Issiqxona effekti
Download 15.06 Kb.
|
“Issiqxona” effekti
Issiqxona effekti — ekologik hodisa boʻlib, quyoshdan kelgan nurlarning bir qismi Yer yuziga singib, natijada oʻrtacha sirt harorati koʻtariladi. Bu esa hayot mavjud boʻlishiga imkon beradi.[1] Quyoshdan kelayotgan nurlarning yer atmosferasida dimlanib, jamlanib qolish hodisasiga issiqxona effekti deyiladi. Tabiiy issiqxona effekti hayotga imkon berdi. Biroq, inson faoliyati bu jarayonni tezlashtirdi, kuchaytirdi. Global issiqlik effekti hodisasi Kelib chiqish sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash] Yer atmosferasiga turli xil zararli sanoat gazlari chiqishi va u yerda toʻplanib qolishi sababli ushbu hodisa kuzatiladi. Yaʼni, yer quyoshdan kelgan nurning maʼlum qismini yana koinotga qaytaradi. Biroq, ushbu hodisada atmosferada toʻplanib qolgan notabiiy gazlar (yoqilgʻi sanoati natijasida hosil boʻlgan gazlar) quyosh nurlarini oʻziga yutadi. Natijada iqlimga taʼsir etadigan issiqxona qatlami hosil boʻladi. Ushbu muammo yuzaga kelishining asosiy sababi oʻrmonlarning kesilishi va qazilma yoqilgʻilardan keng miqyosda foydalanilayotganidir. Issiqxona gazlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Sayyoramizning umumiy nurlanishga tushadigan bir qator gazlar umumiy holsa issiqlik gazlari deb ataladi. Koʻrinadigan diapazonda ular shaffof holatda boʻlib, infraqizil nurlarni yutadi. Issiqxona gazlarining oʻziga xos formulasi yoʻq. Ularning foiz nisbati doimiy holatda oʻzgarishda boʻladi.[2] Issiqxona effektini keltirib chiqaruvchi asosiy gaz bu — karbonat angidrid. U ham tabiiy, ham sunʼiy yoʻllar bilan atmosferaga qoʻshiladi. Azot oksidi, metan kabi boshqa iflos gazlar havoga inson omili tufayli chiqariladi. Bular butun bir issiqxona effekti darajasini belgilaydi.[3] Issiqxona gazlari manbasi[tahrir | manbasini tahrirlash] Tabiatiga koʻra issiqlik gazlari ikki unsur yordamida paydo boʻladi. Birinchisi, texnogen, ular issiqxona gazlari hosil boʻlishining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Bularga qazilma yoqilgʻilarining yonishi, koʻmir konlarining oʻzlashtirilishi kiradi. Ikkinchisi, tabiiy, ular ikkinchi darajali taʼsir koʻrsatadi.Tabiiy issiqxona gazlarining asosiy qismi vulqon otilishi natijasida atmosferaga qoʻshiladi. Shuningdek yirik oʻrmon yongʻinlari oqibatida ham hosil boʻladi. Oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Quyosh nurlarining koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi meʼyoridan ortiq qiziydi. Ushbu hodisa oqibatida sutkalik eng yuqori va eng past harorat orasidagi farq kichik boʻladi. Bu esa yer yuzida issiqlikning keskin oshishiga olib keladi. Yer yuzida oʻrtacha haroratning ortishi oqibatida qutb muzlari eriydi, bu esa dengiz sathining koʻtarilishiga olib keladi. Natijada bir qancha orollar suv ostida qoladi. Quruqlikda esa choʻllashish hodisasi kuzatiladi.[1] Atmosferada issiqxona effektini keltirib chiqaruvchi gaz miqdorining ortishi sayyoradagi tabiiy issiqlik muvozanatini buzadi. Flora va fauna dunyosining keskin issiqlik oʻzgarishiga tez moslasha olmasligi sababli tabiatga yirik miqyosda zarar yetadi. Shuningdek aholi zich joylashgan shaharlarda aksariyat qariyalar va surunkali kasali bor qatlam jaziram issiqda aziyat chekadi. Aholi sogʻligiga issiqlikning keskin oshishi salbiy taʼsir koʻrsatadi. Yechim[tahrir | manbasini tahrirlash] Kelajakda issiqxona effektidan zarar koʻrmaslik uchun tavsiyalar:[3] qayta tiklanadigan energiya manbalariga oʻtish; qazib olinadigan yoqilgʻidan kamroq foydalanish; sohalarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish; energiya samaradorligini oshirish tabiiy yashilliklarni koʻpaytirish, oʻrmon yongʻinlarini oldini olish; ekologik toza qishloq xoʻjaligini joriy qilish; tuproq tarkibidagi organik moddalarni saqlash; tejamkor transport vositalaridan foydalanish. Download 15.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling