Daromad manbalari
Download 227.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5411431202642996318
3.BOZOR SIG‘IMI VA NARX SIYOSATI Biznes-go`ani texnik-iqtisodiy asoslash biznes-rejadan farq qiladi. Uni amalga oshirish uchun sanoat va bozorni tahlil qilish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, mahsulot yoki xizmatlarni amalga oshirish imkoniyatini baholash lozim. Tahlilda biznes muhitining qulayligi ham o`rganiladi. Jumladan, makrodarajada biznes muhiti tahlil qilinganda, ijtimoiy-madaniy ta`sir omillari, texnologik omillar, demografik omillar, iqtisodiy omillar, siyosiy va huquqiy omillar, global omillar tahlil qilinadi. O`rin bosuvchi tovarlar, xaridorlar hamda xomashyo yetkazib beruvchilar tahlil qilinadi. Bozor tahlil qilinganda, ikkita asosiy jihatga alohida ahamiyat qaratish lozim. Birinchidan, bu bozor qanchalik jozibador, ikkinchidan korxona uchun qulay va eng asosiysi, foydali modelmi? Shuningdek, quyidagi savollarga javob topish lozim: Bozor (sanoat) hajmi qanchalik katta? Bozor hajmi qanchalik tez oshib bormoqda? Bozor yoki mazkur kategoriya qanchalik daromadli? Bozor (sanoat)ning foyda marjasi qanchalik yuqori? Mazkur bozor yoki sanoatning mahsulotlari xaridorlar uchun qanchalik muhim? Bozordagi yangi trendlar qaysi tomon ketmoqda? Bozor qanday muammo yoki xavf-xatarlar bilan to`qnash kelmoqda? Bozor qanchalik raqobatchilar va xaridorlar bilan to`la? Bozor yangimi (yoshmi) yoki eskimi (voyaga yetgan)? Bozordagi mavjud raqobatchilar tahlil qilinganda, quyidagi hollar ijobiy deb baholanadi: ─ raqobatchilar soni juda ko`p bo`lsa yoki uning aksi juda kam bo`lsa; ─ raqobatchilar hajm va quvvatda bir xil bo`lmasa; ─ bozor hajmi tez o`sayotgan bo`lsa; ─ bozorda mavjud mahsulot yoki xizmatdan farqli mahsulot sotish imkoni bo`lsa. Xomashyo yetkazib beruvchilar xarid kuchi ham tahlil qilinishi lozim. Xomashyo yetkazib beruvchilar xarid kuchi yuqori bo`lsa, bu bozorning jozibadorligi shunchalik past hisoblanadi. Agar bozorda: ─ xomashyo yetkazib beruvchilar soni ko`p bo`lsa; ─ ularga o`rin bosuvchi bo`lsa; ─ o`rin bosuvchiga o`tish xarajatlari kam bo`lsa; ─ xomashyo yetkazib beruvchilarning ulushi tayyor mahsulot tannarxidagi ta‟siri kam bo`lsa, bu bozor jozibali hisoblanadi. Xaridorlar soni kam va xaridorlarning boshqa mahsulotga ko`chib o`tish xarajati kam bo`lsa, bunday bozorda xaridorlarning xarid kuchi yuqori hisoblanadi. Agar bozorda: ─ boshqa mahsulotga ko`chib o`tish xarajati yuqori bo`lsa; ─ xaridorlar soni ko`p bo`lsa; ─ xaridor farqlanuvchi o`zgacha mahsulotni xohlasa; ─ xaridorning ishlab chiqaruvchilarni taqqoslovchi ma‟lumotlarga erishish imkoniyati bo`lmasa, bu sanoat yoki bozor jozibali hisoblanadi. Yangi raqobatchilarning kirish xavfi yuqori bo`lsa, bu sanoat yoki bozorga qiziqish past bo`ladi. Agar sanoat yoki bozorda: ─ miqyos samarasi (economy of scale) ustunligi bo`lmasa; ─ sanoat yoki bozorga kirishda katta kapital investitsiya talab etilmasa; ─ tannarxdagi yetakchilik korxonaning hajmiga bog„liq bo`lmasa; ─ xaridorlar mavjud brendlarga loyal (sadoqatli) bo`lmasa; ─ hukumat qonunlar bilan mazkur bozorga kirishda huquqiy to`sqinliklar bilan himoyalamagan bo`lsa, bu sanoat yoki bozorga kirish oson kechadi. O`rin bosuvchi tovarlarning xavfi yuqori bo`lsa, bu sanoat yoki bozor jozibali hisoblanmaydi. Jozibali bo`lishi uchun: ─ o`rin bosuvchi mahsulotlarning sifati mavjud mahsulotnikiga mos kelmasligi; ─ o`rin bosuvchi mahsulotlarning narxi mavjud mahsulotnikidan keskin arzon bo`lmasligi; ─ o`rin bosuvchi mahsulotlar mavjud mahsulotning barcha qiymati va funksiyalarini o`zida jamlamagan bo`lishi; ─ boshqa mahsulotga ko`chib o`tish xarajati yuqori bo`lishi lozim. Biznes-modellarni har xil usullarda shakllantirish mumkin. Masalan, odatda, biznes-modellar quyidagilardan tarkib topadi: ─ maqsadli xaridorlar guruhi kimligi, ularga qanday yetishish mumkinligi; ─ xaridor uchun qiymat (qadrlilik) taklifi (customer value proposition); ─ farqlilik jihati (point of differentiation); ─ narx siyosati; ─ sotish jarayoni; ─ distributsiya (taqsimot) tizimi; ─ xaridorlar bilan ishlash (quvvatlash, xizmat ko`rsatish). Narx bozor kategoriyasi bо‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beruvchi munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi kо‘rinishidir. Narx barometr singari bozor holatini kо‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa tovar bozori kasodga uchragan buladi, tovar nafsiz bо‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qо‘iladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari kо‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bо‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) besh asosiy funksiyani bajaradi: 1. Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi 2. Hisob-kitob, о‘lchov funksiyasi 3. IqtisodiY tartibga solish 4. Raqobat vositasi funksiyasi 5. Ijtimoiy himoya funksiyasi Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: 1. Demping narx 2. Nufuzli narx 3.Milliy narx 4. Arzonlashtirilgan narx 5. Jax.on narxi 6. Yashirin narx 7. Erkin narx 8. Standart narx 9. Kontrakt (ulgurji) narx 10. Chakana narx 11. О‘zgaruvchan narx 12. Limit narx 13. Muvozanat narx Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo о‘zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz о‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori si fatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega tovarlarga belgilanadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi о‘rni narx darajasiga bog‘liqdir. Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini kо‘paytirish, qisqa vaqtda eng kо‘p foyda olish, yuqori foyda meyorini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat. Birlamchi narxni aniqlashga vaqt buyicha narx darajasini aniqhisoblash ta’sir etadi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning potentsial miqdoriga bog‘liq. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va iste’molchining о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi. Narx bajaradigan ba’zi vazifalarni kо‘rib о‘tamiz: avvalo narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi о‘zgarishlardan xabar beradi. Narxlar fakat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi о‘zgarishlardan ham darak beradi. Narxlarning boshqa muhim vazifasi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag‘batlantirishdir. Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini kо‘paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullaridan foydalanishni ham rag‘batlantiradi. Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xо‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular о‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini kо‘plab sotadigan yoki sotib oladigan tovar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liq. Narxlarning tо‘rtinchi vazifasi alohida korxonalar va xо‘jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Marketologlar bir qator turli-tuman narxlarni tadqiq etadilar, sо‘ngra har bir narx uchun zaruriy hajmlar qiyoslanadi. Raqobat napx siyosatida muhim barometr bо‘lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog‘liq tо‘rt bozor tyrini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monapoliY. Asosan narxni о‘zgartirish yuli bilan talabga ta’sir etish raqobatning narx bilan bog‘liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bо‘lmagan raqobat usullarida firmalar о‘z mahsulotining о‘ziga xos xususiyatlariga zо‘r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi. Bozorda narx uch guruxdagi omillar natijasida shakllanadi: 1. Talab omillari (bozorda о‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga bо‘lgan narxlar bozorga kirish xaridorlar daromadlari, xaridor talablari, talabga yunaltirilgan narx). 2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish harajatlari, marketing harajatlari, foyda). 3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan о‘xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlarining narxini bilish. Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat: - narxlashtirish masalasi quyiladi; - talabi aniqlanadi; - xarajatlari baxolanadi; - raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi; - narxni shakllantirish uslubi tanlanadi; - oxirgi natijaviy narx belgilanadi. Bozor tez о‘zgarib boradi va shunga kо‘ra har bir mahsulot ham о‘z yashash davrini ham о‘taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga о‘zgartirishlar kiritadi. Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali yetarli darajada ma’lum emas. Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangilik darajasiga ham bog‘liq. Bu daraja esa uchga bо‘linadi: - eng yangi mahsulot; - texnikaviy ilg‘or mahsulot; - original bо‘lmagan (yangi taqlidiy) va о‘rinbosar mahsulotlar. Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu “qaymog‘ini olish” va “kirib olish” siyosatidir. Qaymog‘ini olish siyosatida avvalo tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori belgilanib, asta-sekin uni tushirib boradi. Qaymogini olish siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx biror-bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentlash natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozor tyyinishidan sо‘ng iste’molchilarni jalb etish maqsadida narx pasaytiriladi. Shunday usul bilan tо‘liq daromad eng kо‘p miqdorga yetkaziladi. Shu sababli yagona yо‘l tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlashdir. “Qaymog‘ini olish” va "Kirib olish" siyosatlari narx belgilashning favqulodda namoyon bо‘lishi hisoblanadi. Uning birinchisi-qimmat narxlar, ikkinchisi - arzon narxlar strategiyasidir. Download 227.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling