1-mavzu: Hayvonlar fiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi. Reja
Download 21,72 Kb.
|
1-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Phuzis
1-MAVZU: Hayvonlar fiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi. Reja; 1. Hayvonlar fiziologiyasi fani, vazifasi, maqsadi va boshqa fanlar bilan aloqasi 2. Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi. 3. Organizm va muhit. Organizm hayotiy jarayonlarining neyrogumoral boshqarilishi. Tayanch iboralar: Fiziologiya, organ, to’qima, hujayra, qonuniyatlar, sistemalar, umumiy, xususiy fiziologiya, eksperiment, sut, go’sht, jun, nazariya va amaliyot, odam, hayvon, o’simlik, mikroorganizm, ekologiya, nerv, tashqi muhit, refleks, gomeastaz, qon, limfa, to’qima oraliq suyuqligi, tiriklik, o’lik, evolyutsiya, o’simlik, hayvon, kurg’oqchilik, namlik, havo, retseptorlar, orqa miya va b. Fiziologiya ikkita so’zdan iborat bo’lib, Phuzis – lotincha tabiat, logos fan demakdir. Fiziologiya biologik fanlarning bir qismi bo’lib, tirik sog’lom organizmning va uning hujayra, to’qima va organlarida sodir bo’layotgan hayotiy jarayonlarni, ularning asosida yotadigan qonuniyatlarni o’rganadi, bu qonuniyatlar orasidagi bog’lanishlarni tekshiradi. Fiziologiya organlar, sistemalar faoliyatini o’zaro bog’liq deb, yaxlit organizmning faoliyatini, tashqi muhit bilan bog’liq kechadi deb tushuntiradi. Fiziologiya fani veterinariya va zootexniya fanlarini o’rganishda nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Fiziologiya organlar, sistemalar faoliyatini o’zaro bog’liq deb hayvonlar organizmida kechadigan hayotiy jarayonlarning mazmunini, boshqarilish mexanizmlarini tushuntirishga va hayvonot olamining turli vakillariga xos xususiyatlarini ochishga yordam beradi. Fiziologiya fanini umumiy, xususiy, solishtirma va yoshga oid fiziologiyaga bo’lib o’rganiladi. a). Fiziologiya fanining umumiy qismida organizmdagi barcha hujayralar, to’qimalar va organlar uchun xos bo’lgan umumiy hayotiy xodisalardan moddalar almashinuvi, ta’sirlanish, ko’payish, o’sish va rivojlanish o’rganilsa; b). Fiziologiyaning xususiy qismida organizmdagi alohida olingan organ va sistemalarda kechadigan hayotiy jarayonlarni faqat o’sha organ va sistemalarga xos tomonlarini ya’ni qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon, ayiruv, va boshqa organlar faoliyatini o’rgatadi. Demak organizmda qancha sistema bo’lsa fiziologiyaning xususiy qismi ham shunchadir. Fiziologiyaning sohalari juda ko’p bo’lib odamlar, hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlar va boshqa turdagi fiziologiyalar farq qilinadi. v). Solishtirma fiziologiya turli darajada indvidual rivojlanishga ega bo’lgan bir turdagi va har xil hayvonlar organizmining funktsiyalaridagi spetsifik o’zgarishlarni o’rganadi. Bu yo’nalish evalyutsion fiziologiya deb nom olib, u turli sharoitlarda tarixiy taraqiyotni barcha davrlarida hayvon organizmining funktsiyalarini o’zgarish yo’llari va qobiliyatini aniqlaydi-ya’ni unga ekologik fiziologiya ham kiradi. g). Yoshga oid fiziologiya ontogenitik rivojlanishning turli bosqichlaridagi fiziologik jarayonlar o’rganiladi. U turli organizm funktsiyalarini paydo bo’lishi va rivojlanishini hamda ular o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganadi. Organizm o’z rivojlanishining barcha davrlarida tashqi muhit bilan aloqador bo’ladi. SHuning uchun ham organizm hujayra va organlari ontogenez jarayonida o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga moslashib boradi. Demak, organizm funktsiyalari organizmning yashash sharoiti-ekologiya, tarixiy taraqqiyoti-evolyutsiyasi, yoshga va boshqalarga qarab o’zgaradi. Download 21,72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling