1-mavzu. Huquq fanlarini o'qitish metodikasida kasbiy mahorat tushunchasi. Kasbiy mahorat – pedagogik metodika omili
Download 26.21 Kb.
|
ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savoli: Talim-tarbiya tizimida yuqori sifat korsatkichiga erishish pedagogning kasbiy mahoratiga ne chogli bogliq 2-MARUZA.
- Metod – muayyan maqsadga erishishning muayyan yoli. Metodika – maqsadlarga erishishning usul, uslub, yoriqlar majmuasi.
- Nazorat savoli: Metod, metodika, metodologiya tushunchalarini mutaxassisligingiz asosida tushuntiring. 3-MARUZA.
- Nazorat savoli: Sizningcha, produktiv talimba pedagogik jarayonni boshqarish shartmi
1-MAVZU. HUQUQ FANLARINI O'QITISH METODIKASIDA KASBIY MAHORAT TUSHUNCHASI. KASBIY MAHORAT – PEDAGOGIK METODIKA OMILI. Reja:
1.Ta'lim-tarbiya tizimida yuqori sifat ko'rsatkichiga erishish yo'llari. 2. Kasbiy mahorat – yetuk mutaxassis tayyorlash omili. 3.Kasbiy qobiliyat – pedagogik metodika asosi. Metod. Metodika. Metodologiya. 4. Pedagogik jarayonni boshqarish va uning psixologik talablari.
Zamonaviy kadrlar oldiga qo'yilayotgan eng muhim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o'zligini, o'z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko'rsatishdir. Yosh avlodni yangicha ta'lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalashni amalga oshiruvchi fanlardan biri hisoblangan “Huquqiy fanlarni o'qitish/pedagogik amaliyot” o'quv kursi magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan yoshlar uchun muhim hisoblanadi. Chunki magistraturani tugatgan aksariyat talabalarning ko'pchiligi kelajakda pedagoglik kasbini egallani maqsad qiladi. Shu sababli, mazkur fan bo'lajak pedagoglarga aynan metodik bilimlar asoslarini shrgatadi, ularni o'z atrofida ro'y berayotgan islohotlarga holis baho berish, ta'lim-tarbiya jarayoniga befarq bo'lmaslik, o'z layoqatlarini o'stirishning elementar vositalaridan bohabar bo'lishga yordam beradi. Chunki pedagog shaxsigina o'z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlari bilan jamiyat uchun katta naf keltiradi. Shunday ekan, hozirgi kunda “Huquqiy fanlarni o'qitish/pedagogik amaliyot” fani magistratura mutaxassisligining har bir talabasi uchun pedagogik jarayon, metodika asoslarining zarur bo'lgan jihatlarini, chunonchi: zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars uslubiyotini yaratish, pedagoglik faoliyati, mahorati va samarasida turli usullarni bilish, shaxsning turli pedagogning muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; pedagogning guruhga va o'z navbatida guruhning pedagogga ta'sirini; o'quv va tarbiya jarayonida qo'llash mumkin bo'lgan samarali usullarni o'rgatishi bilan ham muhimdir. Demak, mazkur fan predmeti – ta'lim-tarbiya, o'qitish metodikasi asoslari, ob'ekti - pedagogik jarayon, sub'ekti – shaxsdir. Huquqiy fanlarni o'qitish/pedagogik amaliyot o'quv kursining asosiy vazifalari: huquqiy fanlarni o'qitishda pedagogik mahorat bo'yicha talabalarning umumpedagogik bilimlari darajasini kengaytirish, bo'lg'usi yurist- pedagoglarning pedagogik tafakkuri negizini yaratish; huquqiy pedagogik meros va uning g'oyalariga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lish, ko'nikmalarni shakllantirish; respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal qilish; buyuk allomalar va o'zbek mutafakkirlarining huquqiy qarashlarini chuqur tahlil etish; pedagogik qarashlar va ularning mohiyati doirasida fikr yuritish va eng muhimi, yurist-pedagog faoliyatini terang anglashdir. Shular asosida mazkur fan vazifasi – talabalarga mutaxassislik fanlarini o'qitishdagi dolzarb vazifalar, muammolarni tushuntirish, pedagogik muloqotni tashkil etishning samarali usul-vositalariga oid bilim berish, pedagog va guruh muammosining o'ziga xos jihatlarini o'rgatish, liderlik va rahbarlik tushunchalarini tabiatini ko'rsatib berish, o'qishni va o'qitishning samarali ta'sir etish usullarini o'rgatishdan iborat. O'quv kursi maqsadi – olingan bilim va ko'nikmalar orqali pedagogik bilimlarni amaliyotga tatbiq etish soha va yo'nalishlarini aniq tasavvur qilishga ko'maklashadi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy bosqichi kelajakda buyuk davlat egasi bo'ladigan komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishni ma'naviyatimiz zimmasiga yuklatilgan. Jamiyatimizning ma'naviy yangilanishi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezon sifatida muhim rol` o'ynaydi. Moddiy va ma'naviy madaniyatning o'zaro aloqasi o'zaro tasiri natijasida aqlan yetuk, ahloqan barkamol, jismonan sog'lom, dunyoqarashi keng, yaxlit shakllangan ya'ni komil inson shakllanadi. Bunda, albatta, o'qituvchi shaxsi yetakchi omil hisoblanadi. Yetuk kadr masalasi pedagogning mahoratiga har tomonlama bog'liq. Kasbiy mahorat nima? Kasbiy mahorat – bu o'qituvchi nutqining ravon va ta'sirchan o'tilayotgan mavzuga o'quvchi diqqatini torta oladigan, mavzuga mos ko'rgazmalar ijod qilib va undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o'quvchi qalbiga yo'l topa oladigan, har bir dars bolaning qiziqish va faoliyatini oshirisha oladigankishini tushunamiz. Kasbiy mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o'qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o'qituvchining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. V.A. Suxomlinskiy o'zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» degan asarida «o'qituvchi mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo'lmaydi». To'quvchi bir soatdan keyinroq o'z ishining hosilini ko'radi, po'lat erituvchi bir necha soatdan so'ng olovdagi metall oqimidan shodlanadi. Bu uning orzusini yuksak cho'qqisi; yer haydovchi, don sepuvchi g'allakor bir necha oydan keyin dalada o'stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O'qituvchi esa o'z ijodining mahsulini ko'rish uchun yillab mehnat qilishi kerak, degan fikrlarni bayon etadi. Kasbiy mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo'yicha ilmiy bilimlarni, ya'ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o'z ichiga oladi. Kasbiy mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o'zlashtirishdan iboratdir. O'qituvchi o'quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol` o'ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o'qituvchiga faqat o'z sinfini hamda ayrim o'quvchilarni o'rganish va ularning to'g'ri fe'l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a'zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo'lishi mumkin. qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. qobiliyatli va mahoratli o'qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo'lda o'z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi. Hozirgi ta'lim va tarbiya tizimi o'qituvchilardan o'z ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o'z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi. Kasbiy mahoratga ega o'qituvchi quyidagi bilim, ko'nikma, malakalarni egallagan bo'lishi zarurdir: dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi; o'qitadigan fanni chuqur egallagan bo'lgandagina o'quvchilarda umumiy va kasbiy ta'lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila olishi; hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi; pedagogika, psixologiyaga qo'shib, o'z fanining metodikasini yaxshi bilmog'i;umumiy madaniyati yuqori bo'lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san'at sohasidagi bilimlarga ega bo'lishi; pedagoglik odobiga rioya qilishi; o'qituvchiga xos bo'lgan qobiliyatlar mujassam etgan bo'lish kabilar. Ana shu jihatlarning hammasi metodikada mujassam. Ho'sh, metod nima? Metod – muayyan maqsadga erishishning muayyan yo'li. Metodika – maqsadlarga erishishning usul, uslub, yo'riqlar majmuasi. Metodologiya – metodlar tizimi, vositalar, ilmiy-tadqiqot usullar yig'indisi. Ta'lim metodi – o'quv jarayonining blokli vazifalarini yechishga yo'naltirilgan o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli. Ta'lim metodikasi – muayyan o'quv predmetini o'qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi. Bularning hammasi qobiliyatga ham bog'liq. Shu o'rinda, avvalo, qobiliyat nima ekanligini bilishimiz maqsadga muvofiqdir. Qobiliyatlar bilim, ko'nikma va malakalarni egallashda namoyon bo'lsa ham bilimlar va ko'nikmalarni egallash bilan bog'lanib qolmaydi. Qobiliyatlar – bu imkoniyat u yoki bu ishda mahoratning zarur darajasi esa voqeilikdir. qobiliyatlar faqat faoliyatda shunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin. Bo'lmagan faoliyatdagina namoyon bo'ladi. Kommunikativ qobiliyat ham ana shunday qobiliyatlar jumlasidandir. Kommunikatsiya tushunchasi ijtimoiy ma'noga ega bo'lgan insonlarning fikr yoki ongida paydo bo'lgan tushunchalarni boshqa insonlarga yetkazib berishdir. Boshqacha qilib aytganda yuzaga kelgan axborotni yetkazib berish hisoblanadi. Bu yerda axborotni o'zga kishiga yo'llayotgan shaxs kommunikator, axborotlarni qabul qilayotgan kishi retsirient deb ataladi. Psixologiyada qobiliyatlar deganda, insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar o'sha o'qituvchi vazifasidagi bolalarni o'qitish va bolalarga ta'lim berishda yuksak natijalarni qo'lga kiritishning sharti hisoblanadi. Ma'lumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari yetakchi rol` o'ynaydi, boshqalari esa yordamchi vazifasida bo'ladi. Birinchi navbatda peretseptiv, ya'ni idrok qilishga hamisha taaluqli bo'lgan xususiyatlar (ulardan eng muhim kuzatuvchanlikdir) yetakchi rol` o'ynaydi. Shu o'rinda o'qituvchining kommunikativ qobiliyati eng oldingi o'rindagi ta'sir qilish vositasi ham hisoblanadi. Kommunikativ qobiliyat faqat birgina o'qituvchi yoki birgina tegishli hodisa emas balki, bu hammada yuzaga keladigan jarayondir. Kommunikatsiya jarayoni hammada yuzaga keladi-yu, ammo uning sifat darajasi har xil bo'ladi, ya'ni odamlardagi hayotiy tajriba, bilim, malaka ko'nikmalari qobiliyatlarni bir-biridan farqlab turadi. O'qituvchida kommunikativ qobiliyatning mavjudligi, uning mahoratli ekanligidan dalolat beradi. Kommunikativ qobiliyat fikrni, yoki biror tushuncha, belgini anglatuvchi psixologik jarayon bo'lib, uning namoyon bo'lishi uch xildir. Ular og'zaki kommunikatsiya, nutq. Yozma kommunikatsiya va imo-ishora, xatti harakatli kommunikatsiya turlaridir. Nutq bu og'zaki kommunikatsiya ya'ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so'zlar og'zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. Albatta, auditoriyada jarayonni boshqaruvchi bu – pedagog.
Pedagogik jarayonni boshqarish – bu pedagog tomonidan amalga oshiriladigan belgilab qo'yilgan yo'riqnoma va talablarga asoslangan holda talim berish jarayonini tartibga solish va boshqarish hisoblanadi. Yetuk mutaxassis tayyorlashda kasbiy bilimdonlik va mahoratning ahamiyati nihoyatda katta. Pedagogik jarayon qatnashchilari bu albatta, pedogok va talaba hisoblanadi. Bu ikki sub'ekt o'rtasidagi munosabat, muloqot murakkab jarayonni tashkil etadi. To'g'ri boshqaruvda o'qituvchi va talabalar shaxslararo muloqat va munosabatlarni, o'zaro hurmat va ishonch hamkorligini yo'lga qo'yishga erishiladi. Garchi bu jarayon oson yo'l bo'lib hisoblansa ham, biroq ana shu usul asosida ish ko'rgan o'qituvchi o'zi xohlamagan holda ta'lim mazmunini va sifatini ilmga moslashtirishga intildi. Bunda o'qituvchi va o'quvchilarni didaktik hamkorligi ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Dars davomida ta'lim mazmuni, shakli orqali axloqiy sifatlar shakllanib boradi, talabalarda madaniy, irodaviy zo'r berish sifatlari tarbiyalab boriladi. Ta'lim metodikasida o'qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, uning psixologik-pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarlik namoyon bo'ladi. Xuddi ana shu omillar ta'lim samoradorligini belgilaydi. Shu sabali ta'lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o'qituvchining tayyorgarlik darajasi printsipial ahamiyatga ega. Pedagog faoliyatining ta'lim metodida o'z ma'lumoti, madaniyati, kasbiy tayyorgarligi darajasini qanchalik aks ettirishiga bog'liq. Nazorat savoli: Sizningcha, produktiv ta'limba pedagogik jarayonni boshqarish shartmi? Zaruriy adabiyotlar: Қаршибоев Ҳ.Қ., Сувонов О.С., Қаршибоев Ж.Ҳ. Мустақил таълим фаолиятини ташкил этишнинг илмий – методологик асослари. Гулистон, 2011. Муслимов Н.А., Н.Каримова. Касб таълими ўқитувчиларининг амалий компетентлигини шакллантириш технологияси. – Т.: “Иқтисодиёт” нашриёти, 2012. Авлиякулов Н.Х. Замонавий ўқитиш технологиялари. - Т.: 2014. Файзулаева Д, Ганиева М “Назарий ва амалий ўқув машғулотларида ўқитиш технологиялари” 1-тўплам. Тошкент-2017. Download 26.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling