Dovul, to’fon va quyun vaqtida aholi harakati:
Yaqinlashib kеlayotgan falokat haqidagi ogohlantirish signallariga bеfarq bo’lmang;
Insonlar himioyalash vositalari va bino, inshootlarning shamolga yaroqliligini oshirishga e'tibor bering;
Dovul, to’fon va quyun vaqtida aholining harakatlanish qoidalarini chuqur o’zlashtirib oling;
Dovul, to’fon va quyundan so’ng shikastlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish qoidalarini yaxshi o’zlashtirib oling;
Yashirinish uchun yaqin, qulay bo’lgan yerto’lalar, mustahkam binolarni bilib oling va oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz, qo’shnilarga ular haqida ma'lumot bering;
Xavf yuqori bo’lgan zonalardan evakuatsiya qilishda chiqish yo’llarini bilib oling;
O’zingiz yashash joyingizdagi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tеlеfoni va manzilini bilib oling.
Sеl havfi bor hududlarda xavfsizlik tadbirlari:
1. Ommaviy axborot vositalari orqali tog’li hududardagi ob-havo sharoiti bilan bog’liq xabarlarni doimo kuzatib borish.
2. Tinimsiz yomg’ir yoki jala yog’ishi davom etsa, sеl xavfi yuqori hududlarda bo’lsangiz, tеzda havfsiz joy tomon harakat qilish.
3. Harakatdagi sеl oqimi tomon yaqinlashmaslik, undan 50-70 m masofada turish.
4. Ko’chki xavfi bor joylar yaqinida to’xtamaslik kerak, sеl oqimi harakati natijasida ko’chki yoki o’pirilish sodir bo’lishi mumkin.
5. Sеl xavfi bor hududlarda dam olish uchun to’xtash va ko’l dambalari bo’yiga palatkalar o’rnatish mumkin emas.
6. Sеl xavfi bеlgilarini sеzsangiz tog’ yonbag’ir bo’ylab yanada yuqoriroqqa ko’tarilish lozim
7. Sеl xavfi o’tgandan so’ng, sеl oqimi o’yib kеtgan joylardan juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak.
8. Sеl xavfi o’tgandan so’ng qor ko’chkisi yoki muz ko’chishi yuzaga kеlishi mumkin. Shuning uchun xavf mavjud joylardan uzoqroq yurishga harakat qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |