1. Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilining morfologik tarkibi Mavzu rejasi


Download 394.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana18.02.2023
Hajmi394.49 Kb.
#1211768
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzuHTM

Morfologiya va leksikologiya Ma’lumki, morfologiya bilan bir qatorda, 
leksikologiya ham so‘zlarni tekshiradi, so‘z morfologiyada ham, leksikologiyada 
ham asosiy tekshirish ob’ekta hisoblanadi. Har bir so‘z murakkab leksik-grammatik 
butunlikni tashkil etadi. So‘zning leksik ma’nolari yig‘indisi uning leksik birlik 
ekanligini bildirsa, grammatik shakllar majmuasi va ular anglatgan grammatik 
ma’nolar so‘zning grammatik birlik ekanligini kursatadi. SHu sababli so‘zlar, bir 
tomondan, leksikologiyada va, ikkinchi tomondan, morfologiyada tamoman boshqa-
boshqa nuqtai nazardan, boshqa maqsadda o‘rganiladi. Leksikologiyada so‘zlar 
tilning leksik tarkibini, uning leksik sistemasini belgilash, so‘zning leksik ma’nosi, 
uslubiy xususiyatlari, qo‘llanishi va boyib borish yo‘llarini aniqlash nuqtai 
nazaridan o‘rganilsa, morfologiyada esa so‘z o‘zgarishiga xos grammatik qoida va 
qonuniyatlarni belgilash, grammatik ma’nolarni ifodalash vositalarini aniqlash 
maqsadida o‘rganiladi. Masalan, daraxt, bino, qush, bolalik, bahor, qishloq kabi 
so‘zlar boshqa-boshqa leksik ma’noga ega bo‘lib, leksikologiya shu ma’nolarni, 
ularning uslubiy va qo‘llanish xususiyatlarini tekshiradi. Morfologiyada esa bu 
so‘zlar bir xil umumiy xususiyatga ega bo‘lgan til hodisasi bo‘lib, ularning 
predmetlikni anglatishi, kelishik, egalik, grammatik son singari kategoriyalarni 
ko‘rsaga olishi va boshqalar aniqlanadi. Morfologiyaning vazifasi faqat so‘z 
shakllari va ular anglatgan umumiy grammatik ma’nolarni o‘rganish bilan 
cheklanmaydi. Lug‘aviy birliklarning semantik va formal xususiyatlarini aniqlash 
asosida belgilangan so‘zlarning leksik-grammatik kategoriyalarini, ya’ni so‘z 
turkumlari haqidagi ta’limot ham morfologiyaga kiradi. Demak, morfologiya so‘z 
haqidagi, uning morfologik strukturasi, shakli va ular anglatgan grammatik ma’nolar 
damda so‘z turkumlari va ularga xos grammatik kategoriyalar haqidagi grammatik 
ta’limotdir. 
Morfologiya va fonetika Ma’lumki, tilning dar bir hodisasi uning, tilning 
tovush tomoni bilan bog‘lik,. Har bir grammatik hodisaning tovush bilan 
ifodalanishi grammatikaning (morfologiyaning) fonetika bilan aloqadorligini ham 
ko‘rsatadi. Masalan, so‘zlarda leksik urg‘uning boshqa-boshqa bo‘g‘inga tushishi 
orqali, ayrim hollarda, so‘zning ma’nosi, qaysi leksik - grammatik kategoriyaga 
kirishi va tarkibidagi morfemalarning tipi differensiatsiya (farqlanish, ajralish) 
qilinadi. Masalan, qushcha so‘zida urg‘u oxirgi bo‘g‘inda (-cha) bo‘lganda —ot, -
cha affiksi kichraytish ma’nosini bildiradi: qushcha ~ kichik qush; shu so‘zning 
urg‘usi bosh bug‘inda bo‘lganda - ravish, bundagi urg‘usiz -cha affiksi o‘xshatish 
ma’nosini bildiradi. qushcha: qushdek (day) qush kabi. Demak, bu o‘rinda fonetik 
hodisa tufayli ot bilan ravish farqandi. YAna misollar tugma (ot) - tugma (fe’l) 


qaynatma (shurva) (sifat) - qaynatma (fe’lning bo‘lishsizlik shakli). Ma’lum 
bo‘ladiki, tilning tovush tomonining boshqa hamma tomonlar bilan chambarchas 
bog‘lik, ekanligi tabiiy holdir. 
So‘zning morfologik tarkibi deganda morfologik kategoriyalar, so‘zning 
morfologik shakllar tizimi, so‘z shakllarining hosil bo’lish yo’llari, vositalari, 
so‘zlarning leksik-grammatik kategoriyalari tushuniladi. 

Download 394.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling