Maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirishdagi asosiy g`ovlar. Reja


Download 455.31 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi455.31 Kb.
#1096993
Bog'liq
Munira Odilova





.

Maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirishdagi asosiy g`ovlar.

Reja:

  1. Mashg`ulotlarni tashkillashdagi metodlarning hozirgi zamon talabiga mos kelmasligi.

  2. Pedagoglar bilan bog`liq muammo.

  3. Moliyalashtirishdagi muammolar.

Maktabgacha yosh turli sohalarga qiziqishning ortishi bilan ajralib turadi, ammo bolalar tabiatga alohida qiziqish bildiradilar. Shuning uchun bolalar bog'chasida ekologik ta'lim atrof-muhit haqidagi bilimlarni rivojlantirish, barcha tirik mavjudotlarga insoniy munosabatni rivojlantirish va tabiiy muhitda ongli xulq-atvorni shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Maktabgacha ta'lim ijtimoiy ahamiyati oshib bormoqda. Ota-onalar maktabgacha ta`lim bolaning shaxsiyatining keyingi shakllanishiga ta'sir qiladigan muhim davr ekanligini tushunishni boshlaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun to'laqonli ta'limni, birinchi navbatda, bolani rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli ijodiy ishlar olib boriladigan bolalar bog'chasida olish mumkin. Maktabgacha ta'limga talab oshgani sayin uni tashkil etish masalalari ham dolzarb bo'lib bormoqda.Maktabgacha ta'limdan foydalanish masalasida turli muammolar mavjud.Gap nafaqat maktabgacha ta'lim muassasalari sonida, balki maktabgacha ta'lim sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Mashg`ulotlarni tashkillashdagi metodlarning hozirgi zamon talabiga mos kelmasligi.Mahalliy maktabgacha ta'limning yutuqlaridan biri bolalar rivojlanishidagi ta'limning roli to'g'risidagi g'oyalari bilan bog'liq. Bolalar maktabgacha yoshda tez o`sadilar,shu boisdan ular uchun o`qitish usullarini yoshga nisbatan individual tanlash lozim.Shu sababli, maktabda o'qitish usullarini bolalar bog'chasiga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazib bo'lmaydi. Maktabgacha ta'lim mutlaqo boshqa mantiqqa, boshqa asosga qurilgan. Ehtimol, maktabgacha yoshdagi bolalarga o'ynash va o'z-o'zidan o'ynash imkoniyatini beradigan ta'limdan butunlay voz kechish kerakmi? Amaliyot shuni ko'rsatadiki, agar bolalar o`yindan ajratilsalar, unda biz pedagogik beparvolik kabi hodisaga duch kelamiz. Uning oqibatlari bola uchun muhiti juda yoqimsiz va begona tuyulishi mumkin.Bunday masalalarni tushunish juda qiyin, ammo zarur. Bolalar - bu mamlakat kelajagi.
Pedagoglar bilan bog`liq muammo.Agar biz universitet haqida gapiradigan bo'lsak, unda ko'p hollarda maktablarning bitiruvchilari nisbatan past tayyorgarlikka ega bo'lgan universitetlarning maktabgacha ta'lim fakultetlariga hujjat topshiradilar. Bu tarbiyachi kasbining nufuzi yetarli emasligi bilan bog'liq.”7 yoshgacha bolaga ko`p narsa o`rgatish shart emas,maktabda ham o`rganib olaveradi “qabilida ish ko`ruvchi tarbiyachilar yo`q emas. Shu bilan birga, bolalarning hayoti va taqdiriga ta'siri maktab o'qituvchisining o`quvchilariga yoki universitet o'qituvchisining talabalarga ta'siridan ancha katta. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari maktabgacha ta`limga qaratilgan e`tibor tufayli yuqori cho`qqilarni egallamoqdalar.Shu o`rinda jonajon diyorimiz O`zbekiston ham so`nggi yillarda eng nufuzi va maoshi suv tekin bo`lgan maktabgcha ta`limga e`tibor qaratildi va xususiy sherikchilik asosida bog`chalar ochildi,maosh xizmatga yarasha bir necha barobar oshdi.Albatta,bun prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning say-harakati natijasidir.
Moliyalashtirishdagi muammolar.
Bunga quyidagilar kiradi:
Bolalar bog'chalari uchun jihozlarning yetishmasligi;
Moddiy-texnik bazaning eskirishi;
Ba'zi bir maktabgacha ta`lim muassasalarida axborot kommunikatsiya vositalari bilan yetarli ta`minlamaganlik, kompyuterlar va Internet ulanishi yetishmasligi.Maktabgacha ta'limni moliyalashtirish muammosi muassasalar, shuningdek, ota-onalar uchun yetarli darajada og`riqlidir. Ko'pchilik haddan tashqari ulkan to'lovlar haqida shikoyat qiladilar , bolalar bog'chasini moliyalashtirish deyarli ota-onalarning majburiyatidir va ko'plab oilalar uchun bunday moliyaviy yuk og`irlik qiladi.
Xulosa.
Maktabgacha ta`lim farzandlarimiz kelajagining dasturi amalini chizib beruvchi go`sha.Shundan ekan,ularga sifatli,barcha sharoiti bor,dunyo standartlariga to`la javob beruvchi maktabgacha ta`lim muassasasini yaratish davlatimiz,qolaversa biz ota-onalarning talabi hamda ko`maggi yordamia yaratish mumkin.
Download 455.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling