7 Ma’ruza. Mavzu murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari Ma’ruza maqsadi


Download 193.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.11.2020
Hajmi193.56 Kb.
#153261
Bog'liq
Маъруза 7


7 - Ma’ruza. 

 

MAVZU  7.    Murakkab  miksturalar.  Dori  moddalarni  xususiyatidan  kelib  chiqib 



miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari  

Ma’ruza  maqsadi:  Suyuq  dori  turlariga  ta‘rif.  Ularning    tasnifi.  Eritmalarni  o‘ziga  xos 

tayyorlanishi.  Eruvchanlik.  Dorixonada  tayyorlanadigan  suyuq  dorilarga  retsept  yozilishi  va 

konsentratsiyasini belgilash usullari 

 

Reja: 

1. Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash tarkibida 3% 

gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 

2. Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 

Tayanch  atama  va  iboralar:    Davlat  farmakopeyasi,  erituvchi,  eritmalar,  582  buyruq, 

byuretka qurilmasi, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish. 

 

Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash 

 

Murakkab miksturalar tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 



2002  yil  29  dekabrdagi  582-sonli  buyruq  bilan  tasdiqlangan  ―Dorixona  muassasalarida  suyuq 

dori  turlarini  tayyorlash  bo‘yicha  qo‘llanma‖ga  asosan  olib  boriladi.  ―O‘zbekiston 

Respublikasida farmatsevtika faoliyati‖  

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 583-sonli 

buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  Dorixona  muassasalarida  tayyorlanadigan  dori  turlarining  sifatini 

baholash  bo‘yicha  qo‘llanma  ―O‘zbekiston  Respublikasida  farmatsevtika  faoliyati‖  III-kitob 

(Bosh muharrir f.f.d., prof. A.N.Yunusxo‘jaev, Tuzuvchi f.f.d., prof. X.K.Jalilov) 

O’zSSV ning 582 sonli bo’yrug’iga asosan: 

Dorixonalarda  tayyorlanadigan  suyuq  dorilar  og‘irlik  —  hajm  usulida  tayyorlanib, 

bemorga hajm (ml) buyicha ulchab beriladi. Miksturalarni og‘irlik — hajm usulida tayyorlashda 

byuretka  moslamasi,  pipetkalar,  ulchov  kolbalari,  silindrlardan  foydalaniladi.  Ishlatiladigan 

konsentrlangan eritmalar ruyxati ilovada keltirilgan. 

Miksturalarni  tayyorlashdan  oldin  nazorat  pasporti  tuzib  olinadi,  ya‘ni  miksturaning 

umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi. 

Miksturaning  umumiy  hajmi  retseptda  keltirilgan  suyuqliklar  hajmi  yigindisidan  iborat 

bo‘ladi.  Konsentrlangan  eritma  miqdorini  hisoblash  uchun  dorivor  modda  miqdorini  1  g 

preparatga to‘g‘ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kerak.

1

 

582 sonli bo‘yruqqa binoan : agar retseptda erituvchi miqdori aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa; 



1) 

Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, 

galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi. 

Rp: Natrii hydrocarbonatis 

Natrii salicylatis ana 2,0 

Tincturae Valerianae 5 ml 

Sirupi sacchari 10 ml 

Aquae purificatae 180 ml 

M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. 

Hisoblash: 

Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml  

Natriy salitsilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml 

Valeriana nastoykasi 5 ml 

                                                           

1

 

Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-



«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (511 bet) 

 


qand sharbati 10 ml 

Tozalangan suv miqdori (180 ml q 5 ml q 10 ml) - (40 ml q 20 ml q 5 ml q 10 ml) = 120 

ml yoki 180 ml - (40 ml q 20 ml) = 120 ml 

Umumiy hajmi 180 q 5 q 10 = 195 ml 

Tayyorlash  texnologiyasi:  bemorga  beriladigan  idish  tozalangan  suv  bilan  chayib  olinadi 

va  unga  byuretka  moslamasidan  120  ml  suv,  40  ml  5%  li  natriy  gidrokarbonat,  20  ml  10%  li 

natriy  salitsilat  eritmasi  solinadi.  Pipetka  erdamida  10  ml  qand  sharbati  va  5  ml  valeriana 

nastoykasi  ulchab  olinadi.  qand  sharbatini  og‘irlik  buyicha  ulchash  mumkin,  bunda  uning 

zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi. 

2) 


Agar erituvchi miqdori chegaralgan, ya‘ni ―gacha-ad‖ so‘zi belgilangan bo‘lsa, 

Rp: Natrii benzoatis 2,0 

Natrii hydrocarbonatis 1,0 

Elixiris pectoralis 3 ml 

Sirupi sacchari 10 ml 

Aquae purificatae ad 100 ml 

M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal. 

Pasporti: 

Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2*10=20 ml 

Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20) 

1*20=20 ml 

qand sharbati 10 ml 

Kukrak eliksiri 3 ml 

Tozalangan suv 100 - (20q20q3q10)=47 ml 

Umumiy hajm 100 ml 

 

Tayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka 



moslamasidan  47  ml  tozalangan  suv,  20  ml  10%li  (1:10)  natriy  benzoat  eritmasi,  20  ml  5%li 

(1:20)  natriy  gidrokarbonat  eritmasi  solinadi.  Ustiga  pipetkada  10  ml  qand  sharbati  va  3  ml 

kukrak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli erlik epishtiriladi. 

 

Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 

Dorixonada  konsentrlangan  eritmasi  bo‘lmagan  quruq  dorivor  moddalar  mikstura 

tarkibining 3% ni tashqil kilsa, u holda ularni retseptda ko‘rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda 

eritib olinadi.  Mikstura hajmini aniqlayotganda quruq modda egallagan hajm hisobga olinmaydi.  

 

Rp: Sol. Hexamethylentetramini 3% - 100 ml 



Ammonii chloridi 1,0 

Liquoris ammonii anisati 3 ml 

M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. 

Pasporti: 

Geksametilentetramin eritmasi (1:10) 3x10=30 ml 

Ammoniy xlorid 1,0 

Novshadil-arpabodiyon tomchisi 3 ml 

Tozalangan suv 100ml - 30 ml = 70 ml 

Umumiy hajm 103 ml. 

Tayyorlash  texnologiyasi:  yordamchi  idishda  1,0  g  ammoniy  xlorid  70  ml  tozalangan 

suvda  eritiladi.  Eritma  bemorga  beriladigan  idishga  suzib  solinadi.  Ustiga  byuretka 

moslamasidan 30 ml 10% li geksametilentetramin eritmasidan quyiladi. Tayyor miksturadan 5—

8  ml  olib  stakanga  solinadi  va  3  ml  novshadil  arpabodiyon  tomchisi  qo‘shib  aralashtiriladi  va 

shisha idishga solinadi. Tayyor miksturaga tegishli erlik epishtiriladi. 



Tarkibida 3% dan ko’p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 

Bunday  miksturalarni  tayyorlashda  albatta  ulchov  idishlaridan  foydalanish  lozim  yoki 

quruq modda eriganda egallagan hajmni hisobga olib tayyorlanadi. 

 

Rp.: Magnii sulfatis 20,0 



Tincturae Valerianae 

Tincturae Convallariae ana 6 ml 

Aquae purificatae 200 ml 

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin. 

Pasporti: 

Magniy sulfat 20 g; (X.O.K. magniy sulfat= 0,5 g ml) 

Valeriana nastoykasi 6 ml 

Marvaridgul nastoykasi 6 ml 

Tozalangan suv 190 ml 200 –( 20 x 0,5) = 190 ml 

Umumiy hajmi 190 q 10 q 6 q 6 = 212 ml 

 

Tayyorlash  texnologiyasi:  200  ml  li  ulchov  kolbasi  (yoki  silindr)  ga  20,0  magniy  sulfat, 



100  ml  gacha  tozalangan  suv  solib  eritiladi.  Eritma  hajmi  200  ml  gacha  etkazilib  bemorga 

beriladigan  idishga  suziladi.  SHu  idishga  6  ml  dan  marvaridgul  va  valeriana  nastoykalaridan 

solinadi.  Miksturani  o‘lchov  kolbasini  ishlatmay  ham  tayyorlash  mumkin.  Magniy  sulfatning 

hajm oshish koeffitsienti 0,50 ml/g ga teng, demak 20 g magniy sulfat eriganda 20 x 0,5 = 10 ml 

hajmni  egallaydi.  Bundan  olinadigan  tozalangan  suv  miqdori  190  ml  ekanligi  kelib  chiqadi. 

Tayyor bo‘lgan miksturaga tegishli yorliklar epishtiriladi. 

 

Asosiy adabiyotlar: 



1.  Maxmudjonova  K.S.,  Shodmonova  SH.N.,  Shoraximova  M.M.,  Rizaeva  N.M.  

Farmatsevtik texnologiya.-―Tafakkur nashriyoti‖.-Toshkent.-2013. 

2. 

Miralimov  M.M.,  Mamatmusaeva  Z.YA.,  Abdullaeva  X.K.,  Azimova  N.  ―Farmatsevtik 



texnologiya  asoslari‖  fanidan  amaliy  mashg‗ulot  uchun  uslubiy  qo‗llanma.  Ibn  Sino.- 

2004,- 171 bet. 

3. 

Yunusxo‗jaev A.N. O‗zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 



b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003. 

 

Qo‗shimcha adabiyotlar: 



1.  Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-

2008.-286 p. 

2. 

Ллойд  В.  Аллен,  Гаврилов  А.С.  Фармацевтическая  технология  изготовления 



лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.  

3. 


Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с. 

4. 


Mirziyoev  SH.M.    Erkin  va  farovon  demokratik  O'zbekiston  davlatini  birgalikda  barpo 

etamiz. Toshkent,  ―O'zbekiston‖ NMIU, 2017. – 29 b. 

5. 

Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va 



xalq farovonligining garovi. ―O'zbekiston‖ NMIU, 2017.– 47 b. 

6. 


Mirziyoev  SH.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz  bilan  birga  quramiz.  

―O'zbekiston‖ NMIU, 2017. – 485 b. 

7. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  ―O'zbekiston 



Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida‖gi PF-4947-sonli 

Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda 

8. 

Краснюк  И.И.,  Михайлова  Г.И.,  Мурадова  М.И.  Фармацевтическая  технология.- 



Москва.-2011.- 559 с. 

9. 


Синев  Д.Н.,  Марченко  Л.Г..  Синева  Д.Т.  Справочное  пособие  по  аптечной 

технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с. 

10. 

Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с. 



11. 

Государственная фармакопея  XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 

1989 (397 с.).  

 

Internet saytlari: 



1. 

www.ziyonet.uz

 

2. 


www.nuph.edu.ua 

3. 


www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

 

4. 



www.rzgmu.ru

 

5. 



www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml 

6. 


www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php

 

 



Download 193.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling