Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta ajratmalari,
korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning
taqsimlanmay qolgan
foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy
(davlatning transfert to’lovlari) to’lovlar summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Nominal YaMM – joriy narxlarda hisoblangan YaMM.
Real YaMM – narxlarning o’zgarishini
hisobga olib, doimiy narxlarda
hisoblangan YaMM.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta
ishlash va qayta sotish
maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot – ishlab
chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va
unumli iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar.
Xufyona
iqtisodiyot –
YaMMni
ishlab chiqarish,
taqsimlash
va
undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.