Mavzu: Materiya harakatining geologik shaklining falsafiy mohiyati
Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar
Download 108.5 Kb.
|
1443691490 61402
Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar. Harakatni dialektik tushunish kurtaklariga Geraklit asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha ozgarishlar substansiyasi sifatida tavsiflab, birinchi moddiy asos doimo ozi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy ozgarish holatida bolishi haqidagi fikrni sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan oddiy joydan-joyga kochish sifatida emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va ozgaruvchan narsa va jarayonlarning ozaro nisbati nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq Geraklit, undan keyin Epikur har qanday harakat manbaini ichki jarayonlarning qarama-qarshiligidan topgan.
Ayni shu antik davrda tushunchalar mantigida harakat jarayonini mantiqiy dalillar yordamida tushunib yetish bilan bogliq qiyinchiliklar qadimgi faylasuf Zenonni mashhur aporiyalarni ta'riflashiga turtki berdi. Aporiya muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib bolmaydigan yoki hal etilishi mushkul bolgan holat, mantiqiy qiyinchilik, muammo. Zenonning «Axill va toshbaqa», «Uchayotgan kamon oqi» kabi aporiyalari, hissiy tasavvurlarga zid olaroq, harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga majbur qilgan. «Axilles va toshbaqa» aporiyasi mazmuniga kora, chopqir Axilles hayvonot olamining eng uquvsiz yuguruvchisi toshbaqani quvib boradi, deb faraz qilinadi. Bundan Zenon Axilles hyech qachon toshbaqaga yeta olmaydi, degan mantiqiy xulosa chiqaradi. Zenon bu aporiyasida quyidagicha fikr yuritadi: «Biror odam A nuqtadan V nuqtaga borishi lozim bolsin. U V nuqtaga yeta oladimi?» Zenon bu savolga yoq, deb javob qiladi. Chunki A nuqtadan V nuqtaga qarab yol olgan odam, avvalo, shu masofaning teng yarmidan otishi zarur. Bu masofaning teng yarmiga yetishi uchun esa, shu yarim masofaning yana yarmini otishi zarur. Yarim masofaning yarmiga yetishi uchun esa, qolgan masofaning yarmidan otishiga togri keladi. Xullas, oraliq masofa cheksiz miqdordagi yarim bolaklarga bolinib ketadi. Cheksiz yarim bolaklarni bosib otish uchun esa cheksiz vaqt lozim. Hyech kim cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hyech qachon u A nuqtadan V nuqtaga yetib bora olmaydi. Bularning hammasi harakat jarayonini formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini korsatadi. Ayrim faylasuflar Zenon aporiyalarini rad etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida, bunda ham ancha asosli e'tirozlar topilgan. Sezgi harakatni «korishi» qadimgi falsafa vakillarieleatlar tomonidan tan olingan, lekin aql uni «tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar esa hodisalar va koz ilgaydigan narsalarni organishini hisobga olsak, eleatlar mantigiga kora, aynan mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz tarzda tavsiflash mumkin emasligini korsata olgani e'tirof etilgan. Binobarin, harakat qarama-qarshilik demakdir. Zenon aporiyalarining alohida qimmati shundaki, ular amalda mavjud qarama-qarshiliklarni korsata olgan. Balki, shuning uchun bolsa kerak, koplab qadimgi manbalarda Zenon dialektika asoschisi sifatida qayd etiladi. Zenonning ozi asarlarini Parmenidning «Hamma narsa bir» degan shiorini «Hamma narsa kopdir» degan qarama-qarshi yondashuvdan himoya qilish uchun yozganini ta'kidlagan. Harakatni organishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan. Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning turlari qancha bolsa, harakat va ozgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning fikricha, «Miqdor uchun kopayish va kamayish, sifat uchun ozgarish, makon uchun kochib yurish, mohiyat uchun vujudga kelish va yoq bolish mavjud»1. Harakatning vujudga kelish, yoq bolish, ozgarish, kopayish, kamayish, kochib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo Aristotel jonsiz, passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi harakatlantirgich har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi va belgisidir; u faqat birinchi turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bolsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining keyingi ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va qoshimcha xossasi hisoblandi. Orta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan2. Ibn Sino fikricha harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud boladi. Harakat bu ashyolar, voqyealarda sodir boladigan ozgarishdir3. Uygonish davri mutafakkirlari har qanday borliq olamdan tortib mayda zarragacha unga xos bolgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular panpsixizm butun olamni ilohiylashtirish ta'limotiga asoslandilar. Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo asossizligini korsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga qandaydir tashqi kuch ta'sir korsatishi lozim. XVII-XVIII asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma'noda mexanik harakat, ya'ni makonda oddiy kochib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi sozning oz ma'nosidagi harakatni, uning alohida turi kochib yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bogliq edi. Bunday yondashuvlarning nomukammalligini kopgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670-1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, otkazmaslik va kolamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan uzviy bolsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya ta'rifidan uning tarkibiy qismi sifatida orin olishi lozim»4, deb yozgan. J.Toland harakatning barcha shakllarini mexanikaga boglamagan, balki uni umumiy ichki faollik sifatida tushungan. Harakatning atributliligini fransuz faylasufi Deni Didro (1713-1784) ham isbotlashga harakat qilgan. Uning fikriga kora, «Mutlaq harakatsizlik tabiatda mavjud bolmagan mavxum tushunchadir», «Harakat materiyaning uzunlik, chuqurlik, kenglik kabi haqiqiy xossasidir»5. D.Didro mexanitsizmni, ya'ni harakatni makonda kochib yurishgagina boglashni rad qilishga harakat qildi. U tabiat abadiy harakat va rivojlanishda boladi, deb hisoblagan. Uning fikricha, borliq bir shaklda halok boladi va boshqa shaklda vujudga keladi, materiyaning faolligini oz-ozidan harakat goyasi bilan tushuntirish mumkin. Oz-ozidan harakat goyasi materiyaning ichki ziddiyatliligi, shuningdek, xilma-xilligi bilan belgilanadi. Materiya son-sanoqsiz har xil sifatli elementlardan tashkil topadi. Ularning toqnashuvi va ozaro ta'siri abadiy harakat, ozgarish va rivojlanishni tushunishga yordam beradi. Fransuz materialistlari asosiy e'tiborni harakatning ichki manbaiga qaratib, «harakat» tushunchasining eng mazmunli ta'rifini topishga harakat qildilar. P.Golbax harakat mexanizmini yoritar ekan, uning ikki turini farqlashni taklif qildi. Birinchi «jismlarning joydan-joyga kochishidan iborat bolgan massalar harakati»; bunday harakatni biz bevosita kuzatishimiz mumkin. Masalan, biz tosh qanday tushayotgani, sharning yumalayotgani, qol harakatlanayotgani yoki holatini ozgartirayotganini korishimiz mumkin. Ikkinchi «muayyan jismga xos energiyalarga, ya'ni mohiyatga, bu jism tashkil topgan materiyaning korinmas molekulalari uygunligi, ta'siri va qarshi ta'siriga bogliq bolgan ichki va yashirin harakat». Harakatni u «muayyan jism oz ornini ozgartirishi yoki ozgartirishga urinishiga yordam beruvchi kuch»6, deb ta'rifladi. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling