Mavzu: Materiya harakatining geologik shaklining falsafiy mohiyati
Hozirgi zamon falsafasida «harakat» tushunchasi
Download 108.5 Kb.
|
1443691490 61402
Hozirgi zamon falsafasida «harakat» tushunchasi. «Keng» ma'noda umuman har qanday ozgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni umuman ozgarish sifatida tushunish harakat turlarining butun rang-barangligini uning muayyan bir turiga boglash togri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat shakllarining umumiy xususiyati va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi. «Umuman ozgarish» deganda, bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qat'iy nazar, ob'ektiv mavjud bolgan barcha ozgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi.
Oz-ozidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan tarkibiy qismi tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki ob'ektga nisbatan oz-ozidan harakat, oz-ozidan rivojlanish holati xos deb aytish orinli emas. Chunki, ushbu ob'ektni muayyan element sifatida oz ichiga olgan tabiat oz-ozidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi. Oz-ozidan harakat biron-bir narsaning unga ichdan (immanent tarzda) xos bolgan omillar ta'sirida ozgarish va rivojlanish jarayonlarini ifodalovchi kategoriya sifatida amal qiladi. «Oz-ozidan harakat» tushunchasi butun borliqning substansional negizi sifatidagi materiya harakat va ozgarish jarayoni yuz berayotganida oz faolligining pirovard sababi sifatida amal qiladi. Oz-ozidan harakat shakli sifatidagi faollik sirtdan olib kirilgan tashqi kuch sifatida tushunilmasligi kerak. Shu munosabat bilan: «Bu qanday yuz berishi mumkin?», degan savol yaxshi rivojlanmagan, nodialektik tafakkur uchun ancha mushkul masala hisoblanadi. Shakllanish jarayonini qadimgi mashhur «panta rei» «hamma narsa oqadi» ta'rifida ifodalagan Geraklit an'anasiga, shuningdek, nemis faylasufi F.Gegelga xos yetuk metodologiyaga kora, oz-ozidan harakatning manbai ziddiyat hisoblanadi. Bunda ziddiyat narsalar, hodisalar va jarayonlarning qarama-qarshi tendensiyalari hamda tomonlarini taqozo etuvchi, nazarda tutuvchi, ayni vaqtda, inkor etuvchi ozaro ta'sir sifatida tushuniladi. Oz-ozidan harakat tabiatshunoslik va falsafaning eng qadimgi goyasi hisoblanadi. Uning yuzaga kelishi borliq harakatining sababini tushuntirish, oz-ozidan yuz berayotgan doimiy umumiy ozgarishni tan olish asosida butun olamdagi ozgarish jarayonlarining manbaini aniqlashga urinishlar bilan bogliq. Antik falsafada barcha jismlarga xos bolgan, chetdan aralashuvsiz yuz beradigan tabiiy harakatni belgilovchi intilish togrisida atroflicha soz yuritilgan. Dunyo zamirida materiya bilan uzviy bogliq bolgan qandaydir intilish, qandaydir haqiqiy, lekin gayritabiiy kuch yotadi va uning oz-ozidan harakatiga turtki beradi, deb qaralgan. Ayni vaqtda, oz-ozidan harakat goyasi barcha faylasuflar tomonidan yakdillik bilan qabul qilinmaganini ham qayd etib otish lozim. Parmenidning: «Borliq mavjud, yoqlik mavjud emas», degan mashhur tezisi barqarorlik, ozgarmaslik, muayyanlikning mutlaqligini tan olishni anglatgan. Boshqacha aytganda, bunda ozining boshqa holatiga aylanish sifatidagi oz-ozidan harakat goyasiga orin yoq bolgan dunyo tan olingan. Keyinroq ta'riflangan neoplatonik Proklning tezisi uning muqobili sifatida amal qilgan. Prokl harakat, oz-ozidan harakat va harakatsizlikni farqlashni taklif qildi. U «Mavjud hamma narsalar yo harakatsiz, yo harakatdadir, degan. Agar narsa harakatda bolsa, u ozi bilan ozi yoki boshqa narsa bilan harakatdadir. Agar u ozi bilan ozi harakatda bolsa, oz-ozidan harakatda, boshqa narsa bilan harakatda bolsa boshqacha harakatdadir. Binobarin, hamma narsalar yo harakatsiz, yo oz-ozidan harakatda, yo boshqacha harakatda boladi»7. Shunday qilib, oz-ozidan harakat goyasi dunyoni tushunish konsepsiyalari maydonida bir necha muqobil yondashuvlar bilan birga amal qiladi. Butun borliqning toxtovsiz harakati haqidagi tezis oz-ozidan harakat goyasining «sherik-raqiblari»dir. «Qarama-qarshiliklar birligi» sifatidagi rivojlanishdan farqli olaroq, rivojlanishga «kamayish va kopayish sifatida, takrorlanish sifatida» qarovchi yondashuv ikkinchi muqobilga aylandi. Birinchi muqobil metafizik, ikkinchisi dialektik konsepsiya deb nomlandi va u mutlaqlashtiriladi. Sobiq sovet davri falsafasida bunday mutlaqlashtirish quyidagicha izohlangan: «Harakatning birinchi konsepsiyasida oz-ozidan harakat, uning harakatlantiruvchi kuchi, manbai va sababi panada qoladi. Ikkinchi konsepsiyada asosiy e'tibor aynan «oz-ozi»dan harakat manbaini bilishga qaratiladi. Birinchi konsepsiya jonsiz, bosh, yuzaki. Ikkinchisi hayotiy. Faqat ikkinchi konsepsiya «butun borliq»ning oz-ozidan harakatini tushunib yetish, «sakrashlar», «tadrijiylikning uzilishi», «qarama-qarshilikka aylanish», «eskining yoq bolishi va yangining vujudga kelishi» mohiyatini anglash imkonini beradi»8. Aslida bu qarashlarni falsafiy tafakkur rivojida qolga kiritilgan yondashuvlar sifatida tushunish ma'qul. Harakatning umumiyligi, universalligi va atributliligini tan olish boshqa bir savol tugilishiga sabab boladi. Harakat jarayonini qanday qamrab olish, uni tushunchalar mantigida qanday ifodalash va tavsiflash mumkin? Harakatni tushunchalar vositasida, nazariy aks ettirishda harakat jarayonining uzluksizligini ifodalash asosiy muammo bolib qolmoqda. Bilish tarixi harakatni umumiy tushunchalarda uni toxtatmaydigan, qopollashtirmaydigan tarzda ifodalash vazifasi naqadar ogir ekanligini korsatadi. Jism bir joyda turadi va songra boshqa joyga kochadi, deb aytish jismning ornini shunchaki qayd etish, demakdir. U harakatlanayotgan paytda birinchi joyda boshqa turmaydi, lekin ikkinchi joyga ham hali yetib kelmagan boladi; agar jism shu ikki joydan birida turgan bolsa, u harakatsiz holatda boladi. Jism ikki joy ortasida, deb aytish hyech narsa demaslik bilan barobardir, chunki bu holda u yana bir joyda boladi; demak, ayni holda yuqorida zikr etilgan qiyinchilik tugiladi. «Harakatlanish shu joyda bolishni va ayni vaqtda, unda bolmaslikni anglatadi; bu makon va vaqtning uzluksizligidir, aynan u harakatni yuzaga keltiradi»9. Harakatning uzluksizligi uning umumiyligini namoyon etadi, uzluksizlik uning alohida jihatini korsatadi. Harakatdagi umumiylik uning mohiyatini aks ettiradi, binobarin, harakatni tushunish va ta'riflash, uning mohiyatini anglab yetish uchun harakatning uzluksizligini tushunmoq darkor. Harakatning bir qarashda gayritabiiy tuyuluvchi va ayni vaqtda uning uzluksizligini aks ettirishga urinish kuzatiluvchi «muayyan joyda bolish va ayni vaqtda unda bolmaslik», degan ta'rifini yangi zamon dialektikasi asoschisi F.Gegel oziga xos tarzda quyidagicha ifodalagan: «Muayyan narsa «hozir shu yerda» bolgani uchun emas, balki boshqa «hozir u yerda» bolgani uchun harakatlanadi, modomiki, u ayni bir «hozir» shu yerda va shu yerda emas ekan, u «shu yerda» ham mavjud, ham mavjud emasdir»10. Harakatning ta'rifini topish yolidagi izlanishlar bilan bogliq qiyinchiliklar harakatni jonsizlantirmasdan va qopollashtirmasdan tushunchalar mantiqida ifodalash naqadar mushkul ekanini yana bir karra tasdiqlaydi. Klassik metafiziklar harakat deganda, jismning shu vaqtda shu joyda, boshqa vaqtda boshqa joyda bolishini tushunadi. Bunday yondashuvlarning notogriligi shundaki, ular harakatning ozini emas, balki uning natijasini tavsiflaydi; ular harakat imkoniyatini korsatmaydi va ozida bunday imkoniyatga ega ham bolmaydi; harakatni harakatsizlik holatlari yigindisi, ularning boglanishi sifatida tasvirlaydi, harakatning ziddiyati yashirin, e'tibordan chetda, panada qoladi yoki unutiladi. Dialektika tarafdorlari harakatning ziddiyatli ekanligini yakdillik bilan tan oladi. Bunda ayrim dialektiklar asosiy ziddiyatni vujudga kelish va yoq bolishda korsa, ayrimlar makon va vaqtning qarama-qarshiligida, ya'ni makon jihatini aks ettiruvchi «orinning ozgarishi»da hamda vaqt korsatkichlarini tavsiflovchi «holatning ozgarishi»da koradi. Ayrim dialektiklar esa, harakatning asosiy ziddiyati sifatida uning uzluksizligi-uzlukliligini qayd etadi. Ba'zan harakatning asosiy ziddiyati sifatida barqarorlik va ozgaruvchanlik jarayonlari korsatiladi. Ammo bunda harakat, ozgarishning mutlaqligini tan olish ob'ektlar yoki jarayonlarning abadiy ozgarmasligi sifatidagi mutlaq harakatsizlik holatini tola istisno etishini, lekin muqarrar tarzda harakatning tashqi qarama-qarshiligi emas, balki uning ichki ziddiyatli mohiyatining ifodasi hisoblanuvchi nisbiy harakatsizlik holatini nazarda tutishini tushunish muhimdir. Mutlaq harakatsizlik, abadiy muvozanat va sokinlik hyech qaerda yoq. Har qanday harakatsizlik, muvozanat nisbiydir, chunki ular harakatning muayyan holatlari hisoblanadi. Ziddiyatni olib isbot qilishda, ya'ni muayyan jism mutlaq harakatsizlik holatida deb faraz qilishda mazkur jism bu holda hyech narsa bilan ozaro ta'sirga kirishmasligi, unda hyech qanday ichki va tashqi ozgarishlar yuz bermasligi, u ozini hyech qanday tarzda namoyon etmasligi, binobarin, bunday jism amalda yoqligini tan olish kerak. Bu nol («0») holatini mutlaqlashtirish demakdir. Dialektika esa nolni tan olmaydi. Barqaror jismlar sifatida namoyon boluvchi barcha moddiy ob'ektlarda muqarrar tarzda zarralar, atomlar va molekulalar harakati yuz beradi. Har bir ob'ekt ozini qurshagan muhit bilan ozaro ta'sirga kirishadi, bu ozaro ta'sir esa muayyan turdagi harakatni oz ichiga oladi. yerga nisbatan harakatsiz holatdagi har qanday jism u bilan birga Quyosh atrofida, Quyosh bilan birga Galaktikaning boshqa yulduzlariga nisbatan harakatlanadi. Galaktika ham boshqa yulduzlar tizimlariga nisbatan harakatda boladi va ozgaradi. Harakatsizlikni harakatdan tashqaridagi emas, balki uning ozidagi nisbiy muvozanat holati sifatida tushunish lozim. Nisbiy harakatsizlik nafaqat harakatni istisno etadi, balki, aksincha, uning muayyan holati hisoblanadi. Harakatsizlik va harakatning qarama-qarshiligi ilgari «narsalar» va «jarayonlar»ni keskin qarama-qarshi qoyishda ifodalangan. Mikrodunyo sohasidagi bilimlar rivojlanishi bilan bu metafizik qarama-qarshi qoyish oz ma'nosini yoqotdi. Narsa sifatida mikroob'ekt olingan bolsa, bunda shu narsa va jarayonning birligi, yaqqol korinadi. Mikroob'ektning korpulskulyar tolqinli xossalari bir vaqtning ozida ham narsa, ham jarayon sifatida amal qilishini tasdiqlaydi. Shu sababli «voqyea» tushunchasi nisbiylik nazariyasida fundamental tushunchaga aylangan. Vaqtinchalik barqarorlik va muvozanat holati sifatida tushuniluvchi nisbiy harakatsizlik materiyaning har qanday muayyan holatiga xos. U materiyaning sifatini namoyon etadi. Nisbiy tinchlik tufayli narsalarning chegaralari mavjud boladi, dunyo sifat va miqdor ozgarishlarining rang-barangligi sifatida namoyon boladi. Materiya harakati shuning uchun ham mutlaqki, u sirtdan hyech narsaga bogliq emas. Shu ma'noda «Dunyoda abadiy harakatdagi materiyadan boshqa hyech narsa yoq» tarzidagi fikrlar orinli va asoslidir. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling