1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Samarqand-Amir Temur va Temuriylar saltanatining poytaxti


Download 398 Kb.
bet27/45
Sana09.01.2022
Hajmi398 Kb.
#268722
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
Shahar 210121161844

Samarqand-Amir Temur va Temuriylar saltanatining poytaxti.
1370 yilning 9 aprelida Balx shahrida Movarounnahrga katta nufuzga ega bo’lgan urug’larning mirlari, sardorlari, ulug’ Sayid Mir Sayid Baraka, Termiz xonzodalari-Maoliy va Ali Akbarlar ishtirokida bo’lib o’tgan ulkan quriltoyda Amir Temur podshohlikka va davlat boshqarishga loyiq deb topildi. (Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma).

Amir Temur samarqandni saltanat poytaxtiga aylantirishga qaror qiladi.

Jo’g’rofiy jihatdan qulay mintaqada joylashgan Samarqand qit’alararo o’tuvchi Buyuk Ipak Yo’lining tarixiy chorrahasida o’rnashgan edi. Bundan tashqari, Samarqandning mo’tadil ob-havosini, zilol suvlarini, unumdor tuprog’ini ko’plab ta’rif qilgan edilar. Shaharning bu xislatlari Amir Temurni o’ziga rom qilgan bo’lsa, ajabmas.

Amir Temur Samarqandga kelganida, shaharning na mudofaa devorlari va na biror bir hashamatli binosi bor edi. Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul bosqinchilari Samarqandning qadimgi o’rni – afrasiyobni shu darajada vayron qilgandiki, unda yashashni iloji qolmagandi.

Amir Temur Chingizxon buzgan Afrasiyobni qayta tiklashdan ko’ra Yangi shaharni bunyod qilishni ma’qul ko’rdi. 1370 yilning kuzida Temur Samarqandda katta quriltoy chaqirdi va unga barcha amirlar, beklar, lashkarboshlar, olimu –ulamolar va islom dinining peshvalari chaqirdi. Qurultoyda davlatchilikni qayta tiklash va rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama etilgan.

Amir Temur Samarqandni qurishga kirishar ekan, shaharning mudofaa qudratiga, obodonchiligiga, faravonligiga va xushmanzaraligiga alohida e’tibor beradi. Davlatni yaxshi boshqarish uchun davlat boshqaruv apparati faoliyat ko’rsatadigan Arki a’lo zarurligini yaxshi bilgan sohibquron shaharning g’arbiy tomonidagi tepalikda uni barpo qilishga kirishadi. 34 gektar maydonni egallagan ark ikki qator mudofaa devori bilan o’ralgan. Mudofaa devori bilan o’ralgan mudofaa devorining tashqi tomonidan chuqur va keng handaq qazilib, u Novadan arig’ining suvi bilan to’ldirilgan. Arkning ichi ikki qismga ajratilgan bo’lib, uning shimoliy tomonida ma’muriy binolar hamda harbiy maqsadda foydalaniladigan inshootlar joylashtirilgan. Janubiy qismida esa zadagonlarning turar joylari qad rostlab turgan.

Arkning ichi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy nomli ikki ajoyib, hashamatli saroylar ko’kka bo’y cho’zgan. Ko’ksaroy 4 qavatli bo’lib, uning moviy gumbazli uzoq-uzoqlardan ko’rinib turgan. Ko’ksaroyda Amir Temurning taxti, xazinasi va boy kutubxonasi saqlangan. Bu saroyda sohibqiron xorijdan kelgan elchilarni hamda saroy a’yonlarini qabul qilgan. Amir Temurdan keyin ham Ko’ksaroy Temuriylar hukmdorlar uchun rasmiy saroy vazifasini o’tagan.

Samarqand shahristoni ham mustahkam mudofaa devori bilan o’ralgan bo’lib, shaharga oltita darvoza orqali kirilgan. Mudofaa devorining shimoliy qismida Shayxzoda va Temir darvoza (Ohanin)lar bo’lgan. Sharqiy tomonda esa Feruza darvoza o’rnatilgan.

Amir Temurning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan Samarqandda 20 dan oshiq mahobatli me’morchilik inshootlari barpo qilingan. Bu inshootlarning loyihalarini shaxsan Temurning o’zi ko’rib, loyihalar mukammal holatga keltirilganidan so’nggina tasdiqlanganini Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiy kabi tarixchilar ham qayd etganlar. Oqsaroy, Ruhobod, Amir Temur, Bibixonim, Qutbi Choxardaxum, Shohi-Zinda kabi maqbaralar, Guman og’a xonaqohi, Bibixonim va Muhammad Sulton madrasalari shaharga salobat va ko’rk bag’ishlab turgan.

Temurning sharq shaharsozligiga kiritgan yana bitta yangiligi samarqandning ichida va tashqarisida biri-biridan go’zal, bahavo 12 ta bog’-saroyning barpo qilinishidir. Bu bog’larning markazida hashamatli saroylar ham barpo qilinganligi uchun, ular bog’-saroylar deb atalgan. Bog’-saroylarni bezashda bezashda o’sha zamonning mohir naqqosh-hunarmandlari va musavvirlarning xizmatlari katta bo’lgan. Bog’-saroylarning devorlariga rassomlar Eron, Dashti Qipchoq va Hindistondagi jang, qamal lavhalarini, Amir Temurga elchilar tomonidan sovg’a keltirish marosimlarini, ov manzaralarini, sayillarni, bazmlarni sahnalarini chizganlar.

Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, Amir Temur tomonidan Samarqand shahrining ichida va atrofida barpo qilingan Bog’i Naqish Jahon, Bog’i Behshit, Amirzoda Shoxrux bog’i, Bog’i Bo’ldu, Bog’i Jahonnamo, Bog’i nav, Bog’ishamol, Davlatobod kabi bog’-saroylar XIV-XV asrlardagi Sharq shaharsozligi va me’morchiligidan yangi, ilg’qor g’oya edi. Bu g’oya Amir Temurdan so’ng movarounnahr, Xuroson va Hindistonda ham temuriy hukmdorlar tomonidan amalga oshirdi.

Samarqand yirik va qudratli davlatning poytaxti bo’lishi bilan birga u alohida maqomga ega davlat ichidagi davlatga o’xshardi.

Temur samarqandni boshqarish uchun alohida hokimlarni, poytaxt aholisining asoyishtaligini ta’minlash adolatni buzmasligini nazorat qilish, ko’cha va ariqlarning tozaligini tekshirib turish uchun maxsus muxtasiblarni tayinlar edi. Alohida muhtasiblar bozorlardagi tartib qoidalarni, tozalikni, taroz – toshlarning to’g’riligini, narx-navoni nazorat qilib borganlar. Bu tadbirlarning barchasi poytaxtda intizom bo’lishiga va shahar aholisining faravonligiga, osoyishtaligiga xizmat qilgan. Bu borada ispan elchisi Klavixo: «samarqandda qonunga qattiq rioya qilinadi, janob (Amir Temur) ruxsatisiz bir kishi ikkinchi kishini xafa qilishi yoki birovga nisbatan zo’ravon qilishi mumkin emas»-deb yozgan edi Rui Gonsales de Klavixo.

Klavixoning kundaligida shahar haqida: «Samarqand shahri tekislikda joylashgan atrofii paxsa devor va chuqur handak bilan o’ralgan. Shaharni ichi seviliya shahridan bir muncha kattaroqdir. Shahar ortida esa kuplab uylar qurilgan bo’lib, ular ham shaharga tutashib ketgan. Shahar bog’lar va uzumzorlar bilan o’ralgan. Bog’larning o’rtasida ko’chalar va maydonlar bor, bur da ham aholi zich yashaydi, hamda ko’p miqdorda non go’sht va boshqa mahsulotlar sotiladi. Devorning ortida щahar ichidagidan ko’ra ko’proq aholi yashaydi. Shahar atrafidagi bog’larda ko’plab mahobatli va hashamatli inshootlar bor, janob (Amir Temur)ninga saroylari va bosh yerto’lasi ham shu yerda joylashgan. Bundan tashqari, bu bog’larda aslzodalarning ham hovli- joylari mavjud… Bu yerda non, sharob, go’sht, meva-chevalar parrandadan tortib hamma narsa mo’l-ko’ldir. Bu yerning qo’ylarning dumbasi juda katta non darajada arzonki, undan arzon bo’lishi mumkin emas, gurux esa hayratlanarli darajada ko’p. Bu shahar va uning zamini shu darajada boy, saxovatliki xayron qolasan, kishi.

Xudi shu boyligi uchun bu shahar Samarqand deb atalgan, uning haqiqiy nomi esa Semizkentdir, bu boy shahar deganidir. Ularning tilida «semiz» katta, deganidir, kent esa shaharni anglatadi. Shu sababli, samarqand nomi paydo bo’lgan», -deb yozilgan. Klavixoning ushbu ta’rifi XIV-XV asrlardagi samarqandning tarixiy manzarasi va iqtisodiy holati haqida yorqin tasavvur beradi, albatta.

Amir Temurning Samarqand qurilishidagi say’i-harakatlari yevropalik olimlar tomonidan alohida qayd qilingan. Bu borada fransuz sharqshunosi Jan Pol Rua «Ayonki, Versalsiz Lyudovik XIV Qirol-Quyosh bo’la olmasdi. Takror aytamanki, Temur hamisha va shaxsan g’amxo’rlik qilib yaratgan Samarqandning me’moriy mo’jizasisiz Temur bo’la olmasdi,»-deb yozgan edi.

Albatta amir Temur davri Samarqandini uning ilm-fani, sa’nati va madaniyati, ma’naviyatisiz bor bo’y – bastini anglash mushkuldir. Amir Temur yuksak ma’naviyat va madaniyat sohibi bo’lganligi uchun o’zining bepoyon davlati – xududlaridan olimlar, shoirlar musavvirlar, musiqachilar, me’mor va iqtidorli ustalar hunarmandlarni poytaxt Samarqandga chorladi. Ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib g’amxo’rlik qildi va ijod qilishlariga imkon berdi. Amir Temurning o’zi, o’g’illari, nabiralari va xotinlari Samarqandda ulug’vor madrasalar, xonaqohlar bunyod qildilar. Mudarrislar va tolibi ilmlarni zarur mablag’lar bilan ta’minladilar. Shu sababli, XIV-XV asrlarda Samarqand Sharqning ulkan ijodiy laboratoriyasiga aylangan edi. Samarqandda ulkan g’oyalar, sa’natning yuksak namunalari, falsafiy fikrlar tug’ilar, amalga oshirilar va so’nggi Temur davlatining cheka-chekkalariga tarqalar edi.

Amir Temur hukmronligi davrida Samarqandda Abdujabbor Xorazmiy, Shamsiddin Munshiy, Nu’moniddin Xorazmiy Xo’ja Afzal, Olovuddin Koshiy, Jalol Hiriy, Xo’ja Muhammad az-Zohid kaaba mashhur olimlar yashab ijod qildilar. Bu davrda ayniqsa Samarqandda Abdumalik Samarqandiy, Ismat Buxoriy Bisotiy, Lutfilloh Nishopuriy kabi shoirlar bilan mashhur bo’lgan. Agarda Amir Temur davrigacha Samarqandda fors tilidagi she’riyat rivojlangan bo’lsa, sohibqiron va uning vorislari davriga kelib esa turkiy tildagi adabiyot ham yuksak cho’qqilarga ko’tarilgan. Bu davrda Samarqandda To’g’li Xo’ja, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Xamil Sulton kabi shoirlar turkiy she’riyatni ancha yuksaklikka olib chiqqanlar. Shoirlarda Ismat Buxoriy va Lutfiylar har ikki tilda ham ijod qilganlar.

Temur hukmronligi davrida sa’nat va madaniyatning barcha sohalari gurkirab rivojlangan. Ayniqsa bu davrda rangtasvir, badiiy kulolchilik, metalga badiy ishlov berish, zargarlik, miniatyura, sangtaroshlik, yog’och o’ymakorligi kabi san’at turlari o’zining yuksak cho’qqilariga ko’tarilgan edi. Sa’nat va madaniyat haqida gapirganda Amir Temurning boy va ulkan kutubxonasi haqida alohida to’xtalmoq lozimdir. Ma’lumki, temurning kutubxonasi Arki a’loning ichida bunyod qilingan hashamatli Ko’ksaroyda saqlanar edi. Bir necha ming tom noyob qo’lyozmalarni o’zida jamlagan bu kutubxona faqatgina kitoblarni saqlaydigan joy bo’lmagan. Bu yerda kasblarining piri bo’lgan mohir hattotlar, minatyurachi rassomlar, qo’lyozmalarni bezaydigan naqqoshlar muqovalachilar mehnat qilganlar. Ular noyob kitoblarni qaytadan Samarqand qog’oziga ko’chirganlar. Shu sabali, Amir Temur kutubxonasini o’sha davrning noyob ijodiy ustaxonasi edi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Sohibqiron bobosidan ibrat olgan Boysunqur Mirzo ham 1420 yili Xirotda xuddi shunday kutubxona tashkil qilgan edi.

Amir Temur, Boysunqur Mirzo va Mirzo Ulug’beklar davrida Samarqand hamda Hirotda yaratilgan Noyob kitoblar bugungi kunda dunyoning mashhur kutubxonalari va muzeylarida saqlanmoqda.

Samarqand rangtasvir san’ati tarqqiyoti XIV-XV asrlarga kelib, yangicha nafas bilan gurkirab rivojlanadi. Amir Temu rva boshqa Temuriy hukmdorlarning g’amxo’rliklari, homiyliklari tufayli Samarqandda devoriy, syujetli va manzarali rangtasvir yuksak cho’qqilarga ko’tariladi. Amir Temur davri tarixchilarining qoldirgan ma’lumotlariga ko’ra, musavvirlar saroylarining devorlariga sohibqironning hayoti va faoliyatiga, oila a’zolarining turmush tarziga hamda aslzodalarning hayotlariga bag’ishlangan rang-barang suratlarni chizganlar.shuningdek bu suratlarning e’tiborli joylarida Temurning olimu – ulamolar, elchilar bilan qurgan suhbatlari ham o’rin olgan. Bu davrda Samarqandda barpo qilingan Shirinbeka og’a, Tuman og’a va bibixonim maqbaralarining ichki devorlari rang-barang manzarali rang tasvir bilan qoplangan. Ganchdan qilingan oq fonga ko’k buyoqlar bilan rasm chizilib oltin suvi yuritilganidan so’ng bu manzaralar barchani lol qoldirgan. Samarqand maqbaralarining devorlariga chizilgan manzarali rangtasvirda asosan afsonaviy jannat bog’lari tasvirlanganligini tadqiqotchilar qayd qilganlar. Amir Temur davrida Samarqandda paydo bo’lgan manzarali rangtasvir san’ati XVII asrlarda ham barhayot bo’lganligini Yalangto’shbiy Bahodir bunyod qilgan Sherdor va Tillakori madrasalarida ham ko’rishimiz mumkin. Bu misol san’atning ushbu turi boshqa hukmdorlarning ham nozik didlariga mos kelganligini ko’rsatib turibdi.

Bu davrda miniatyura san’ati ham tez sur’atlar bilan tariqqiy qildi. Samarqandda ma’lumki, miniatyura san’ati qo’lyozmalarni badiiy bezash ishlarining bir qismi sifatida paydo bo’lgan.



Miniatyura san’ati rivojlanishida musavvir Abulxayning o’rni katta bo’lgan. Abdulxay 1396 yildan boshlab Samarqandda yashagan va ko’plab qobiliyatli shogrdlar tayyorlagan. Uning shogirdlaridan Pir Ahmad Bog’ishamoliyning nomi abadiylashib qolgan. Pir Ahmad Amir Temurning Bog’ishamol nomli bog’idagi saroyni bezashda ishtirok etgan va bog’ning nomini o’ziga taxallus qilib olgan. Amir Temur davrida Samarqandda yaratilgan noyob miniatyuralar bugun Istambul, Parij, London, Vashington, Sankt-Peterburg kabi shaharlarning muzey hamda kutubxonalarida sakdanmokda.

Amir Temur va temuriylar davrida Samarqand kulolchiligi takomillashib, yangi qirralar va shakllar bilan boyib borgan. Hunarmandchilikning bu sohasida-ayniqsa, badiiy sopolchilik alohida ajralib turgan. Rang-barang bezaklar, buyoqlar bilan bezatilgan idish-tavoklar kundalik ro’zg’or idishlaridan ko’ra ko’proq san’at namunalariga yaqin turgan. Shu o’rinda buyuk nemis shoiri GyoteninN «Madaniyati yuksak bo’lgan xalqlarning ro’zg’or buyumlari ham san’at asarlariga aylanib ketadi degan gaplarini eslamoq joizdir. Amir Temur va temuriylar) davri badiiy kulolchiligiga nazar soladigan bo’lsak. Bu davrda kulolchilikda yangi uslublar, shakllar, bezaxlar kashf qilingaligiga guvoh bo’lamiz. Samarqand kulollari mahalliy koshin asosida oqsutrang xom ashyo hosil qilinadi, unga kobalt bilan suratlar chizishni kashf qildilar. Bunday usulda yasalgan idishlar o’z jarangi va nafisligi bilan Xigoy chinnisidan qolishmagan. Amir Temur va temuriylar davrida Samarqandda yaratilgan kulolchilik idishlari XII-XIII va XVI-XVIII asrlardagi sopol idishlardan alohida ajralib turadi va O’rta Sharq kulolchiligida o’z o’rniga egadir. Shu sababli bu uslub hunarmandchilik tarixida «temuriylar uslubi» degan nom bilan alohida nom bilan belgilangandir.

Metallga badiiy ishlov berish san’ati Amir Temur davlatida, ayniqsa, poytaxt Samarqandda juda rivojlanaganligi tarixiy manbalarda va keyingi davrlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda qayd qilingan. Temuriylar davrining mohir ustalari oltin, kumush, mis va bronzadan har xil idish tovoqlar, shamdonlar, qurol-yarog’lar yasaganlar. Qimmat baho metallardan yasalgan idish-tovoqlar, qadah, ko’za va oftobalar Amir Temur uyushtirgan sayl, bazm, to’ylarda hamda elchilarni qabul qilish marasimlarida ishlatilganligitarixiy manbalarda qayd qilingandir. Ayniqsa o’sha davrda yasalgan qandillar juda hashamatli, qimmatbaho bo’lganligini tarixchi Ibn Arabshoh ham yozib qoldirgan.

Registon maydonida olib borilgan arxeologik tadqikqotlar paytida topilgan 60 dan oshiq metall buyumlar XIV_XV asrlardagi samarqand chilangarlik maktabining yuksak cho’qqilarga ko’tarilganligini yaqqol isbotlaydi. Bu yerda topilgan bronza va misdan yasalgan ko’zalar, oftobalar, laganlar kosalar, shamdonlar, eshik dastalariningsirtiga mohir ustalar ingichka kumush iplardan ajoyib naqshlar solganlarki bu naqshlar o’z jilosi bilan kishini hayratga soladi.

Amir Temur davrida Samarqadda hunarmandchilikning zargarlik, shishasozlik, sartaroshlik, temirchilik kabi sohalari ham yaxshi rivojlanganligi tarixiy manbalarda alohida tilga olingan. Bu san’at turlarida saqlangan ayrim namunalar bugungi kunda dunyoning mashhur muzeylarida saqlanmoqda.



Amir Temur davridagi Samarqand san’ati va madaniyati haqida gapirganda musiqa to’g’risida alohida to’xtalmoq lozim. Amir Temurning harbiy yurishlari, bazm, sayl va to’ylari, qabul marosimlari musiqasiz o’tmasdi. O’sha davrda Samarqandda mashhur bastakorlar, sozandalar, qo’shiqchilar va raqqoslar yashab ijod qilganlar. Amir Temur davrida samarqandda yashab ijod qilgan eng mashhur bastakorlardan biri – Abduhodir Marog’iydir (1340-1435). Sohibqiron bu musiqachining dovrug’ini eshitib uni Bag’doddan Samarqandga ko’chirib kelgan. Xo’ja Abduqodir Marog’iy bastakor sifatida 200 dan oshiq asarlar va usullar yaratganligi ma’lum. Marog’iy musiqa nazariyasi bo’yicha «Maqosid-al-alxon», «Javome al-alxon», «Kanz al-alxon», «Sharq-al-advor» kabi asarlarning muallifi bo’lishi bilan birga, barcha maqomlarga yangi bo’limlar kiritgan bastakor sifatida ham mashhurdir (G’afurbekov T. 1996.). Aynan shu davrlarda Samarqandda Abdullatif Damg’oniy,Mahmud Xorazmiy va Jaloliddin Xorazmiy kabi mashhur, xushovoz qo’shiqchilar yashaganliklari ma’lum.

Yog’och o’ymakorligi ham taraqqiy qilgan bo’lsa Samarqandda Amir Temur davrida Yong’oq va tut kabi pishiq yog’ochlardan yasalgan eshiklarning sirtiga geometrik va o’simliksimon naqshlar solingan, husnixat bilan ishlangan yozuvlardan esa qo’shimcha bezak sifatida foydalanilgan. Samarqanddagi Shohi Zinda va Amir Temur maqbaralariga o’rnatilgan yog’och eshiklar
yuksak darajada yasalgan san’at asarlari sifatida qadrlanadi.
Samarqandda yasalgan yog’och eshiklarning ayrim namunalari bu-
gungi kunda Angliyada, Nyu-Yorqdagi Badiiy Metropoliten mu-
zeyidava Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeylarida sakdanmokda.

Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib shuni aytishimiz lozimki, Amir Temur qisqa vaqt ichida Samarkand san’at va madaniyat, shaharsozlikni, me’morchilikni inqirozdan olib chiqib yuksak cho’qqilarga ko’tardi. Poytaxt Samarqandda tug’ilgan ilg’or g’oyalar, kashfiyotlar bu yerdagi qulay yaratuvchilik muhiti tufayli hayotga tadbiq etildi. Bu jarayon olimlar tomonidan "Temuriylar Renessansi" deya baholandi. Yuqoridagi fikrlarimizni mashhur fransuz sharqshunosi Jan-Pol Runing qo’yidagi fikrlari bilan yakunlaymiz. "Haqiqatdan ham Temur taxmin qilish mumkin bo’lgan darajadan ham ko’p insoniy dahoga ega edi... Samarqandga juda qo’plab talantli kishilarni keltirgani ham rost; shu sababli shaharda faqat yangiliklar sodir bo’ldi. Bundan tashqari yaratilgan katta iqtisodiy imkoniyatlar san’at va madaniyat poeziya, ilm-fanning rivojlanishiga asos bo’ldi. Bularning natijasi temuriylar Renessansinig tug’ilishiga olib keldi... Qisqa qilib aytganda, Temuriylar Renessansi musulmon sivi-lizasiyasining tojidagi ajoyib javohirlardan biri bo’lib qoldi».

Sohibqiron Amir Temurdan so’ng bobosining bunyodkorlik, homiylik ishlarini davom ettirib Samarqandning va umuman temuriylar davlatining shon-shuhratini yuksak cho’qqilarga ko’targan temuriyzoda hukmdor - Mirzo Ulug’bekdir.



Mirzo Ulug’bek 1411 yildan to 1447 yilgacha Movarounnaxrni o’zi boshqargan bo’lsa-da, lekin tangalarni otasi Shohrux nomidan zarb qildiradi, juma namozdagi xutbaga ham Mirzo Shohrux nomi qo’shib o’qiladi.

Mirzo Ulug’bek ulug’ bobosi Amir Temurdan ko’p xislatlarni
meros qilib olgan bo’lsada, sarkardalik borasida bobosidan
juda ortda edi. Ammo uning ilm-fan sohasidagi buyuk xizmat-
lari bu boradagi barcha kamchiliklarini to’ldiradi.

Amir Temurdan keyin poytaxt Samarqandning obodonchiligi, madaniyati, ilm-fani borasida eng katta xizmatlar qilgan temuriy hukmdor Mirzo Ulug’bek hisoblanadi. Tarixiy manbalarda Ulug’bek davrida Samarqand hayoti xuddi Amir Temur davridagidek davom etganligi yozilgan. To’ylar, bayramlar avvalgidek kuy-qo’shiqlar bilan o’tgan. Mirzo Ulug’bek islom dini va ilm-fanning taraqqiyoti yo’lida ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Ulug’bekning shaxsiy: tashabbusi bilan hozirgi Registon maydonida hashamatli madrasa, Muqatta masjidi va xonaqoh barpo qilingan, Registon atrofida karvonsaroy va hammom qurilgan. Bundan tashqari u Ulug’bek sohibqiron bobosiga taqlid qilib Cho’ponota tepaligining g’arbiy etagida Bog’imaydon va Chinnixona nomli ikkita bog’-saroy bunyod qildirgan.

1417 yidda boshlanib 1420 yili qurib bitkazilgan Ulug’bek madrasasining birinchi mudarrisi Mavlono Xavofiy bo’lgan. Keyin bu madrasaga uzoq vaqt mobaynida mashhur alloma Qozizoda Rumiy mudarrislik qilgan. Tarixiy manbalarda Qozizoda Rumiyning ma’ruzasini eshitish uchun Hirotdan Samarqandga Abdurahmon Jomiy maxsus kelganligi aytilgan.

Shak-shubhasizki, Mirzo Ulug’bek tarix sahifalarida, avvalambor, alloma-hukmdor sifatida qolgandir. Yoshligidanoq harbiy san’atdan ko’ra ko’proq ilmga ishtiyoqi bo’lgan Ulug’bek astronomiyaga qiziqadi. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida ilm bilan mashg’ul bo’lgan allomalar, astronomiya sohasida yanada unumli va aniq ilmiy ishlar olib borish, rasadxona qurishni taqoza qilayotganligini aytadilar. Mirzo Ulug’bek Samarqandda rasadxona qurishga kirishar ekan, olimlarga avvallari Bog’dod, Damashq, Isfahon va Marog’da qurilgan rasadxonalarning tuzilishi hamda o’sha rasadxonalarda ishlatilgan ilmiy asboblarni har tomonlama o’rganib chiqishni buyuradi.

Samarqand atrofidagi joylar tekshirib chiqilgach, rasadxona qurilishi, 1420 yili obi Rahmat arig’ining yoqasida boshlanadi. Silindr shaklli, uch qavatli bu ilmiy inshoat 9 yil mobaynida quriladi. Qurilish tugashi bilanoq ilmiy ishlar boshlanadi: bu yerda Mirzo Ulug’bek boshchiligida Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi,g’iyosiddin Jamshid al-Koshiy kabi mashhur olimlar kechayu-kunduz ilmi-bilan shug’ullanadilar. Rasadxonada olib borilgan uzoq va mashaqqatli ilmiy kuzatishlarning natijasida «Ziji jadidi Ko’ragoniy» ya’ni «Ko’ragoniyning yangi jadvali» nomli fundamental asar yozib tugallanadi.

Tarixiy manbalarda Mirzo Ulug’bek davrida Samarqandda 100 dan oshiq yetuk allomalar ilm-fanning barcha sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borganliklari ma’lumdir. Samarqandda Mirzo Ulug’bek yaratgan bu ilmiy maktab fan tarixiga «Dorul Hikma» (donishmandlar uyi) nomi bilan kirgandir.


Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling