Reja: Biologik progress va regress xususiyatlari
Download 31.25 Kb.
|
Biologik progress 222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik regress
MAVZU: Biologik progress va regress REJA: Biologik progress va regress xususiyatlari. Biologik progress va regress maqsad va vazifalari. Biologik progress va regress Biologik progress — muayyan guruhga mansub organizmlarning yashash uchun kurashdagi muvaffaqiyati. Biologik progress muayyan taksonga mansub organizmlar sonining ortishi, uning areali kengayishi, takson individlarining bir-biridan farq qiladigan yangi kichik sistematik guruhlarga boʻlinib ketishi bilan belgilanadi (qarang Biologik regress). Biologik progress ga olib boradigan yoʻllar (omillar)ni A. N. Seversov aniklab bergan. Birinchisi—morfofiziologik progress, yaʼni aromorfozdir. Aromorfoz natijasida hayvon organizmining tuzilishi va organlari funksiyalari murakkablashadi, voyaga yetgan avlodlarning umumiy hayot faoliyati ajdodlar xayot faoliyatiga nisbatan yuqori darajaga koʻtariladi. Ikkinchisi — idioadaptatsiya, yaʼni muayyan cheklangan muhit sharoitiga moslanishdan iborat boʻlib, voyaga yetgan avlodlarning hayot faoliyati va tuzilishi ajdodlarga nisbatan yuqoriga koʻtarilmaydi, lekin tur individlari yashash sharoitlariga yaxshi moslashgan boʻladi. Uchinchisi — senogenezlar, yaʼni hayvonlarning embrion va lichinka davrida moslanishi, bunday senogenezlar natijasida voyaga yetgan avlodlarning tuzilishi va hayot faoliyatida oʻzgarish boʻlmaydi, lekin kelgusi boʻgʻinlarda organizmlar soni oshadi. Toʻrtinchisi—umumiy degeneratsiya, yaʼni voyaga yetgan avlodlarning tuzilishi soddalashuvi orqali sodir boʻladigan moslashuvdan iborat (qarang Progress). Biologik regress — organizmlarning evolyutsion inqirozga yuz tutishi; biologik progressning aksi. Biologik regress ga uchragan taksonlar individlarining soni qisqarib, ular areali torayib boradi, mazkur taksonning kichik guruhlari soni kamayib ketadi, yaxshi moslasha olmasdan qolgan yoki boshqa organizmlar bilan yashash uchun kurashda dosh berolmagan individlar qirilib ketadi. Biologik regress ga uchragan turlar yoki boshqa taksonomik guruhlar qirilib ketishi mumkin (qarang Regress). REGRESS — tirik tabiatda organizmlarning soddalashuvidan iborat evolyutsion jarayon. Rus biologi A. N. Seversov (1925) Regressning 2 shaklini koʻrsatadi: 1) biologik Regress — yashash uchun kurashda muhitning oʻzgargan tashqi sharoitlariga moslasha olmagan yoki boshqa guruhlar bilan boʻlgan raqobatga bardosh bera olmagan muayyan organizmlar guruhining evolyutsion tanazzulga yuz tutishi. Biologik Regressga uchragan organizmlar soni kamayib, takson areali torayib I boradi; pirovardida guruh yoʻqolib ketadi; 2) morfofiziologik Regress, yaʼni umumiy degeneratsiya. Voyaga yetgan organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyati soddalashuvidan iborat. Bu jarayon oʻtroq yoki parazit hayot kechirishga oʻtgan organizmlarda kuzatiladi. Morfofiziologik Regressda, odatda, harakatlanish, sezgi va faol oziqlanishga yordam beradigan organlar hamda markaziy nerv sistemasi reduksiyaga uchraydi. Aksincha, organizm hayoti uchun ikkinchi darajali hisoblangan organlar, Mas, jinsiy sistema progressiv rivojlanadi. Assidiyalar oʻtroq hayot kechirishga oʻtish bilan qon aylanish va nerv sistemasi, xorda reduksiyaga uchraydi. Parazit hayot kechirishga oʻtgan oʻsimliklarda barglar yoʻqolib ketadi, ildizlar reduksiyaga uchrab, ular oʻrniga soʻrgʻichlar paydo boʻladi. Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling