1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. Husnixatga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch sozlar
- Adabiyotlar.
2- MAVZU: CHIROYLI YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI. SINFDA O'QUVCHILARNING ISH JOYINI TO'G'RI TASHKIL ETISH. REJA: 1. O'quvchilarga yozuvni o'rgatish jarayonida fiziologik omillarning ishtiroki. 2. Husnixat malakasini shakllantirishda ong, sezgi, diqqat, xotira kabi fiziologik hodisalarning roli. 3. Ong va sezgi. 4. Diqqat va xotira faoliyati. 5. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf xonasidagi jihozlar. 6. Sinf partasi vaunga qo'yilgan talablar. Tayanch so'zlar: Idrok. Tashqi olamdagi predmetlarning sezgi organlari orqali nerv sistemasiga ta'sir etishi va tana harakatlarining ta'siri tufayli hosil bo'ladi. Diqqat. Jismoniy harakatni talab qiladigan, ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biridir. Ong. Faqat insongagina berilgan tabiatdagi barcha jonzotlarda mayjud bo'lmagan hodisadir. Sezgi. Inson ko'z, quloq apparatlari, teri sezgisi, muskul va ichki organik sezgilar yordamida borliqdagi hodisalrni seza oladi. O'quvchilar partasi sinfdagi asosiy jihoz bo'lib, u o'quvchilarning yoshlari va bo'ylariga mos, yozish va rasm chizish uchun qulay bo'lishi kerak. Partalar bir o'rinli bo'lib, ko'proq boshlang'ich sinflarda ikki o'rinli partaiardan foydalaniladi. Adabiyotlar. 1. G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970 2. G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992 3. G'apporovavaboshq. "Alifbe" T. 1999 G'apporova va boshq. "1-2 yozuv daftari" T. "O'qituvchi" 1999 Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari. O'quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini xosil qilish uchun, birinchi navbatda, diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etganligini ko'ramiz. Inson tashqi olamdagi predmet va xodisalarni idrok etadi, shuningdek o'z tanasidagi organlarning xarakatini va ularning xolatini anglaydi. Idrok - tashqi olamdagi predmetlarning sezgi organlari orqali nerv sistemasiga ta'sir etishi va tana xarakatlarining ta'siri tufayli xosil bo'ladi. Inson ko'z, quloq apparatlari, teri sezgisi, muskul va ichki organik sezgilar yordamida rangni, musiqa ohangini, og'irlikni, o'z harakat muvozanatini sezadi. Predmetlarning sezgi organlariga ta'siri natijasida miya po'stlog'ida yangi nerv boglanishlari tarzida iz paydo bo'ladi. Ana shu nerv bog'lanishlari idrok va sezgining fiziologik asosidir. Bu bog'lanishlar miyada mustaxkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu xol bizga idrok etgan va sezgan narsalarimizni xotiraga tushirishga imkon beradi. Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida o'rin tutadi. U ongning hamma shakllarida ishtirok etadi. Inson idrok etish jarayonida diqqat qiladi, ayrim predmet va xodisalarning xususiyatlarini ajratib oladi. Bilimni o'zlashtirish uchun o'quv materiallarini idrok etish talab qilinadi. Yozish jarayonida ko'rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi. Idrok etilishi lozim bo'lgan materialni tartibga solish, o'rganiladigan manba yoki uning tasvirini yaqqol ko'rsatish, bayonning ravshan va izchil bo'lishi, sinf doskasiga hamma o'quvchi ko'ra oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvofaqqiyatli chiqishini ta'minlaydigan dalillardandir. Bola maktabga qadam qo'ymasdan oldinroq (3-4 yoshdan boshlab) qo'liga qalam olib turli shaklarni chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to'g'ri kelmasada, ulardagi ayrim malakalarning (ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarning barmoq muskullari yaxshi rivojlanmaganligi uchun ularga surunkali yozdirib, mashq qildirish yozuvning sifatiga salbiy ta'sir etadi. Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo'r) orqali amalga oshiriladi va qaysi quroldan foydalanishga qarab qo'l xarakatlari shunga moslashtiriladi. Chiroyli yozuvga o'rgatishda birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi: 1. Yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanish 2. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling