19-Amaliy mashg’ulot Cho’ktirish qurilmasini hisoblash


Download 0.55 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1522201
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot №19


19-Amaliy mashg’ulot
Cho’ktirish qurilmasini hisoblash.
Cho’ktirish usuli suspenziya, emulsiya va changli gazlarni ajratish uchun ishlatiladi. Cho‘ktirish tezligi kichik bo`lgani sababli, bu usul asosan turli jinsli sistemalarni birlamchi ajratish uchun qo’llaniladi. Cho’ktirish jarayoni changli gazlar, suspenziya va emulsiyalar tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarning og’irlik kuchi ta’sirida uskuna tubiga cho‘kishiga asoslangan. Og’irlik kuchi ta’sirida cho’ktirish jarayoni tindiruvchi uskunalarda olib boriladi. Cho’kisb tezligini aniqîash. Buning uchun alohida olingan sharsimon qattiq zarrachaning suyuqlik muhitida erkin cho’kishini tekshiramiz. Bunda zarrachaga og‘irlik kuchi G, ko‘tarish kuchi A va muhitning qarshilik kuchi R ta’sir qiladi. Cho‘kish jarayonining harakatlantiruvchi kuchi rolini og‘irlik va ko‘tarish kuchlari o‘rtasidagi farq, ya’ni zarrachaning suyuqlikdagi og’irligi bajaradi:

Muhitning qarshiligi R zarracha yo‘nalishiga qarama-qarshi boiib, ishqalanish va inersiya kuchlaridan tarkib topgan. Laminar oqimda ishqalanish kuchlari inersiya kuchlariga nisbatan katta bo’ladi. Stoks qonuniga ko‘ra, laminar rejimda sharsimon zarrachaning cho‘kishida muhitning qarshilik kuchi R quyidagi tenglama bilan topiladi:

Cho‘kayotgan zarracha dastlab tezroq cho‘kadi, bir oz vaqt o‘tgach, muhitning qarshilik kuchi harakatlantiruvchi kuchga tenglashganda, o‘zgarmas tezlik bilan bir xilda cho‘ka boshlaydi. Shu o‘zgarmas tezlik cho‘kish tezligi deyiladi.


Tabiiy gaz uchun Joul-Tomson koeffitsientini aniqlash
Izoentalpiya jarayoni
Tabiiy gazni qazib olish va ekspluatatsiya qilishdan ma`lumki, gazning yoki suyuqlikning oqimida bir qancha toʼsiqlar boʼlib, bunda yuzaning toʼsatdan siqilishi sodir boʼladi, buning natijasida yuza oqimining qirqimi kattalashib, gazning bosimi kamayadi.
Siqilish natijasida gaz yoki suyuqlik oqimining bosim pasayishi drosellash deyiladi.
Drosellash jarayoni adiabatik hamda qaytmas boʼlib, doimiy entalpiyaga ega i=const (izoentalpiya jarayoni).
Real gazni drossellashda tashqi kuchlarga nisbatan ishni tugatish natijasida molekulalar bilan birgalikda xajmiy energiyaning oʼzgarishida , ichki energiya oʼzgaradi, shuningdek gaz oqimining harorati xam.


aniqlanadi
(19.2.)
oʼlchami adiabatik drossellash koeffitsienti yoki differensial drossellash effekti deyiladi; buni quyidagicha belgilanadi
(19.3)

oʼlchamni koʼpincha Djoul-Tomson koeffitsienti deyiladi.


Drossellash natijasida amalda drosselda bosimning tushishi kuzatiladi. Haroratning oʼzgarishi integral drossel-effekti bilan aniqlaniladi.

Miqdoriy birikmalar moddaning holati, ko`rinishi, bosimi, harorati va koʼp komponentli boʼlganda aralashmaning tarkibiga bogʼliq. Integral adiabatik drossel effektining oʼlchamlari i-T diagramma orqali aniqlaniladi. (VI.8 rasm). Drossel oldidan gazning holati maʼlum boʼlsa, u xolda uning bosimi p1 va xarorati T1, drossellashdan keyingi bosim P2 unda P1 va T1 parametrlari bilan (1 nuqta) oʼtkazib izoentalpiya i=const bilan izobara P2=const kesishgan nuqtalarini topib, drossellashdan keyingi T2 haroratni hosil qilamiz.
Nazorat savollari.
1. Cho’ktirish usuli haqida ma’lumot bering.
2. Tabiiy gaz uchun Joul-Tomson koeffitsienti haqida ma’lumot bering.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling