Harflar va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozishga alifbe
davridan boshlab o'rgatish, keyinchalik esa buni sistemali ravishda tekshirib
borish zarur.
Gaplarni yozishda so'zlar orasidagi masofa bir harf enida bo'lishi kerak. Harf
elementlari va ular orasidagi masofani chamalab yozishga o'rgatish uchun
quyidagi vazifalar bajariladi:
1.
O'quvchilarga xusnixat kitobidagi namunaga qarab yozdirib, ularni tahlil
qilish.
2.
Xusnixat kitobidan harf va ularning elementlari orasidagi masofani
chamalab yozishga mashq va topshiriqni ko'chirib yozish.
3.
O'quvchilarning ishlarini kuzatib chiqib, qaysi o'quvchi tor, keng, qaysisi
pala-partish yozganini aniqlash.
Shundan so'ng 3-4 ta daftarni yig'ib olib, kamligi birgalikda tahlil qilinadi.
Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozishga o'rgatish birinchi
sinfda butun o'quv yili davomida sistemali olib borilishi, ikkinchi va
undan keyingi sinflarda ham bu malakalarni egallash davom ettirilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: