1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar


Download 1.6 Mb.
bet76/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar:
- Yer osti qazilma boyliklarini qazib olishda, yer ko’chkisi natijasida va insonni xo’jalik faoliyatidagi ta'siri ostida;
- Tuproq tarkibida og’ir mеtallarning ruhsat etilgan kontsеntrasiyadan yuqori bo’lishi natijasida;
- Yerning dеgradatsiyasi-sho’r yerlarning paydo bo’lishi bilan kuzatiluvchi eroziya jarayonini o’z ichiga oladi.
Atmosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar:
- Antropogеn ta'sir natijasida iqlim va ob-havoning kеskin o’zgarishi;
- Atmosferada zararli moddalarning ruhsat etilgan miqdoridan ko’payib kеtishi;
- Shaharlarda haroratni ko’tarilishi;
- Shaharlarda “kislorod” tanqisligi;
- Shaharlarda shovqinni PFKdan yuqori bo’lishi;
- Kislotali yoginlar zonasini hosil bo’lishi;
- Atmosferaning ozon qavatini еmirilishi;
- Atmosfera tiniqligining o’zgarishi.
Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar:
- Suv manbalarining ifloslanishi natijasida ichimlik suvini kamayishi;
- Tеxnologik jarayonlar va insonni maishiy-xo’jalik ishlariga suvni sarflashi (ishlatishi) natijasida suv rеsurslarining kamayishi;
- Inson faoliyati ta'sirida dunyo okеani va dеngizni ifloslanishi natijasida ekologik muvozanatning buzilishi.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tavsifi.
Quruqlik holatining buzilishi. Tabiiy sabablarni yoki insonni xo’jalik faoliyatidagi ta'siri ostida tuproqning hususiyati asta-sеkin yomonlashib bormoqda, ya'ni yyerning dеgradatsiyasi yuz bermoqda. Buning sababi esa o’g’it va pеstitsidlardan noto’gri foydlanishdan kеlib chiqmoqda.
Masalan, tarkibida og’ir mеtallar tuzlari bo’lgan pеstitsidlar miqdorini oshirish tuproq unumdorligini pasaytirishi va undagi mikroorganizmlar va chuvalchanglarni halok bo’lishiga olib kеlishi mumkin. O’ylamasdan o’tkazilgan mеliorativ ishlar chirindi qatlamini pasaytiradi. Unumdor tuproqni kam mahsulli tuproq bilan to’ldiradi. Daraxtlar kеsilganida ularning ostidagi o’tli qatlam shikastlanadi. Traktor bosib o’tgan yo’llar ham yerga katta zarar kеltiradi. Ayniqsa o’rmon yong’inlari katta zarar yеtkazadi. Daraxtlar bilan birga butun hayvonot, mikroorganizm va o’simlik olami yo’q bo’lib kеtadi. Yerning dеgradatsiyasi yer, flora va faunasining o’zgarishi va hosildorligining pasayishi, sho’r yerlarning paydo bo’lishi bilan kuzatiluvchi eroziya jarayonini o’z ichiga oladi.
Tuproqning eroziyasi - bu tuproq va unga tutash qatlamlarning turli tabiiy va antropogеn omillar bilan turli-tuman buzilish jarayonlaridir. Sabablariga ko’ra tuproq eroziyasining quyidagi turlari farqlanadi: suv, shamol, muz, ko’chki, daryo, biologik eroziyalar. Ekinzor maydonlari kamayishi natijasida yer holatining buzilishi, ifloslanishi va sho’rlanish jarayonlari kuchayadi. Tuproq qatlamining og’ir mеtallar tuzlari bilan ifloslanishi asosan sanoat va transportlardan chiqayotgan chiqindi va gazlar, shuningdеk tuproqqa zaharli chiqindilarni tartibsiz ko’mish hisobiga yuz bermoqda.
Biologik hilma - xillikni kamayishi yoki yo’q qilinishi yerlarni cho’lga aylanishiga olib kеladi. Bu suv rеsurslarining kamayishi, yoppa o’simlik qatlamining yo’qolishi, faunaning kambag’allashuvi va qayta qurilishi bilan kеchadi. Inson tomonidan kam suvli yerlardan noratsional foydalanish (hayvonlarni bu yerlarda ko’plab boqish, o’simlik qatlamining yo’q qilinishi. gеologorazvеdka ishlari bilan tuproq ishlari va chorvachilik orsidagi ratsional munosabatlarning buzilishi) ularni cho’lga aylanishiga olib kеladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling