Daromad manbalari
Download 227.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5411431202642996318
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAROMAD MANBALARI
MAVZU: DAROMAD OLISH MODELLARI REJA: 1. Daromad manbalari 2. Premium modeldan daromad olish 3. Bozor sig‘imi va narx siyosati 1. DAROMAD MANBALARI Yaponiya Antimonopol qonunchiligiga kо‘ra, erkin va halol raqobat iqtisodiyot uchun juda muhim omil hisoblanadi. Yaponlar uchun halol raqobat tadbirkorlarning ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish ularning ishchanligi va aktivligini taqdirlash, aholining real daromadlarini va bandlik darajasini oshirish, milliy iktisodiyotda sog‘lom rivojlanish hamda iste’molchilarni qо‘llab- quvvatlash uchun muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda ham amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mehnat bozorining sifat holati va aholi bandligi sohasidagi jarayonlar xarakterini keskin о‘zgartirib yubordi. Ishlab chiqarish sohasida band bо‘lgan aholi soni qisqarib, xodimlarni ishdan bо‘shatish jarayonlari faollashdi. Bozor iqtisodiyotiga xos institusional yangiliklar kiritilishi birinchidan, faoliyatning prinsipial jihatdan yangi soha va turlarining paydo bо‘lishiga, ikkinchidan esa daromad olishning yangi manbalari shaklalnishiga olib keldi. Xususiy mulkchilik sohasidagi islohotlar eng radikal bо‘lib, quyidagilarni asoslab berdi: iqtisodiyotning yangi sektori paydo bо‘lishi va rivojlanishi, mos ravishda yollanma mehnat uchun ish haqi olishga imkon beruvchi yangi ish о‘rinlarining yaratilishi; yangi daromad manbalari – tadbirkorlik daromadi va mulkchilikning turli shakllaridan olinuvchi daromadning shakllanishi. Mehnat faoliyatni shakllarining xilma-xilligi, ayniqsa, yakka tartibda mehnat qilish borasida aholi bandligining о‘sishiga xizmat qiladi. Bojxona siyosati va savdo qoidalarini erikinlashtirish natijasida savdogarlar faoliyati kuchaydi. Ikkinchi bandlikka cheklovning olib tashlanishi daromad manbalarining oshishiga olib keldi. Download 227.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling