1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida. Reja
Download 70.22 Kb.
|
Boshlang\'ich
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar. Reja
- Tayanch tushunchalar: tarbiya, trening, metod, individual, vosita
Nazorat uchun savollar?
1. Milliy urf odatlar deganda nimani tushunasiz? 2. Oilaviy qadriyatlar qanday bo’ladi? 3. O’zbek to’y, bayram, tadbirlari haqida nimalarbi bilasiz? 4. Milliy urf-odatlar, tadbirlar, kiyimlar, va qarashlarning tarbiyadagi o’rni nimalardan iborat? 5. Milliy qiyofa deganda nimani tushunasiz? 4-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar. Reja: 1. Boshlang’ich sinflarda tarbiya darslarini tashkil etish 2. Tarbiya metodlari va tarbiya asoslari 3. Tarbiyaviy treninglar Tayanch tushunchalar: tarbiya, trening, metod, individual, vosita Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. • Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi. . Tarbiya vositalari. • Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari. Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda: 1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g’riligi. 2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi. 3. O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o’quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashna xizmat qiluvchi maqbul metodlarini tanlash. • Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi: ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi; • tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi; • hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati; • faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; • hamkorlikning ilmiy asoslanganligi; Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. «Metod» yunoncha so’z bo’lib «yo’l» ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o’quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo’nalashtirish yo’llarini anglatadi. Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya tamoyillari, tarbiya qonuniyatlari, jarayon, aqliy, axloqiy, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarash, jismoniy tarbiya, jamoa, bolalar kollektivi, jamoa tarbiyasi, Suxomlinsliy, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab chiqarish, jamoa, bolalar kollektivi, jamoa tarbiyasi, Suxomlinsliy, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab chiqarish. Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati. Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi. Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi boʻlib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari, usullari va muammolarini oʻrganadi. Tarbiya jarayoni oʻqituvchi va oʻquvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar oʻrtasida aniq maqsad asosida tashkil etiladigan hamkorlik faoliyatining kechishi, rivoji. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish – aniq maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga asoslanib, oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi sanaladi. Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: - aniq maqsadga yoʻnaltirilganlik; - uzoq muddat davom etishi (tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol koʻzga tashlanmaydi); - uzluksizligi (oʻquvchilar va oʻqituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari); - yaxlit, tizimli tashkil etilishi; - ikki tomonlama aloqa hamda qarama-qarshiliklarning mavjud boʻlishi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsida ongning shakllanib borishi, histuygʻularning rivojlanishi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlarning hosil boʻlishi kabi oʻzgarishlar kuzatiladi. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uning maqsadi, shakllari, metodlari, vositalari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, shaxsning oʻzini-oʻzi tarbiyalash va qayta tarbiyalashi ehtiyojiga egaligiga bogʻliq. Oʻzini oʻzi qayta tarbiyalash shaxsning oʻzidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yoʻqotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir. Tarbiya tamoyillari – tarbiya nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari boʻlib, tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini toʻgʻri tanlanishini belgilaydigan boshlangʻich asoslar hisoblanadi. Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: - tarbiya maqsadining aniqligi; - bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati; - ixtiyoriylik; - yoʻnaltirilganlik; - oʻz-oʻzini anglash; - jamoaviylik; - insonparvarlik; - ilmiylik; - pedagogik jarayonning hayot va amaliyot bilan bogʻliqligi; - izchillik; - uzluksizlik; - tizimlilik; - koʻrsatmalilik; - estetik gʻoyalar ustuvorligi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Unda eng oddiy harakatdan tortib, to keng koʻlamli ijtimoiy harakatni tashkil etishdan iborat jarayonning mohiyati yoritiladi. Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakter kasb etadi. Tarbiya jarayoni quyidagi qonuniyatlar asosida kechadi: - tarbiyaning obyektiv va subyektiv omillarga bogʻliqligi; - tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va oʻzaro aloqadorligi; - faoliyat va munosabat shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilatlarni shakllantirishning negizi va asosiy manbai ekanligi; - tarbiyalanuvchilarning oʻzaro tarbiyaviy ta’siri, oʻzaro munosabatlari hamda faol faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishning mavjudligi. Tarbiya mazmuni – shaxsning shakllanishiga qoʻyiladigan ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, jamiyat mafkurasi gʻoyalari asosda belgilanadi. Tarbiyaning shaxs kamolotiga ta’siri quyidagilarda koʻrinadi: 1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bogʻliq koʻnikma, malakalar hosil boʻladi; 2) tarbiya tufayli tugʻma kamchil iklar ham oʻzgartirilib, shaxs kamolga yetadi; 3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yoʻqotish mumkin; 4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yoʻlida har tomonlama oʻstirish, uning ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan oʻzaro amaliy va nazariy muloqotidir. Tarbiya – tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda ma’lum bir maqsadga qarata va muntazam suratda ta’sir qilishidir. Bu xildagi ta’rif tarbiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani, chunonchi: muayyan dunyoqarash, axloq, ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini singdirish, muayyan xarakter va iroda, odat va axloq yaratishni oʻz ichiga oladi. Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllana boradi, his va tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil boʻladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan toʻgʻri uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va xohishlarini ifodalaydi. Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh ijobiy, xoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bogʻliqligini koʻrsatadi. Bolaning shaxsiy tajribasi ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatini belgilab beradi va uning xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning oʻzigina kifoya qilmaydi. Toʻgʻri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbida paydo boʻlayotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, baholashni, his qilishni hamda ulardan oʻzi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganini bilish zarur. Yana shuni hisobga olish kerakki, bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar asosida roʻy beradi. Bola ulgʻaya borishi bilan bu xil aloqa va munosabatlar murakkablashib boradi va bola shaxsning kamolga yetishida yo ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiya maqsadga muvofiq muntazam ta’sir etishni koʻzda tutadi, zeroki shu yoʻl bilan jamiyatning shaxsga qoʻyadigan talablari tarbiyalanuvchining xulqini idora qilib turuvchi ichki ehtiyojga aylanadi. Tarbiya jaaryonida oʻquvchining onginigina emas, balki his-tuygʻularini ham oʻstirib borish, unda jamiyatning shaxsga qoʻyadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun oʻquvchining ongiga (ta’lim jarayoni asosida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) muntazam ta’sir etib boriladi. Agar oʻquvchini tarbiyalashda bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni koʻp qirrali va murakkabdir. Maktabdagi tarbiya jarayoni toʻxtovsiz davom etadigan jarayon boʻlib, unga oʻqituvchi, tarbiyachi rahbarlik qiladi va u tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur boʻlgan maqsadini, shu maqsadni hal qilishga xizmat etadigan faoliyatini belgilaydi. Oʻquvchilarning shu faoliyatiga ishtirok etishini ta’minlab, ular oʻrtasida ijtimoiy, jamoa va oʻrtoqlik aloqalari va munosabati uchun sharoit yaratadi. Oʻquvchilarni faoliyatda qatnashishlari orqali ularning mustaqilligi ijodiy tashabbuskorligi oʻsib borishiga erishiladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari, e’tiqodlari va voqea hodisalarga oʻz nuqtai nazari vujudga keladi va mustahkamlanib boradi. Bular bolaning atrof-muhitning ta’siriga nisbatan qanday munosabatda boʻlishini belgilaydi. Shunday qilib, maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish va kamolga etkazish jarayonidan iborat boʻlib, uning mazmuni ta’limdagidek alohida predmetlarda emas, balki oʻquvilarning hayot-faoliyatlari va oʻzaro munosabatlaridan tashkil topadi. Mana shulardan tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari kelib chiqadi. Tarbiya jarayonida pedagogik talab Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlangʻich usuli boʻlib, tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini ragʻbatlantirishni yoki toʻxtatishni va aniq amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta’minlaydi. Talab qilish usuli oʻquvchilarning koʻpgina axloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda oʻziga nisbatan mas’uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi. Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning jamiyatimizdagina xalqning ma’naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik talab tarbiya jarayonining ta’sirchan usuliga aylanishi mumkin. Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, oʻz koʻrsatmalari bilan oʻquvchilarning ayrim harakatlarini ragʻbatlantiradi. Oʻquv va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki ragʻbatlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va loʻnda boʻlib, sezilar-sezilmas majbur qilishga oʻxshab ketsa-da boshqalari acha keng tushintirish yoʻl-yoʻriqlar shakliga ega boʻladi. Bir xillari oʻquvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim koʻnikma va malakalarini oʻzlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari oʻquvchilarning keraksiz va notoʻgʻri harakatlarini toʻxtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qoʻllab-quvvatlaydi. Pedagogning talabisiz oʻquvchilarning oʻquv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib boʻlmaydi. Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi, oʻz tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq, muayyan tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz. Pedagogning talablari vositasiz talablar boʻlishi mumkin, bunda tarbiyachi ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi. Pedagogning talablari vositali talablar boʻladi, bunda oʻqituvchi oʻz talablari bilan bolalarda oʻz doʻstalriga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi. Talablarning asosiy shakllari, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash pedagogik vaziyatni ikkita asosiy shartdan, ikki omilda vujudga keladi. Birinchi omil – kimdan talab qilinsa, oʻshaning talab qiluvchiga munosabatidir. Ikkinchi omil – bu tarbiyalanuvchining pedagog ragʻbatlantiradigan faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va salbiy munosabatlar deb ta’riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda koʻpdankoʻp koʻrinishlari ham boʻlishi mumkin. Endi talab shakllariga toʻxtalib oʻtamiz. Talab toʻppa-toʻgʻri boʻlishi mumkin, bunda oʻqituvchining murojaati qat’iy, dadil ohangda ifodalangan aniq koʻrsatmaga ega boʻlishi mumkin. Toʻppa-toʻgʻri talab oʻquvchilar bilan ishlashning birinchi kunlarida ayniqsa ta’sirchan boʻladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizgʻin va qat’iy talab boʻlmasa, tarbiyaviy jarayonni boshlab boʻlmaydi, binobarin, kimda-kim ikkilanuvchilardan berilgan va’dani shuvab ketuvchilardan ish boshlashni oʻylasa, u xato qilgan boʻladi. Shuni ham aytib oʻtamizki, toʻppa-toʻgʻri talab koʻpincha oʻquvchining pedagogga yoki u boshlagan faoliyatga betaraf munosabatda boʻlishi sharoitida ishlatiladi. Bunday vaziyatda toʻppa-toʻgʻri, vositasiz talabning quyidagi qoidalariga rioya qilish ayniqsa muhimdir. Birinchi qoida: odatda talab, ijobiy boʻlishi, ya’ni mutlaqo muayyan xattiharakatni keltirib chiqarish, bolalarning u yoki bu harakalarini shunchaki ta’qiqlamasligi, toʻxtatmasligi lozim. Albatta, oʻqituvchining ta’qiqlashlaridan ayniqsa oʻquvchilar belgilangan xulq-atvor qoidalarini har xil tarzda buzgan hollarda foydalaniladi. Biroq pedagoglar talablarning asosiy mazmunini ta’qiqlashlar tashkil etmaydi. Ikkinchi qoida: toʻppa-toʻgʻri talab yoʻl-yoʻriq tarzida, ya’ni bir xil ma’noli, aniq va tushinarli boʻlishi lozim. Dastlabki paytlarda oʻquvchilarning yangi harakatlarini ragʻbatlantirganda talab yoʻl-yoʻriq berish bilan qoʻshilib ketganday boʻladi, ularni aniq ta’riflab beradi. Uchinchi qoida: pedagog har qanday oqilona, aniq va tayyorlangan toʻppa-toʻgʻri talabi albatta bajarilishi, oxirigacha etkazilishi kerak. Shuni esda tutish kerakki, oʻxshash pedagogik harakat qonunning namoyon boʻlishi natijasida har bir yangi talabning bajarilishi pedagogni keyingi talablarining kuchli va ta’sirchanligini oshiradi, oʻquvchida tarbiyachiga aql-idrok bilan aniq boʻysunish odatini shakllantiradi. Va aksincha: har bir bajarilmagan talab shundan keyingi talablarning samaradorligini pasaytiradi. Talab mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham rivojlanib boradi. Pedagogik vaziyat qandaydir oʻzgarmas bir narsa emas. U yoki bu usullarni tatbiq etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishib, pedagog shu bilan birga vaziyatning zarur yoʻnalishida rivojlanishni boshqaradi. Pedagog toʻppa-toʻgʻri talablarni qoʻyar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi. Vositali talablarda tarbiyachining maqsadi toʻgʻridan-toʻgʻri ifodalanmaydi, pardalangan shaklda boʻladi va ragʻbatlantiruvchi omil sifatida faqat talabning oʻzidan emas, balki psixologik omillardan – bolaning turli kechinmalaridan, histuygʻularidan foydalanadi. Vositali talablarni uch guruhga boʻlish mumkin. Birinchi guruh pedagogning tarbiyalanuvchiga boʻlgan ijobiy munosabatini ifodalash bilan bogʻliqdir. Bular iltimos, ishonch, ma’qullashdir. Ularni ijobiy talablar deb ataymiz. Ikkinchi guruh tarbiyachining bolalarga boʻlgan munosabatini yaqqol ifodalaydi, balki tarbiyalanuvchilarning ragʻbatlantiruvchi munosabatlariga asoslanadi. Bular maslahat, sha’ma, shartli talab va oʻyin shaklidagi talabdir. Ularni bartaraf talablar deb ham ataymiz. Vositali talablarning uchinchi guruhi tarbiyalanuvchining faoliyatiga, uning u yoki bu axloqiy sifatlarning namoyon qilishga salbiy munosabatni namoyish qiladi. Bular – fosh qilish, ishonchsizlik bildirish va doʻq qilishdir. Iltimos – u pedagoglar bilan oʻquvchilar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga asoslanadi va umumiy ishda ularni hamkorligini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ishni bolaning oʻzi batamom oʻz hohishiga qoʻyib beradi. Oʻquvchi har qanday vazifani pedagogning majbur qilishi orqali emas, oʻz ixtiyori bilan bajarayotganini his qilsin. Ishonch bilan talab qilish – eng kuchli tarbiyaviy vositadir. U inson faoliyatining qudratli omillarini harakatga keltiradi: oʻzining boshqa kishilar uchun foydali ekanligini his qilish, oʻrtoqlari ishonchini oqlash istagini paydo qiladi. Koʻpincha bu - ancha murakkab va mas’uliyatli ba’zan faxrli topshiriq boʻladi. Talab ma’qullash muayyan sifatda bolalar faoliyatining kuchli omiliga aylantiradi. Ba’zan tarbiyalanuvchi alohida murakkab vazifalarni hal qilishda qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladi, pedagogning ma’qullashi dastlabki qadamlardayoq uning muvaffaqiyatini ta’minlaganday tuyuladi, oʻz kuchiga ishonch uygʻotib, bundan keyingi intilishlar manbai boʻlib xizmat qiladi. Talabmaslahat-iltimos kabi, maslahatni ham majbur qilib, tiqishtirmaydilar, tanlash huquqi bolaning oʻzida qoladi. Bu shakl ishga ongli munosabatni rivojlantiradi, pedagogni katta yoshdagi oʻrtoq deb bilishga oʻrgatadi. Uning obroʻsi keng bilimlarda, katta hayotiy tajribada, mahoratda yashirinib yotganligiga asosalanadi. Shu bilan birga maslahat – bu hamma narsani ipidan ignasigacha tasvirlab beradigan yoʻl-yoʻriq emas, balki koʻpincha yechimlarni mustaqil izlashga undashdan iboratdir. Vositasiz talabning bu shakli yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni muayyan vaziyatlarda, ayniqsa qiyinchiliklarda oʻquvchilar bilan maslahatlashishga oʻrgatadi. Oʻz navbatida pedagoglar oʻzlariga bolalar maslahat uchun murojaat qilishini qadrlashishini, oʻzaro aloqani kuchaytirishga xizmat qiladi. Talab-sha’ma – bolalarni muayyan xatti-harakatlarga ragʻbatlantirishning yashirin shaklidir. Sha’ma ilgari ishlatilgan, yaxshi tanish boʻlgan talablarni, ma’nosi ochib berilmaydigan talablarni oʻziga xos shartli qisqartirishidir. Muayyan sharoitda sha’ma talabning «yashirin»shakli boʻlib, u faqat ikki kishiga ayon boʻladi xolos. Boshqalarning diqqatini jalb qilmaydi. Tarbiya jarayonida maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan asosiy pedagogik talablarni shakli ana shulardaniborat u yoki bu talabning tanlash pedagogning oʻzboshimchalik bilan ish koʻrishga bogʻliq boʻlmay, balki, pedagogik vaziyatni qanday sodir boʻlishiga bogʻliqdir. Tarbiya-ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan xolda, oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan oʻzaro amaliy va nazariy mulokotdir. Tarbiya jarayoning jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-xarakatni sekin-asta koʻnikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushoxada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushoxada qilish aqlni peshlaydi. Aqlni ongni saklaydi. Bola oʻqishni, tarbiya olishni istaydi, katta boʻlib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola oʻzini oʻzgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim. Oʻqituvchi-doʻst, murabbiy, yoʻl boshlovchi boʻlgandagina oʻquvchilar oʻzlarining ichki olamlarini ochib koʻrsatadilar. Yuqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini oʻz ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega boʻlgan kishilar, tarbiyalanuvchilar - bilim va tajriba oʻrganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat koʻrsatmasalar, tajriba va bilim oʻrgana olmaydilar. Demak, tarbiya metodi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va oʻzaro ta’sir koʻrsatish usullaridir. Shaxsni shakllantirish maqsadida, bolaning ongi, his-tuygʻulari, irodasi, xulq-atvori va munosabatlari tizimiga ta’sir koʻrsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya metodlari tarbiya usullari, deb ham yuritiladi. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi boʻlmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yoʻlni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Met odning samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bogʻliq: 1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday boʻlsa, unga erishish metodlari unga muvofiq boʻlishi zarur. 2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan toʻldirilgan boʻlishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bogʻlash gʻoyat muhimdir. 3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga oʻxshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bogʻliqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qaraganda yashaganlikning son koʻrsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va axloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi oʻz aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuygʻusini bosh langʻich ta’lim, oʻrta ta’lim va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qoʻllaniladi. 4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. Oʻzini oʻzi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bogʻliqlikda pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlari ham oʻzgarmasdan kelmoqda. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy sharti. 5. Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi. Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga, oʻzining «Men»ini roʻyobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga harakat qiladi. 6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitargigiyenikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma’lumki, mavhum shartsharoitlar boʻlmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda koʻrinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi. 7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bogʻlangan va birgalikda qoʻllaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qoʻllash uchun zaruriy yordam beruvchi koʻrgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari. 8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat oʻzi biladigan va qoʻllay oladigan metodlarni tanlab oladi. Koʻplab metodlar murakkab boʻlganligi bois, oʻqituvchidan koʻp kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan boʻyin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart-sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega boʻladi. 9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta boʻlsa, «kuchli harakatga keltiradigan» metodlar qoʻllaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy» metodlarga boʻlinishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy oʻrgatish bilan bogʻliq. 10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch boʻlishi kerak. Buning uchun qoʻllanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan koʻra bilish kerak. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ta’riflab berilgan tarbiyaning umumiy metodlari oʻquvchilarga pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlarini hammasini qamrab olmaydi. Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi. Tarbiyaning metodini muvaffaqiyatli qoʻllanishiga, bu metod mazkur sinf jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik oʻrin olganiga, qoʻllanilayotgan tarbiya vositalari qanchalik javob berishiga bogʻliqdir. Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi nazariyalari. Sharq mutafakkirlari oʻz asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida oʻrin bergan. Masalan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tugʻilganda mavjud boʻlgan boʻlsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson bilimlarni oʻzlashtirar ekan, tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha boʻlgan ma’lumotlarni oʻzlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: “Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib koʻradi, oʻz bilimlarining chinligini aniqlaydi”. Mutafakkir insonning bilimlarni oʻzlashtirishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: “Ilmlar koʻpdir. Ular zamoni iqbolli boʻlib, turli fikr va xotiralar ularga qoʻshilib borsa, koʻpayadi. Odamlarning ilmlarga ragʻbat qilishi, ilmlarni va ilm a’llarini hurmatlashi oʻsha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm a’lini hurmat qilishi turli ilmlarning koʻpayishiga sabab boʻladi”. Abu Ali ibn Sino esa bilimni chuqur oʻzlashtirish donishmandlik ekanligini aytadi: “Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan oʻrganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yoʻldan toymasdan turib unga erishishi kerak boʻladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiqoydin boʻlsayu, isbotlar chinakamiga boʻlsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi”. Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asari ta’bir joiz boʻlsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi toʻgʻrisidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli boʻlish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov boʻlib, uning yordamida hatto osmon sari yoʻl ochiladi: Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, Bilim tufayli, goʻyo koʻkka yoʻl topiladi. Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi, oradan toʻqqiz-oʻn asr vaqt oʻtgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq boʻldi. Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilmma’rifatni rivojlantirishga yoʻnaltirish etakchi oʻrin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat zulm va bid’atdan forigʻ boʻlish yoʻlidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan “Xilvat dar anjuman”, “Safar dar vatan” gʻoyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida oʻzlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Bahs-munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil boʻlgan ilm puxta va mustahkam boʻladi. Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz oʻzlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm oʻrganish mashaqqatli yumush boʻlib, uni oʻrganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtishga toʻgʻri kelishi, bu yoʻlda chida mli, qanoatli, bardoshli boʻlish orqaligina mukammal bilimga ega boʻlish mumkinligini ta’kidlaydi. Abdulla Avloniy ilmni afzalligini quyidagicha bayon etadi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun gʻoyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga oʻz ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi koʻrsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi oʻtkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur”. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning samarali vositasi ekanligiga ham urgʻu beradi: “Ilm bizni jaholat qorongʻusidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, gʻayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bogʻliqdur”. Oʻquvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari boʻlib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-gʻoyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahsmunozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida oʻquvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik oʻyinlari samarali sanaladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning oʻzaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatidan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiq. Tarbiya tamoyillari – tarbiya nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari boʻlib, tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini toʻgʻri tanlanishini belgilaydigan boshlangʻich asoslar hisoblanadi. Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi: - tarbiya maqsadining aniqligi; - bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati; - ixtiyoriylik; - yoʻnaltirilganlik; - oʻz-oʻzini anglash; - jamoaviylik; - insonparvarlik; - ilmiylik; - pedagogik jarayonning hayot va amaliyot bilan bogʻliqligi; - izchillik; - uzluksizlik; - tizimlilik; - koʻrsatmalilik; - estetik gʻoyalar ustuvorligi. Tarbiya metodlari (yunoncha “methodos” – tadqiqot usuli, yoʻli) – tarbiya maqsadiga erishish, tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuygʻulari va xulqiga ta’sir etish yoʻllari. Tarbiya metodlari quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar. 2. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari. 3. Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari. 4. Oʻz-oʻzini tarbiyalash metodlari. Oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuygʻusi, irodasiga ta’sir koʻrsatish usullari ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi. Mazkur metodlar yoshlar tomonidan hayot mazmunining tushunib olinishini ta’minlaydi. Hikoya, etik suhbat, tushuntirish, izohlash, ma’ruza, ishontirish, nasihat, yoʻriqnoma, munozara, ma’ruza, namuna ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sirasiga kiradi. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda koʻp ishlatiladigan usul boʻlib, u orqali ta’lim oluvchilarni jamiyatda kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar, shaxslararo munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlar, ularga amal qilish, shaxs tomonidan oʻzligini anglash hamda jamiyatda, jamoada muayyan oʻrinni egallashga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Oʻquvchi shaxsini gʻoyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda oʻqituvchining jonli nutqi, oʻquvchi bilan oʻzaro munosabati ta’sirchan usullardan hisoblanadi. Suhbat jarayonida oʻquvchi shaxsini yaqindan anglash mumkin, u haqidagi tasavvurlar yanada boyiydi. Ta’lim oluvchi bilan suhbatlashish jarayonida uning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan ma’lumotlar beriladi, ijtimoiy va tabiiy borliqqa nisbatan munosabat baholanadi, ijobiy sifatlar ragʻbatlantirilib, salbiy holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yoʻl-yoʻriqlari koʻrsatiladi. Ta’lim oluvchining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan suhbatlar uchun quyidagi mavzular yoʻnalish sifatida tanlanadi: 1) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor oʻrin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida oʻzini tutish qoidalari va boshqalar); 2) estetik mavzular (tabiat goʻzalligi, shaxslararo munosabatlar, inson goʻzalligi); 3) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va hokazolar); 4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, elektronika va boshqalar). Hikoya oʻqituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa, voqealarning yaxlit yoki qismlarga boʻlib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yoʻli bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishini ifodalovchi metod sanaladi. Namuna – shaxsga atrofdagilar (xususan, oʻqituvchilar, ota-onalar, yoshi katta kishilar)ning yurish-turish, muomala, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish, kundalik faoliyatni tashkil etishda oʻrnak, ibrat boʻla olishlarini ifodalovchi metod sanaladi. Yosh avlod uchun quyidagi pedagogik hodisalar namuna boʻla oladi: 1. Ota-onalarning yurish-turishi, bir-birlariga bilan oʻzaro munosabatlari, kundalik faoliyatni tashkil etishlari, atrofdagilar nisbatan yondashuvlari; 2. Oʻqituvchilarning hamkasblari, rahbarlari, shuningdek, oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabatlari, nutq va muomala odobi, kasbiy faoliyatni olib borishdagi mas’uliyatlari; 3. Ishlab chiqarish ilgʻorlari, umuminsoniy hamda milliy ilm-fan, madaniyat ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan shaxslarning hayoti va faoliyatlari; 4. Badiiy asarlar, kinofilmlar, spektakllar qahramonlarining xatti-harakatlari, ma’naviy qiyofasi; 5. Afsonaviy va tarixiy milliy qahramonlar, Vatan ozodligi uchun kurashgan shaxslarning jasoratlari; 6. Favqulodda vaziyatlar da fuqarolik, insoniylik burchini sidqidildan ado etgan shaxslarning xatti-harakatlari; 7. Tengdoshlarning ijtimoiy munosabatlar jarayonida, turli vaziyatlarda oʻzlarini tuta olishlari, irodali, matonatli, axloqli ekanliklarini namoyon eta olishlari va boshqalar. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini toʻgʻri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni axloqiy me’yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar sanaladi. Odatlantirish, mashqlantirish (mashq qildirish), topshiriq, pedagogik talablar, jamoat fikri, tarbiyalovchi vaziyat kabilar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi. Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish koʻnikmalarini egallash yoʻlida muayyan amal, harakatni koʻp marta takrorlash. Mashqlantirish (mashq qildirish) – muayyan xatti-harakatlarni koʻp marotaba takrorlashga qaratilgan harakat mohiyatini ifodalovchi metod hisoblanadi. Mashqlantirish natijasida muayyan koʻnikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, oʻquvchining aqliy qobiliyati oʻsadi, axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi. Tarbiya amaliyotida mashq qildirishning quyidagi turlari mavjud: 1) faoliyatda mashq qilish; 2) kun tartibi doirasida bajariladigan mashqlar; 3) maxsus mashqlar. Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy va jamoa faoliyatini tashkil etish, oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Kun tartibi mashqlari ta’lim oluvchilarni belgilangan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish, u bilan bogʻliq ravishda muayyan harakatlarni bajarish, ish va boʻsh vaqtdan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish uchun xizmat qiladi. Maxsus mashqlardan tanlangan soha boʻyicha nazariy bilim, amaliy hamda xulqiy koʻnikma, malakalarni hosil qilishda foydalaniladi. Topshiriq metodi oʻquvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida qoʻllaniladi. Oʻquvchilarning topshiriqlarni jamoa boʻlib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida oʻquvchi tomonidan amal qilinishi zarur boʻlgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari va tarbiyaviy ta’sirning muhim usullaridan biri boʻlib, u ma’lum harakatlarni ragʻbatlantirish yoki toʻxtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega boʻladi. Topshiriq – ta’lim yoki tarbiya jarayonida oʻquvchi zimmasiga yuklanadigan muayyan vazifa. Jamoatchilik fikri – ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar, ayrim shaxslar faoliyatiga boʻlgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni oʻz ichiga oladigan ijtimoiy ong shakli boʻlib, u yordamida jamiyat a’zolarining xattiharakatlari, xulq-atvorlari, yurish-turishlari, faoliyatlari, atrofdagilar bilan muomalalari, munosabatlari ijtimoiy axloq me’yorlariga muvofiq baholanadi va tartibga solinadi. Mohiyatiga koʻra jamoatchilik fikri muayyan ijtimoiy masalalarni, taniqli shaxslar yoki umuman olganda, jamiyat a’zolaridan ixtiyoriy birining xattiharakati, xulq-atvori, yurish-turishi, faoliyati, atrofdagilar bilan muomalasi hamda munosabatining ma’qullanishi yoki qoralanishini ifodalaydi. Shu jihati bilan jamoatchilik fikri tarbiyalovchi xarakter kasb etadi. Tarbiyalovchi vaziyatlar – tabiiy ravishda sodir boʻladigan yoki sun’iy hosil qilinib, shaxsda u yoki bu ma’naviy-axloqiy sifat, xulq-atvor, koʻnikma,malakalarni shakllantirishga yoʻnaltiriladigan holat, sharoit hisoblanadi. Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, koʻngilini koʻtarish va uni qoʻllab-quvvatlash usullari sanaladi. Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari sirasida musobaqa, ragʻbatlantirish, jazolash kabi metodlar namoyon boʻladi. Musobaqa (arabchadan tortishuv, bellashuv) metodi – shaxslarda ma’naviyaxloqiy (sh u jumladan, irodaviy), jismoniy, estetik sifatlarni shakllantirish, uning dunyoqarashini boyitish maqsadida tashkil etiladigan, kim oʻzish, yaxshiroq natijaga erisha olish xarakteridagi bellashuv. Tarbiya jarayonida ragʻbatlantirishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1) Oʻquvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifani yuklash; 2) Maqtash (ota-onalar, oʻquvchilar jamoasi oldida); 3) Estalik sovgʻasini berish (badiiy kitoblar, oʻquv qurollari va b.sh.); Download 70.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling