1. Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavzu rejasi


Download 394.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.02.2023
Hajmi394.49 Kb.
#1211768
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzuHTM

5-ilova 
Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo’lganligi sababli uning me’yorlarini belgilash 
davlatning til siyosati bilan ham bog’liqdir. Yurtimiz bir asrdan ko’proq mustamlaka 
bo’ldi. Hukmron xalq va uning tiliga har jihatdan imtiyoz berilib, qaram xalqlarning 
ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat Istiqlol natijasi o’laroq, til va tilshunosligimiz 
istibdod kishanlaridan xalos bo’ldi. O’zbek tilshunosligi tor ma’nodagi mustaqil fan 
sifatida o’zbek tilining o’zbekona tabiatini ochiq-oydin o’rganib, uni milliy g’oya 
va milliy mafkurani targ’ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda 
morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, so’z turkumlarining yangicha 
tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtai nazardan tadqiq qilinishi natijasida 
ta’limga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar - gapning markazi sifatida kesimning 
qaralishi, gap bo’laklarining darajalanishi, sodda va qo’shma gap oralig’ida 
uyushgan gaplarning ajratilishi, gap markaziga tayangan holda qo’shma gaplarning 
yangicha tasniflanishi kabilar fikrimizning dalilidir. Bular esa grammatika, milliylik 
va milliy mafkura tushunchalarining jipsdoshligini ko’rsatadi. 
Morfologiya (yunoncha morfe - shakl", logos - ta’limot") so’z va uning 
grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so’zning morfologik 
tuzilishi, yangi shakl va ma’nolar hosil qilish bilan bog’liq qonun-qoidalar 
o’rganiladi. Morfologiyada so’zlar mushtarak yoki farqli belgilari umumlashtirilgan 
holda turkumlarga ajratib o’rganiladi. So’z leksikologiyada leksik birlik sifatida, 
morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o’rganiladi. 
Ma’lumki, tilshunoslikda morfologiya va sintaksis birgalikda grammatika deb 
yuritiladi. Grammatika (yunoncha grammatika - «yozish san’ati») tilshunoslik 
fanining bir qismi bo‘lib, u tilning grammatik qurilishini tekshiradi. Demak, u so‘z 
va gapning har bir tildagi (xususan o‘zbek tilidagi) formal-grammatik tomonlarini - 
so‘zning shakliy o‘zgarishlarini, so‘z qo‘shilmalarining, so‘z birikmalarining turli 
ko‘rinishlarini, vositalarini va gapning strukturasini, tiplarini o‘rgatadi. Grammatika 
termini tilning grammatik kurilishi ma’nosida xam kqo‘llanadi. Aniqki, bu termin 
keyingi ma’noda ishlatilganda, grammatika fanining tekshirish ob’ektini bildiradi. 
Har bir tilning spetsifikasini uning fonetik, leksik va grammatik struktur alari aks 
ettiradi. Bu strukturalarning x,ammasi bir butun tizimni xosil qiladi, demak, tilning 
grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi bilan va leksik sistemasi bilan bog‘liqdir: 
Миллий фанларда миллий мафкура акс этади. Ўзбек 
тилшунослиги миллий фан бўлиб, у ҳам ўзида миллий 
мафкура ва миллий ғояни акс эттириш билан биргаликда, уни
тарғиб қилувчи воситалар сирасидан ҳам ўрин олади.


tilning o‘zaro boglangan bo‘laklarning yaxlitligidan iborat bo‘lishi grammatikaning 
fonetika va leksikologiya bilan aloqada ekanligini anglatib turadi. Kelib chiqadiki, 
tilning xamma tomonlari o‘zaro bog‘langan, o‘zaro shartlangan bo‘lib, grammatik 
qurilish til sistemasining bir qismidir. Grammatika so‘zlarni shakllantiradi, 
biriktiradi, ularning fikr anglatish vositasi sifatidagi vazifasini belgilaydi. Har bir 
tilning grammatik qurilishi ma’lum me’yorlarga, qonun-qoidalarga ega. Masalan, 
o‘zbek tilida sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, ergash gapning, klincha, 
bosh gapdan yoki bosh gapdagi hokim (shu ergash gapni o‘ziga qaram qilgan) 
elementdan avval kelishni, qaratqich va qaralmishning shaxs jihatidan moslashishi 
va boshqalar. Ko‘pgina tillarning grammatik qurilishida o‘xshashliklar bor, lekin, 
ikkinchi tomondan, bir oilaga kiradigan tillarning orasida ham ma’lum farvushr bor. 
Tillarning grammatik qurilishidagi o‘xshashlik nisbatan sintaksisda kuchli (ayniqsa, 
kqo‘shma gaplarning strukturasida), farqlanish, noo‘xshashlik esa so‘z shakllarida 
kuchlidir. Grammatika tilning grammatik tuzilishiga xos bo‘lgan qonun-qoidalarni, 
normalarni tasvirlaydi, uning turli xususiyatlarini tekshiradi. Misol uchun, o‘zbek 
tilining grammatik turizishiga doir ayrim hodisalarni eslab o‘tamiz: eganing bosh 
kelishikda bulishi, shaxs jihatidan moslanish (M e n boraman. Sen borasan kabi), 
so‘zlarning birikishidagi ichki moslik - muvofiqlik. Masalan, -inqira affiksini olgan 
so‘z harakatning yuzaga kelishidagi «kuchsizlik, kamlik, me’yordan pastlik» 
ma’nosini bildiradi, shunga ko‘ra bu so‘z semantik jihatdan mos ravishda «sal», « 
bir o z » so‘zlari bilan birika oladi (ranggi sal oqarinqiradi kabi), -roq affiksini olgan 
so‘z dam shunday (sal oqarganroq kabi), bular «juda» tipidagi kuchaytiruvchi vosita 
bilan qo‘shila olmaydi, chunki ichki tomoni, mazmuni to‘gri kelmaydi, 
moslashmaydi. 
Morfologiya va sintaksis Grammatika ikki qismga - morfologiya va sintaksist 
bulinadi. Morfologiya dam, sintaksis dam uz tekshirish ob’ektiga ega bulib, ular bir-
biri bilan uzviy ravishda boglangan. 
Morfologiya (grekcha morphe - «shakl», logos - «ta’limot») so‘zlarning grammatik 
xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so‘zning o‘zgarishi va shu 
o‘zgarish bilan bog‘lik; bo‘lgan ma’nolar, so‘zning tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi. 
So‘zlarning o‘zgarishi umumiy struktura belgilariga ega bo‘lgan suz guruhlari bilan 
bog‘langan, shuning uchun morfologiya ma’lum belgilari asosida bir-biridan farq 
qilgan so‘z guruhlarini - so‘z turkumlarini ham tekshiradi. 
Sintaksis (grekcha syntaxis - “tuzish”) gapning grammatik xususiyatlarini, 
gap qurilishi va turlarini tekshiradi. Gap tuzilishi uchun ohang, so‘zlarning birikishi, 
predikativlik va so‘z tartibi kabi sintaktik vositalar muhimdir. Morfologiya bilan 
sintaksisning bir-biridan farqi shundaki, morfologiyaning tekshirish ob’ekta - so‘z. 
Unda so‘zning u yoki bu shakllari, xususiyatlari tahlil qilinadi. Sintaksisning 
tekshirish ob’ekta gap bulib, ran tuzilishi, so‘z birikmalari va so‘zlarning bog‘lanish 
yo‘llari tahlil etiladi. Morfologiya so‘zni til sistemasida olib qaraydi, alohida so‘z 
shakllari va ularning qanday bog‘langanligini aniqlaydi. Masalan, bosh kelishikdagi 
shahar, paxta so‘zlari qaratqich kelishigida shaharning, paxtaning, chiqish 
kelishigida shahardan, paxtadan, tushum kelishigida shaharni, paxtami kabi 
shakllar bilan bog‘langan. SHuningdek, ko‘rdim, ko‘rganman, ko‘raman, 
ko‘rarman; terding, terasan, tergansan, terarsan kabi shakllar xam o‘zaro 


bog‘langan. Demak, morfologiya turlanish va tuslanishning xususiyatlarini 
tekshiradi, so‘zning morfologik tarkibi, uning shakllari va grammatik ma’nolari, 
so‘z turkumlari va ularga xos so‘z yasash yo‘llarini o‘rgatadi. Sintaksisda fikrni 
ifodalash uchun so‘zlarning bog‘lanishi, gap tuzilishi va turlicha sintaktik 
munosabatlar tekshirilar ekan, demak, morfologiyadagi turlicha so‘z shakllarining 
gapda boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasi, gap kurilishida shu shakllarning qanday 
vazifada kelganligi kabilar aniqlanadi. Masalan, shaharning ~ turdosh ot, qaratqich 
kelishigi, birlik, qaratqich aniqlovchi; o‘qiydi - fe’l, yaqin o‘tgan zamon, bo‘lishli, 
xabar mayli, III shaxs, birlik, kesim kabi. 

Download 394.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling