa, bu holda regress togrisida soz yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning korsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e'tiborga olish lozim. Masalan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning osishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hyech qanday aloqasi bolmaydi va koproq buning aksidan dalolat beradi. Rivojlanish. Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda yuz berayotgan evolyusiya jarayonlari; jonli tabiatda turli organizmlarning osishi; jamiyatda fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining osishi, ijtimoiy munosabatlarning ozgarishi va shu kabilar misol bolib xizmat qilishi mumkin. «Rivojlanish» tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, goya, nazariyaning rivojlanishi togrisida soz yuritilgan holda, qollanilishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning «pishib yetilishi»ni, ya'ni murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq ma'no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning ob'ektiv dunyosidan farqli olaroq, sub'ektiv konstruksiyalar (tafakkur, goyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan kolam korsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi vaqtda kechadi. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling