1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida. Reja


Download 70.22 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi70.22 Kb.
#1160366
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang\'ich



Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani


1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida.
Reja:
1.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy
kategoriyalari.
2.Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
3.Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Tayanch iboralar: Tarbiya, metod, individuallik, shaxs, ijtimoiylashuv.
Tarbiya– shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan
chora-tadbirlar yig‘indisi.
Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir.
Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda
jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o‘z ichiga oladi.
Tarbiyaning ob’ektiv qonunlari – o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va
ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o‘ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish
talabalardagi turg‘un bo‘lgan an’analardir.
Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisalardir. Tarbiya
yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash,
yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik
jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o‘sib, avloddan-avlodga vorislik
vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi,
mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh
avlodni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviytarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga
tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
Tarbiya fanining vazifalari quyidagilardan iborat.
- o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir
ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ;
- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan
maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ;
- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ;
- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini
kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib
borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil
etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin
tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir
qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol
topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur
bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni
tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi.
Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya
tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.
Pedagogik adabiyotlarda «Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda
ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat
ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini
ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini
anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar
tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum,
uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televidenieva boshqalarni
ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga
ta’limva ma’lumotolish ham kiradi.
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni
anglatadi. Buni oilava tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga
oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har
qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki
ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay,
balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakathayotida halqiluvchi
ahamiyat kasbetadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikva inqirozga mahkumdir. Negaki,
o‘sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy
boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun
yosh avlodmoddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan
ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda
samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimiga ega bo‘lishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan.
Sho‘ro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy
hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda
tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo‘ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga
qarama-qarshi turadi, degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa,
Sharq tarbiyashunosligi va o‘zbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy
ko‘rinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi
tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning o‘rniga ortiqcha baho berildi, bu
jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.
Sho‘rolar pedagogikasida tarbiya orkali har qanday odamni istagan ijtimoiy
qiyofaga solish mumkin, degan qarash hukmron bo‘lganligi uchun ham uning
shaxsni shakllantirishdagi o‘rniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining
tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy
tadbirlarga mahliyo bo‘lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida
tarbiya maqsadsiz bo‘lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxssifatida emas,
istalgan ijtimoiy yo‘nalishga solinishi mumkin bo‘lgan qiyofasiz to‘da, olomon
tarzida qarash qaror topdi, Bu holtarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki
tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik jihatlari unutilgan
edi. Sho‘ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, manashu
yondashuv tarziga borib taqaladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog‘liq jarayonlarga
yangi hamda sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa
boshladi. Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi.
Tarbiyaning milliyligiga alohida e’tibor qaratil moqda. Buning uchun xalq
pedagogikasi boyliklari, o‘zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari
sinchkovlik bilan o‘rganilayotir. Natijada, O‘zbekiston pedagogika fani va
amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o‘ziga xos o‘rni borligi
tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga
olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o‘rniga
keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va
holatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini
berdi.
Tarbiya fanining maqsad va vazifalari.
Yoshlarini barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida qaysi yo‘lni tanlamoq,
nimalarga diqqat-e’tiborni qaratmoq lozim? Nima qilganda ijobiy natijaga
erishiladi? Bu savollar tarbiya fanining eng muhim muammolari hisoblanadi.
O‘zbekistonning hozirgi davri, bundan keyingi taraqqiyoti va istiqboli hamda
mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy
zaminlarini mustahkamlash uchun yosh avlodga dunyo standartlari talabi darajasida
bilim berishimiz suv va havodek zarurdir. Demak, oldimizda turgan eng muhim va
dolzarb muammolardan biri - O‘zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har
bir millat, elat kishilarini va ularning farzandlarini barkamol insonlar qilib
tarbiyalash, mustaqil respublikamizning ongli fidoiysiga aylantirishdir. Chunki
jamiyat manfaati yo‘lida o‘zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste’dodini baxshida
etishga tayyor turgan yetuk insonlar, uddaburon yoshlar, fidoiylar bo‘lmasa,
O‘zbekistonni dunyodagi eng ilg‘or davlatlar safiga qo‘shish qiyin kechadi.
Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining duru
javohirga teng ma’naviy meroslari dasturilamal bo‘la oladi. Abu Nasr Forobiy,
Axmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Ismoil Al-Buxoriy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Firdavsiy, Amir Temur,
Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli va shular singari boshqa aql egalarining
ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlariga tayanib ish ko‘rilsa tarbiya ta’sirchanligi
yanada mukammallik kasb etadi. O‘zining o‘tmish madaniy merosini chuqur
bilmagan va e’zozlamagan odam, o‘z shajarasini, avlod-ajdodlari bosib o‘tgan
yo‘lni, milliy istiqlolimiz, erkimiz va ozodligimiz yo‘lida jasorat ko‘rsatgan Shiroq,
To‘maris, Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk zotlar, xalq qasoskorlarining
nomlari, kurashlarining tub mohiyatini ilg‘ay olmaydi. Yuqoridagi fikrlardan
ko‘rinib turibdiki, yosh avlodlarni tarbiyalab yetishtirish – muqaddas burchimiz, ornomusimiz. Lekin, ijobiy axloqiy xislatlarni tarbiyalab yetishtirish oddiy, jo‘n ish
emas. U kunlab, oylab, yillab va hatto o‘n yillab oliy maqsad yo‘lida sabr-toqat,
chidam va qat’iyatlilik, irodaviy sifatlarni safarbar etishimizni taqozo etadigan
insoniy vazifamizdir. Hozirgi paytda mamlakatimizda yoshlar orasidan eng iqtidorli,
salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularning ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan
kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini chuqur o‘zlashtirib
olishlari uchun g‘amxo‘rlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ertangi hayoti,
porloq istiqboli nazarda tutilib, ko‘pgina yoshlar bir qanchi xorijiy mamlakatlarga
tahsil olish uchun yuborilishi fikrimizning isbotidir. Respublikamizda “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonunni hayotga joriy etish, ta’lim-tarbiyani, sog‘liqni saqlash
ishlarini, umumiy tibbiyot muammolarini zamonaviy talablar darajasida olib borish,
maktablarni takomillashtirish, o‘rta maxsus bilim yurtlari va oliy o‘quv yurtlariga
kirish imtixonlarini test usulida o‘tkazish borasidagi ishlar ham madaniy-ma’naviy
taraqqiyotimizda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jamiyat taraqqiyoti va
shaxc kamoloti uchun bo‘lgan ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat,
or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lmaydi. Hammasining zaminida yosh avlodga oilada, umumiy ta’lim
maktablarida, xalq ta’limi tizimining boshqa tarmoqlarida beriladigan ta’lim-tarbiya
yotadi.
Umuman olganda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zamonamiz ruhiga mos,
barkamol inson bo‘lishlari uchun, tarbiyaning tarkibiy qismlari (aqliy, axloqiy,
jismoniy, mehnat, estetik tarbiya va politexnik ta’lim) ga yangicha nigoh tashlash va
o‘sha ta’limni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqmoq lozim.
-Tarbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib
yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi.
Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib
ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman
yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin.
- Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish,
ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy
qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos
bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs
tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa
fani bilan bog’liqdir.Shuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga
olgan pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti qonunlarini
o’zlashtirgan psixologiya fanlari bn uzviy bog’liq hisoblanadi. Bundan tashqari
anatomiya, fiziologiyadan ham foydalaniladi chunki o’quvchilarning organizmi
haqidagi bilimlarni tarbiya jarayonida qo’llash tarbiya sifatini oshirishga hizmat
qiladi.

Download 70.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling