1-mavzu. Hududiy moliya organlarining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish


Download 39.4 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi39.4 Kb.
#1249499
Bog'liq
1mavzu


1-mavzu. Hududiy moliya organlarining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish

Moliya bo’limlari; Sog’liqni saqlashni moliyalashtirish bo’limi, dasturlar bilan ishlash bo’limi, obodonlashtirish bo’limi, daromad bo’limi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’limi, qishloq ho’jaligini rivojlantirish bo’limi.


Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo’linmalari:
Mudir; mudirning birinchi o’rinbosari bo’lim boshlig’i; budjetning daromad bazasini mustahkamlash va subvensiyaviylikni kamaytirish bo’yicha bosh iqtisodchi; davlat maqsadli dasturlari monitoring masalalari bo’yicha mudir o’rinbosari sho’ba mudiri; budjetni ijro etish hisobi va hisoboti sho’basi; kommunal va yo’l xo’jaligini rivojlantirish; obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora tadbirlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash sho’basi; jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muofiqlashtirish bo’yicha inspector; yuriskonsult.
Moliya bo‘limining nizomi O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi, qonunlar va Navoiy viloyat moliya bosh boshqarmasining Nizomiga mos ravishda ishlab chiqilgan. Nizom tuman moliya bo‘limi faoliyatini tashkiliy negizini, maqomi, vazifasi, funksiyalari, vakolati doirasida byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish tartibini belgilab beradi.
Tuman moliya bo‘limi moliyaviy byudjet, soliq siyosatini ta’minlovchi va bu sohada muvofiqlashtiruvchi faoliyat yurituvchi davlat boshqarmasi organlari moliyaviy va byudjet nazoratini amalga oshiruvchi Moliya boshqarmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va u o‘zining faoliyati davomida tuman hokimligi va viloyat moliya boshqarmasiga bo‘ysunadi.
Tuman moliya bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi dalolatnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rsatma va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik dalolatnomalari, Tuman hokimligi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buyruqlari va Moliya bo‘limining nizomi rahbarligida ish yuritadilar.
Tuman moliya bo‘limi o‘z faoliyatini viloyat boshqarmasining va umumiqtisodiy kompleks idoralari bilan o‘zaro hamjihatlikda va yana tuman hokimligining boshqa bo‘limlari, tuman hokimliklari, o‘z-o‘zini boshqarish mahalliy organlari, korxonalar, qaysi idoraga tegishliligidan qat’iy nazar ijtimoiy va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiradi.
Tuman moliya bo‘limi yuridik shaxs hisoblanib, o‘zining mustaqil balansiga, tegishli bank muassasasida o‘z hisobraqamiga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va bo‘lim nomi yozilgan muhrga egadir.

Tuman moliya bo‘limining asosiy vazifalari.


Tuman moliya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


Mahalliy byudjet va daromadni oldindan aniqlash, byudjetga tegishli asosiy ko‘rsatkichlar o‘rtacha va tez (prognozi) ma’lumotlar loyihasini ishlab chiqish, mahalliy byudjetni bajarilishini ta’minlash, mahalliy byudjetni bajarilishi haqida xisobot tuzish;
Makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishiga imkon beradigan ijtimoiy soxa va iqtisodiy yo‘nalishidagi hududni moliya resurslariga boyitish;
Soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan rag‘batlantiriladigan soliq funksiyasi – (burchlari) iqtisodni rivojlantirish va aholining turmush saviyasini oshirish uchun qulay sharoitni ta’minlovchi takliflarni ishlab chiqish;
Davlat moliyasini mustahkamlashni ta’minlashga yo‘naltirilgan byudjetlararo munosabatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimini funksiyalashtirish va byudjet qurilmasining tashkiliy shakli va asosiy prinsiplarining takomillashtirish haqida takliflar kiritish;
Byudjetga tushadigan soliq, bojxona va boshqa to‘lovlarni nazorat qilishni, shuningdek byudjetga tushadigan davlat mulkining hususiylashtirishdagi mablag‘larni va nizomdagi korxona jamg‘armasidan davlat mulki ulushi bo‘yicha dividentlarni nazorat qilishni amalga oshirish;
Hududdagi moliyaviy bozorlarning rivojlanishi va funksiyalashtirilishi sohasida davlat siyosati yo‘nalishini (sug‘urtalash,Lizinglash xizmati) va ularni amalga oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish;
Moliyaviy bozorlarning muntazamligi va rivojlanishi bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
Iqtisodda sog‘lom raqobatni qo‘llab quvvatlovchi va aholini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltirilgan narx tuzilma siyosatini o‘tkazish va ishlab chiqarishda o‘zining kompetentlik chegarasida ishtirok etish;
Moliyaviy va byudjet nazoratini o‘zining kompetent (huquqdor) ligi chegarasida shuningdek davlat mulkining ulushi bor bo‘lgan korxona va tashkilotlarda moliyaviy intizomlarga rioya qilishni va moliyaviy mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni nazorat ostiga olish;
Xalq ta’limi muassasalari bilan birgalikda xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini uni moliyalashtirishni shuningdek ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni ishlab chiqarish;
Hududiy g‘azna bo‘limlari bilan o‘zaro harakatda xalq ta’limi muassasalari talabiga ko‘ra hisob-kitob operatsilarini, shuningdek ularning faoliyati bo‘yicha hisobga olish va hisobot yuritishni amalga oshirish;
Xalq ta’limi muassasalarida byudjet intizomiga rioya qilishni hamda xalq ta’limi ishchilari mehnatiga haq to‘lashni takomillashgan tizim talablarini bajarishni va byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash.
Download 39.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling