1-mavzu: Hozirgi zamonning ekologik muammolari faniga kirish. Reja
Download 51.86 Kb. Pdf ko'rish
|
1 hozir mav
T.A.Rabotnov va 60-yillarda
A.A.Uranov o’simliklarning populiyatsiyalari to’ѓrisidagi ta`limotga asos soladilar. Keyinchalik chet ellarda ham (ingliz olimi Dj.Xarper) shunga o’xshash ilmiy ishlar paydo bo’la boshladi. 50- yillarga kelib umumiy ekologiya fani shakllandi. Uning shakllanishi va rivojlanishiga gidrobiologiya sohasida erishilgan yutuqlar, quruqlikda yashaydigan hayvonlar va o’simliklar ekologiyasiga oid to’plangan ma`lumotlar, ekosistema yoki biogenotse- noz tushunchalarining ifodalanishi, ekologiyani o’rganishda matematik usullarning keng joriy etilishi va shu kabilar muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi zamon ekologiyasining xarakterli xususiyati butun biosferani qamrab oluvchi jarayonlarni tadqiq etishdir. Olimlar tomonidan odam va biosfera o’rtasidagi o’zaro munosabatlar (tasirlar) sinchiklab o’rganilmoqda. Bu sohadagi xalqaro biologik dastur doirasida olib boriladigan ishlar 1964 yilda boshlandi. Uning asosiy maqsadi - Er sharining turli xil joylardagi ekosistemalarning mahsuldorligini o’rganish. Ekologiyaning asosiy vazifalaridan biri, bu odam yaratgan tabiiy va sun`iy sistemalarning tuzilishini ham funktsional asoslarini miqdoriy usullar yordamida batafsil o’rganishdan iborat. Individlarning joylashishini populyatsiyaning yoshi, jinsiy va ekologik tizimini o’rganish ham ekologiyaning vazifasidir. Bunda qishloq va o’rmon xo’jaligi zararkunandalari, kasallik qo’zѓatuvchi va tarqatuvchilar populyatsiyalari sonining o’zgarishiga alohida e`tibor berilishi lozim. Markaziy Osiyo va O’zbekiston ekologiya fanini rivojlantirish sohosida bir qancha olimlar o’z xissasini qo’shganlar va o’z maktablarini shakllantirganlar. 1930 yillarda ekologiya yo’nalishlariga asoslangan Markaziy Osiyo maktabi hozirgi M.Uluѓbek nomidagi O’zbekiston Milliy Davlat Universiteti qoshida shakllandi. Maktab o’lkaning biologik jamoalarini, ularning tarkibiy qismlarini o’rganish bilan birga ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda ham ahamiyatga ega bo’ldi. 1930 yillarga kelib ekologik ilmiy izlanishlarning natijalari ilmiy asarlarda o’z aksini topa boshladi. Bularda faqat ma`lum joyning ekologik holati haqida gap bormay, balki ekologiya fanining asoslari biotsenologiya va fitotsenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi. Markaziy Osiyo ekologlarining, ayniqsa, o’lkaning ayrim landshaftlarining ekologiyasini o’rganish, tizim, faolligi, dinamikasi va evolyutsiyasi, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi. D.N.Kashkarov ishlarida landshaftning ayrim elementlari va ularning o’zaro boѓliqligi, birligi hamda modda va energiya almashinuvi, namlik, tuproq va biotik omillarning roli, antropogen omilining landshaftlarga ta`siri va boshqalarni ochib bergan. P.A.Baranov va I.A.Raykovalar Pomir toѓlarida cho’l biotsenozlarining kelib chiqishi, dinamikasi va evolyutsiyasida organizmlarning hayotida noqulay haroratning ahamiyati, madaniy biotsenozlarni yuqori toѓ sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqildi. R.I.Abalin, E.P.Korovin, M.V.Kultiasov va I.I.Granitovlarning ekolog – fitotsenologik qarashlari ularning chop etgan bir qator ishlarida o’z aksini topgan. Markaziy Osiyodagi hayvonlar ekologiyasi yo’nalishlari bo’yicha kompleks ilmiy ishlar T.Z.Zohidov nomi bilan chambarchas boѓliq. T.Zohidov Qizilqum cho’llarining o’ziga xos hayot makoni ekanini, qumli, sho’rxok loyli va toshloq cho’llarini mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o’z navbatida mayda hududiy birliklar, ya`ni fatsiyalarga ajratib berdi. Download 51.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling