ma’ruza – sinflarda “Tarbiya” fani va uni o‘qitish metodikasi
Download 0.51 Mb.
|
Воспитание leksiya 5.11.22УЗБ
2-ma’ruza 3 – 4 sinflarda “Tarbiya” fani va uni o‘qitish metodikasi 1-slayd. Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar. “Tarbiya” fani darsliklari qatori bilan tanishishda davom etamiz. Bugungi ma’ruza mashg‘ulotimizni 3 va 4-sinflar uchun “Tarbiya” fani darsliklarini o‘rganishga bag‘ishlaymiz. Tarbiya darsliklarining mavzulari shunday tuzilganki, ularda bolaning ulg‘ayishi, psixologik qiyinchiliklari bilan birga bog‘liq materiallar ham kiritilgan. 2-slayd. Darsliklar mazmunini ko‘rib chiqing. 1 va 2-sinf darsliklari kabi ularda ham har chorakda ma’lum mavzular yoritiladi. Keling, 3-sinf mavzularini tahlil qilaylik. (1 – 9 mavzular sarlavhasini o‘qing) Sizningcha, ushbu mavzularni o‘rganish jarayonida qanday xislatlar shakllanishi ko‘zda tutilgan? (tinglovchilar savollarga javob beradilar, qisqacha suhbat o‘tkaziladi) Taklif etilgan javoblar: fuqarolik, vatanparvarlik, Vatanga muhabbat. 10 – 15 mavzularga e’tibor bering. O‘ylab ko‘ring, o‘quvchilar ushbu materialdan qanday xislatlarni o‘rganadilar, ular qanday ko‘nikmalarni shakllantirishlari mumkin? (10 – 15 mavzular sarlavhasini o‘qing) Ushbu bobda bulling (kamsitish), zo‘ravonlik, adolatlilik muhokama qilinadi, pessimist va optimist tushunchalari bolalar uchun tushunarli shaklda ta’riflanadi. Darslik mazmunini tahlil qilishni davom ettiramiz. 16 – 23 mavzular mehr-oqibat, insoniy tuyg‘ular, halollik va o‘z-o‘zini tarbiyalash haqida. Mavzularning yakuniy bloki madaniyat, jahon kashfiyotlari mavzusi va Internetga bag‘ishlangan. 8 – 9 yoshda o‘quvchilar Internet-resurslarining faol foydalanuvchilariga aylanadi, ular saytlarda ro‘yxatdan o‘tishadi, o‘yin o‘ynashadi, u yerda shaxsiy ma’lumotlar (ismi, tug‘ilgan sanasi) haqida ham xabar berishadi. Tarbiya darslarida o‘quvchilar Internet makonida o‘zini tutish qoidalari bilan tanishadilar. Sizningcha, qanday maqsadda? (tinglovchilar savolga javob berishadi) Tavsiya etilgan javoblar: Keraksiz ma’lumotlarni taqdim etmaslik uchun o‘zini va yaqinlarni Internetdagi firibgarlardan himoya qilish uchun ortiqcha ma’lumotlarni oshkor qilmaslik. 4-sinf darsligining mavzulariga o‘taylik. Birinchi bob fuqarolik qadriyatlariga bag‘ishlangan, biroq mavzular oldingi sinflardan sezilarli darajada farq qiladi. O‘quvchilar ulg‘ayganlar va endilikda ular osdilar, masalan, atrof-muhitning ifloslanishi muammolari borasida o‘z javoblari bilan bahslashishlari va o‘z nuqtai nazarlarini bildirishlari mumkin. 9 – 10 yoshda bolalar organizmida o‘zgarishlar ro‘y beradi, ular yoshi ulg‘ayadi. Ikkinchi bob bolalarda tibbiy ko‘rikdan o‘tishda o‘zini tutish qoidalarini tarbiyalaydi, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu yoshdagi o‘quvchilar nafaqat tashqi qiyofalari, balki psixologik jihatdan ham o‘zgaradilar. Uchinchi bob bolaning oiladagi roliga bag‘ishlangan bo‘lib, yordam va o‘zaro yordam haqida fikr yuritilgan, oz harakatlari va so‘zlari uchun javobgarlikni o‘rgatadi. Yakuniy bob to‘rtinchi chorakda o‘rganiladi va u o‘quvchining jamiyatdagi roliga bag‘ishlangan. Unda milliy urf-odatlar, odob-axloq haqida fikr yuritiladi. O‘quvchilar yil davomida qilgan ishlarini sarhisob qilishni o‘rganadilar. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling