1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi
Partaning distansiyasi uch xil bo'lishi mumkin: musbat, nol, manfiy. Musbat
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. Husnixatga
Partaning distansiyasi uch xil bo'lishi mumkin: musbat, nol, manfiy. Musbat distansiyada parta ustining cheti bilan o'rindiqning orasidagi masofa keng bo'ladi. Bunday holatda o'tirish o'quvchilar uchun noqulay bo'lib o'quvchi pastga egilib o'tirishga majbur bo'ladi. Nol distansiyada esa parta ustining cheti bilan o'rindiqning orasida hech qanday masofa bo'lmaydi. Manfiy distansiyada esa parta ustining o'rindiqning ichiga 4 sm kirib turadi. O'quvchilarda parta tanlashda yana bir muhim narsa parta "differensiya" sining to'g'ri saqlanishidir. Parta differensiyasi deb parta qopqog'ining cheti bilan o'rindiqning orasidagi masofaga aytiladi. Parta differensiyasining to'g'ri saqlanishi ham muhim ahamiyatga ega, chunki parta o'rindig'I past bo'lsa, o'quvchi parta qopqog'iga osilib o'tiradi, agar yuqori bo'lsa, bukchayib o'tirish majbur bo'ladi. Parta o'rindig'ining balandligi o'quvchilarning oyoqlari uzunligiga teng bo'lib o'tirganda tovonlari polga yoki partaning zinasiga tegib turishi kerak. Sinfdagi bolalarning bo'ylarini o'lchash uchun maxsus taxtachadan foydalanish kerak. Taxtacha poldan 110 sm yuqoriga qoqib qo'yiladi, hamda uni bo'yiga 2 qismga bo'lib, birinchi qismida o'lchamlar sm hisobida, ikkinchi qismida esa shu o'lchamga mos parta nomerlari ko'rsatiladi. O'quvchini shu taxtacha qoqilgan joyda turg'azib bo'yi aniqlanadi. Buning uchun o'quvchilarni bo'ylari va yoshlariga qarab partalarga o'tkazishda kichik partalar sinf doskasiga yaqinroq, kattalari esa orqaroq qo'yilishi kerak. O'qituvchilar o'quvchilarning uylarida ham ish joyining to'g'ri tashkil etilishiga e'tibor berishlari lozim. O'qituvchilar ota-onalar majlislarida yoki sinf yig'ilishlarida bolalar uchun alohida dars tayyorlaydigan xona zarurligini ta'kidlab turishlari lozim. Bolalarga xontaxtada egilib o'tirib yozishning zararli ekanini tushuntirish kerak. Hozirgi kunda o'sib borayotgan turmush talabi o'quv partalarini yanada qulay, ixcham va go'zal qilib ishlashni taqazo etadi. Bu partalar tashqi ko'rinishi va yengil bo'lishi jihatidan zamon talabiga mos bo'lib, sinf xonalarini tozalashda ham qulaylik tug'diradi. Bunday partalarning yana bir qulay tomoni shundaki, uning tortmalarida yozuv asboblarini saqlash mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling