Ta’lim sifatining ma’naviy jarayonlarga ta’siri. Turdiyeva Iroda Maxmarajabovna


Download 27.24 Kb.
bet1/2
Sana25.09.2023
Hajmi27.24 Kb.
#1687528
  1   2
Bog'liq
Iroda maqola


TA’LIM SIFATINING MA’NAVIY JARAYONLARGA TA’SIRI.
Turdiyeva Iroda Maxmarajabovna
Alfraganus universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Pedagogika va psixologiya
yo’nalishi 1-kurs magistranti


Annatatsiya: Ushbu maqolada ta’lim sifatining bugungi kundagi pedagogik ta’lim jarayonlariga ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek ta’lim jarayonining demokratik davlatlardagi tajriba va yutuqlari talqin qilingan. Shu bilan birga ta’lim sifatining o‘quv jarayonlarga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: Ta’lim, ta’lim sifati, uzluksiz ta’lim, ta’lim jarayoni, ta’lim sohasiga oid me’yoriy-xuquqiy hujjatlar.
Rivojlangan xorijiy Oliy ta’lim muassasalari tajribalaridan kelib chiqib, iqtisodiyotni keskin globallashuvini hisobga olgan holda mamlakatimizda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish bugungi kun talablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarining ilm-fanda keng joriy etilishi, ishlab chiqarishga yangi texnalogiyalarni kirib kelishi jamiyat hayotida transformatsiya jarayonlari jadallashmoqda. Ta’lim sohasida yangi fanlar, zamonaviy pedagogik texnalogiyalar, innovatsiyalar yaratilmoqda. Davlatlar o‘rtasida “aql egalari” uchun kurash avj olib bormoqda. Ma’lumki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo’shadigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta’lim tizimining rivojiga bog’liq bo’lib, bu borada mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, tadbirkor, tashabbuskor shaxsni voyaga yetkazish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda1. Bu vazifalar respublikamiz Prezidentining qator farmon va qarorlarida o’z aksini topgan. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Shu bois, ta’lim sifatini oshirishda o’quv jarayonini davr talablariga mos holda tashkil etish, davlat ta'lim standarti va o’quv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish, zamonaviy innovasion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mavjud muammolarni bartaraf qilish ertangi istiqboldagi yutuqlarimiz kafolatidir. Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko'plab ilmiy bilim, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib boradi. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi sohalari rivojlanishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayoni vujudga keladi. Bunday sharoitda malakali pedagoglarga bo’lgan talab ortib, fanning fundamental asoslari, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuqori bo'lgan hamda zamonaviy innovasion pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo'llay oladigan ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi2. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida pedagogik innovatsiyalardan foydalanish jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Bu o’z navbatida, mamlakatda modernizatsiya jarayonining tez sur’atlarda rivojlanayotganligi sababli ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi. Ammo, bu sohaga o’qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini joriy etish bo'yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo'lmaydi. Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir pedagog ta’limga oid yangiliklarni muntazam o’rganib boradi.
Xususan, ta’lim sifati deganda, shunday kompetentli mutaxassislar tayyorlashning zaruriy darajasini ta’minlash tushuniladiki, ular (mutaxassislar) samarali kasbiy faoliyatga layoqatli, ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida tez moslashuvchan, o‘z sohasidagi zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay biladigan, kasbiy vazifalarni yechishda olgan bilimlaridan foydalana oladigan bo‘ladi. Ta’lim sifati iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning xozirgi va kelgusi ehtiyojlariga ta’lim tizimining mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi. Ta’lim va kasbiy ta’lim sohasidagi islohotlar bandlik siyosati, ijtimoiy muhofaza, ishlab chiqarish, savdo va investisiya sohasidagi chora-tadbirlar bilan uyg‘unlikda olib borilgandagina samarali bo‘ladi. Shu ma’noda aytish mumkinki, ta’lim sifati, bu-aniq maksadga erishishda va hayot farovonligini ta’minlashda aniq sharoit va joyda egallangan bilimlarga bo‘lgan ehtiyojdir3. Shuningdek, ta’lim sifati ta’lim jarayoni yakunidan so‘ng amaliyotda uning fundamentalligi, chuqurligi va mahsulligi bilan belgilanadi hamda ta’lim oluvchining quyidagi sohalarning har birida qanchalik muvaffaqiyatga erishganini ko‘rsatadi:
- o‘zining salohiyatini namoyon eta olish;
- ma’naviy tushunchalarga sodiq holda ishlash va yashash;
- o‘z hayoti farovonligini ta’minlash;
- samarali qaror qabul qila olish;
- uzluksiz ta’lim.
Ta’lim sohasini murakkab, ko‘pqirrali va ko‘p omilli ochiq tizim sifatida qarash mumkin. Bu tizim faoliyatiga kiruvchi masalalar ko‘lami keng bo‘lib, ular asosan bilim, malaka, ko‘nikma va tajribalarni to‘plash va ularni jamiyatga, insonlarga, avloddan-avlodga uzatish jarayonlarini o‘z ichiga oladi4. Ta’lim sifati-kasbiy mahorat murakkab ish tavsifi, rivojlangan iqtisodiyotining zamonaviyligi kasbiy qobiliyatlarga ega bo‘lgan iqtidorli mutaxassis bilan belgilanadi. Ammo o‘rganish har bir muallif tomonidan “o‘rganish sifat” deb nomlanuvchi o‘rganish usulidir. Shuningdek, kupgina hollarda yuqorida keltirilgan ikkala buxgalteriya hisobini ham talab qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim sifati ijtimoiy kategoriya sifatida, shaxsda fuqorolik, maishiy va kasbiy ko‘nikmalarni hamda kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish asosida talaba, jamiyat va ish beruvchi ehtiyojlari va talablarini uyg‘unlashtirgan holda mehnat faoliyatiga samarali kirishib ketadigan barkamol shaxsni yetkazib beruvchi ta’lim va tarbiya jarayonining natijasidir. Shuningdek, ta’lim sifati deyilganda, ta’lim oluvchining faqat o‘zlashtirish darajasi (bahosi, bali yoki reytingi) bilan emas balki, bilimi, malaka va ko‘nikmalarini amalyotga tadbiq etishi, ma’naviy qiyofasi, jamiyat ehtiyojlarini qondirish kabi ko‘plab belgi va xossalarining umumiy majmuidan iborat bo‘lgan murakkab hodisalar yig‘indisini tushunish mumkin.



Download 27.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling