Mavzu: Materiya harakatining geologik shaklining falsafiy mohiyati
Download 108.5 Kb.
|
1443691490 61402
Harakat shakllari. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil topishining turli darajalariga asoslanib, materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakat qayd etilgan.
Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bogliq bolib, bunda har bir keyingi harakat ozidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan boglanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini soddaroq shakllarga bunday boglashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», «reduksionizm» (lot. reductio ortga surish) degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud. Dunyoning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar nuqtai nazaridan korsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar zarralarning ozgarish jarayonlari, XIX asrda noma'lum bolgan mikro- va makrodunyo darajasidagi boshqa ozgarishlar materiya harakati mexanik, fizik va kimyoviy shakllarining ozaro nisbatiga doir masalani endi yangidan qoymoqda. Bu yerda mexanik shakl endi barcha fizik jarayonlar negizi sifatida qaralmaydi. Endilikda biologik harakatning elementar zarralari, ilgari taxmin qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar yer posti hamda yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi hozirgi tasavvurlarga asoslanib harakatning geologik shaklini farqlamoqdalar. XIX asr oxirlarida materiyaning harakat shakllari tasnifi ishlab chiqilayotganida, ilmiy davralarda fanlarni tasniflashga nisbatan kontcha yondashuv shakllangan edi. Pozitivizm asoschisi O.Kont har bir fan predmetini materiya harakatining alohida shakli tashkil etishi, turli fanlarning ob'ektlari esa bir-biridan keskin farq qilishiga ishonchi komil edi (mexanika, fizika, kimyo, biologiya, sotsiologiya va hokazo). Mazkur muvofiqlik fanlarni muvofiqlashtirish tamoyili deb nomlandi. Bunda turli fanlar organadigan ob'ektlar bir-biri bilan qanday boglanganligi va bir-biriga otishiga e'tibor berildi. Quyidan oliyga, oddiydan murakkabga sari yuksalib boradigan harakatlanuvchi materiyaning progressiv rivojlanish jarayonini aks ettirish goyasi tug‘ildi. Mexanika fizika bilan bog‘lanishi va unga o‘tishi, fizika kimyoga, kimyo biologiya va ijtimoiy fanlarga o‘tishini nazarda tutuvchi yondashuv (mexanika fizika kimyo biologiya ijtimoiy fanlar) subordinatsiya tamoyili deb nomlanadi. Darhaqiqat, qaerga nazar tashlamaylik, biz harakatning boshqa shakllariga mutlaqo bogliq bolmagan biron-bir harakat shaklini topa olmaymiz, hamma joyda bir harakat shaklining boshqa harakat shakliga aylanish jarayonlarigina mavjud. Materiya harakat shakllarining ozaro ta'siri va bir-biriga aylanishi uzluksiz-uzlukli jarayonida mavjud boladi. Osha davrda noorganika sohasiga nisbatan tatbiq etilgan (mexanik, fizik, kimyoviy) «energiya» tushunchasi fandan mustahkam orin olgan edi. Ammo vaqt otishi bilan jonli va jonsiz tabiat ortasida aniq chegara bolishi mumkin emasligi ayon boldi. Otuvchi shakl va jonli ziddiyat - virus buning yorqin dalili boldi. U organik muhitga tushgach, ozini xuddi tirik jism sifatida tuta boshlaydi. Holbuki, noorganik muhitda virus ozini bunday namoyon etmaydi. XIX asrda materiyaning bir harakat shakli boshqa harakat shakliga otishi olimlar tomonidan bashorat qilingan, deb aytish mumkin, chunki bu davrgacha mexanik va issiqlik shakllari ortasidagi otishlargina organilgan edi. Tez orada buyuk kashfiyotlar aynan fanlar tutashgan joyda, chegaradosh sohalarda yuz berishi haqidagi taxmin ham diqqatga sazovor boldi. Ba'zi faylasuflar tomonidan tabiat va jamiyatni boglovchi shunday chegaradosh sohalardan biri organilib, antroposotsiogenezning mehnat bilan bogliq nazariyasi taklif qilindi. Oz vaqtida Darvin inson va maymunni anatomik jihatdan qiyosiy organish asosida insonning sof hayvoniy nasl-nasabi haqidagi xulosaga kelgan edi. Boshqalar esa ijtimoiy omillar roliga, xususan, inson va kishilik jamiyatining shakllanishi antroposotsiogenez jarayonida mehnatning alohida roliga baho berdilar. Bu asosda materiyaning harakat shakllarini tasniflashning quyidagi tamoyillari ishlab chiqilgan; Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling