Harflarni bosimsiz bir tekis yozish.
Yuqorida eslatib o'tkanimizdek avtoruchkada, asosan, bosimsiz yozdiriladi.
Avtoruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo'sh ushlash
kerak. Matnda uchragan nuqta va tayoqchalarni qo'yishda avtoruchkan
bosmasdan sekin va erkin harakat qildirish lozim.
Bosimsiz yozishning afzalligi shundaki, harflarning umumiy ko'rinishi bir
tekisda chiroyli bo'lib, tez yozish malakasini shakllantirishda va bog'lab yozishga
o'rgatishda osonlik tug'diradi.
O'qituvchi ham doskaga yozib ko'rsatganda bo'rni qattiq ushlamay,
bosimsiz bir tekis yozishga harakat qilish kerak.
O'quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko'chirib yozishga ruxsat
etmaslik kerak.
O'qituvchi o'quvchilarni birinchi kundan boshlab bosimsiz, bir tekis
yozishga odatlatirib borsa, bolalarning qo'li tolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |