1-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari Iqtisodiyot


Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/29
Sana17.02.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1208479
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan mustaqil ish

Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul 
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
SHunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o’zaro 
ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (3.1-chizma). 

 
 
 
 
 
 
2-chizma.
Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli. 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta 
tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat. 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy 
mulkchilikning ustun turishi; 
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 
- raqobat kurashning mavjudligi; 
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga 
moslashuvchanligi. 
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratish zarur. 
Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida 
shakllanib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom 
etib keldi. Uning asosiy belgilari: 
a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; 
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; 
v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy 
erkinligi; 
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; 
d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari 
asosida tartiblanishi;
e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy 
tabaqalashuvining kuchayishi. 
1
Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. 
Г.П.Журавлевой. – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.; Тожибоева Д. Иқтисодиѐт назарияси: Олий ўқув 
юртлари талабалари учун ўқув қўлланма./Акад. М.Шарифхўжаевнинг илмий таҳрири остида. – Т.: 
«Ўқитувчи», 2002, 74-б.
Bank 
Uy xo’jaligi 
Korxona (Firma) 
Davlat 


Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. 
Uning asosiy belgilari: 
a) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va 
boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi; 
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning 
bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro 
miqyosda umumlashganligi; 
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, 
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni 
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; 
g) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes 
rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish); 
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy 
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining 
vujudga kelishi. 
Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining 
o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda 
davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, 
zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (3.2-chizma). 
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o’ziga xos 
tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob 
beriladi. 
Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida: 
a) ko’proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;
b) puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib 
olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; 
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va 
texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. 
2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
Bozor iqtisodiyotining samarali, xalqchil va barqaror iqtisodiy tizim sifatida 
amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog’liqdir. Bozor 
iqtisodiyotining afzalliklari quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling