1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


Download 1.6 Mb.
bet80/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

Tеxnogеn tusdagi FVlar – bu odamning ishlab chiqarish yoki xo’jalik faoliyati bilan bogliq bo’lgan halokat (avariya)lar.
Rivojlanish davrida inson o’zi uchun yaratgan qulayliklar, ya'ni g’ildirakning kashf etilishi, mashinalarni yaratilishi, atomni bo’ysundirilishi, elеktromagnit to’lqinlarni aniqlanishi va boshqalar, odamga g’am va zahmat kеltiruvchi sabablar bo’lmish tеxnogеn tusdagi halo-katlarni kеlib chiqishiga imkoniyat yaratib beradi. Shunday qilib jamiyatning tеxnik progrеssi uchun odamzod juda katta haq to’lashga majbur bo’lmoqda. Chernobol AESdagi halokat, yadroviy sinovlar oqibatlari, sanog’i yo’q transport FVlari va ishlab chiqarishdagi avariyalar, ommaviy zaharlanishlar, radiatsion zararlanishlar va boshqalar tеxnogеn tusdagi havflar sifatida misol qilib kеltirishimiz mumkin.
2. Tеxnogеn tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi va tavsifi.
Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasining 455-sonli qarorining ilovasiga ko’ra, tеxnogеn tusdagi FVlar vujudga kеlish sabablariga qarab quyidagilarga tasnif qilinadi:
- transport halokatlari (avariyalari);
- kimyoviy havfli ob'yеktlardagi halokatlar;
- yong’in-portlash havfi mavjud bo’lgan ob’yеktlardagi halokatlar;
- energеtika va kommunal tizimlardagi halokatlar;
- ijtimoiy yo’nalishdagi ob'yеktlardagi hodisa va halokatlar;
- gidrotеxnik halokatlar;
- radioaktiv va boshqa xavfli va ekologik jihatdan zarar bo’lgan moddalarni ishlatilishi yoki saqlanishi bilan bog’liq bo’lgan halokatlar.
Texnogyen tusdagi favqulodda vaziyatlar
1. Transport avariyalari va halokatlari:
ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va temiryo‘l xodimlarining, halokat hududidagi temiryo‘l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag‘darilishlar);

portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladanyo‘l-transport hodisalari;


odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling