ma’ruza – sinflarda “Tarbiya” fani va uni o‘qitish metodikasi
Download 0.51 Mb.
|
Воспитание leksiya 5.11.22УЗБ
3-slayd.
Darsliklarga shartli belgilar kiritildi. Endi uy vazifasi o‘rniga o‘quvchilar mustaqil ishlash uchun topshiriq oladilar (mustaqillik shunday tarbiyalanadi), krеativ-ijodiy topshiriqlar va videomateriallar kiritilgan. 4-slayd. Bevosita darslikning uslubiy qismiga o‘taylik. Ekranda eng mashhur diqqatga sazovor joylar namoyish etilgan dunyo xaritasi berilgan. Sizningcha, qanday maqsadda tarbiya darslarida o‘quvchilarga dunyoning diqqatga sazovor joylari o‘rgatiladi? Ushbu mavzu audio materiallar bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Dars davomida guruh ishlaridan foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilar ma’lum bir yodgorlik haqidagi asosiy ma’lumotlarni o‘rganadilar, uning taqdimotini o‘tkazadilar. O‘qituvchi bolalar bilan fanlararo bilimlarni mustahkamlashi mumkin, masalan, tabiatshunoslik bo‘yicha (qayerda issiqroq, sovuqroq) moviy rangda nima tasvirlangan (suv), yashil va jigarrangda (o‘t va tuproq) tasvirlangan. Mazkur mavzuda qanday axloqiy xislatlarni tarbiyalash mumkin? (jamoat joylarida, samolyotda, madaniy obyektga tashrif buyurishda o‘zini tutish qoidalari) 5-slayd. Slaydda rasmlardan hikoya tuzish topshirig‘i ko‘rsatilgan. O‘quvchilar og‘zaki-mantiqiy fikrlashni rivojlantiradilar, so‘z boyligini oshiradilar, ko‘rganlarini tasvirlashni o‘rganadilar. – Hikoyada qanday tarbiyaviy holat tasvirlangan? (tinglovchilar savolga javob berishadi). 6-slayd. Slaydda juft kontrastli rasmlar metodi(usuli) ko‘rsatilgan. Bu nima? Rasmlar butunlay qarama-qarshi mazmunga ega. Bunday rasmlar mantiqiy tafakkurni shakllantiradi, o‘quvchilar sabab-oqibat munosabatlarini izlashga o‘rganadilar. Bunday metodda darsni qanday o‘tkazasiz? Bolalarga qanday savollarni bergan bo‘lardingiz? (tinglovchilar savollarga javob berishadi) 7-slayd. Ekranda uyning kesma rasmi ko‘rsatilgan. Sizningcha, inson va uning yashash joyi jahon ekologik vaziyatga qanday ta’sir korsatadi? (tinglovchilar savolga javob berishadi). Ushbu ishni bajarishda o‘quvchilar odamlarning yashash joylarini tahlil qiladilar. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni izlaydilar. Keyin ular ekologik vaziyatni qanday yaxshilash haqida qaror qabul qiladilar. 8-slayd. Slaydda “Dunyoga g‘amxo‘rlik qilishda mening hissam” mavzusiga oid topshiriq berilgan. O‘quvchilar taklif qilingan savollarga javob berishlari va topshiriqlarni bajarishlari bilan bir qatorda, “O‘z joyingizni tanlang” usulidan foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilar rasmdan o‘zlariga yaqin deb hisoblagan qahramonni tanlaydilar. – Siz qaysi joyni tanlagan bo‘lardingiz? (tinglovchilar savolga javob berishadi). 9-slayd. Darslikda eng ommalashgan va hamma uchun sevimli klaster usuli keltirilgan. Biroq bu usul: “Dunyoni yaxshilaydigan yo‘nalishlar" nomli g‘ayrioddiy mavzusi ostida berilgan. Bundan tashqari, mualliflar muhokama qilishni so‘raydilar, demak, 4K seriyasidan bir yoki hatto bir nechta kompеtеnsiyalar shakllantirilayotganini anglatadi. Keling, bu kompеtеnsiyalar (salohiyatlar) nima ekanligini esga olaylik. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling