1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Shaxrisabz (XVII-XIX asr oxirlari)


Download 398 Kb.
bet45/45
Sana09.01.2022
Hajmi398 Kb.
#268722
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Shahar 210121161844

Shaxrisabz (XVII-XIX asr oxirlari)
Ashtarxoniylar hukmronligi davri (XVII — XVIII asrning birinchi yarmi) ichki va tashqi dushmanlar bilan to’xtovsiz urushlar davri bo’ldi. Ashtarxoniylar sulolasining ko’pchilik xonlari markaziy davlat boshqaruvini izdan chiqarib, mamlakat amalda yirik o’zbek (mang’it, ke-nagas va boshqa) qabilalari, biylari va amirlari tomonidan boshqarilar, ular xonlarni taxtga o’tkazishar va taxtdan mahrum etishar, o’ldirishar yoki mamlakatdan quvib yuborishar edi. Bu jarayonlar Kashqadaryo vohasiga, iqtisodiy hayotga, dehqonchilik rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. XVII asr boshlarida Karshi vohasida Ashtarxoniylarga qarshi ko’tarilgan qo’zgolon bostirilgach, Boqi Muhammadxonning buyrugi bilan Qora Kamar kanali buzib tashlandi. Bu esa Quyi Kashqadaryoda suv yetish-masligiga va dehqonchilikning izdan chiqishiga olib keldi. Lekin bunday salbiy hodisalarga qaramasdan, Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Buxoro hukmdorlarida jiddiy tashvish uyg’otayotgan Shahrisabzga nisbatan Movarounnahrning eng tinch va osuda viloyatlaridan hisoblanar edi. Bu davrda Shahrisabzda o’ng va chap qanot qabilalar — kenagaslar, yobular va boshqalar hukmronlik qilib, ular Buxorodagi oliy hokimiyatnn tan olmaslikka intilishi bilan ajralib turardi. Tarixchi Muhammad Bade’niig «Muzokir ul-as’hob» («Suhbatdoshlar fikri») asarida keltiriyagan ma’lumotga qaraganda, XVII asr oxirlarida Qarshi Buxoro xonligining yi-rik va obod shahri bo’lib, unda Abdullaxon tomonidan qurilgan masjid, madrasa, karvonsaroy, hammom, sardoba va yopiq bozorlar faoliyat ko’rsatar edi. Kesh viloyati esa bu davrda (1692), xuddi Samarqand singari, xarob ahvolda edi.

Buxoroda Subhonqulixon hukmronligi davrida (1681—1702) xivaliklarning Buxoro xonligida talonchilik hujumlari yanada kuchaydi. Quyi Kashqadaryoning shahar va qishloqlari, qal’alarining vayron bo’lishiga olib kelgan bu hujumlar davrida bir qancha viloyat hokimlari, hususan, Samarqand va Shahrisabz beklari xorazmliklarni ochiqdan-ochiq qo’llab-quvvatlab turdilar. Xorazm xoni Anushaxonning 1686 yilda Buxoro hududiga uyushtirgan talonchilik yurishlari paytida Shahrisabz Anushaxon tomoniga o’tdi. Bu hodisa Buxorodagi markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimlar, hususan Shahrisabz o’rtasidagi chuqur ziddiyatlardan dalolat beradi.



XVIII asr boshlarida Shahrisabz deyarli mustaqil boshqarilgan bo’lib, Ubaydullaxon (1702—1711) tomonidan bu hududni boshqarish uchun tayinlangan Xudoyerbiy mang’it Rustambiy boshliq shahrisabzliklar qarshiligini yenga olmaganligi, Ubaydullaxonning Balx shahriga uyushtirgan yurishlarida ham Buxoro qo’shini tarkibiga kirgan shah-risabzliklar mustaqil harakat qilib, Ubaydullaxonga bo’ysunmaganliklari Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» asarida keltirib o’tilgan. Abulfayzxon (1711—1747) ham Qashqadaryo vohasida o’z hokimiyatini mustahkam o’rnata olmadi. Mahalliy hokimlar o’zlarini markaziy hokimiyatdan butunlay mustaqil his etib, tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turar edilar. Hatto Buxoroning ta’siri kuchli bo’lgan Qarshining ham separatchilik kayfiyatidagi hokimyaar tomoniga o’tib turganligi Abulfayzxonning bu hududdagi hokimiyati zaifligidan dalolat beradi. Mahalliy hokimlar bilan bo’lgan ziddiyatlar va saroy fitnalari shunga olib keldiki, hatto Ubaydullaxon va Abulfayzxonning shaxsiy qo’riqchilari rus va qalmiq qullaridan tuzilgan edi. Ibrohim Miroxo’r boshchiligidagi shahrisabzliklar Karshini egallab, Buxoroga ham talonchilik hujumlarini uyushtirib turdilar. Ibrohim Miroxo’r kenagas, Niyoz qatag’on va boshqalar birlashib, 1723 yilda Samarqandda mustaqil xonlik tuzilganligini e’lon qildilar va Ibrohim kenagasning kuyovi, Xiva xonlari avlodidan bo’lgan Rajabxonni taxtga o’tqazdilar. Shu tariqa tashkil tongan Samarqand xonligi 1729 yilning oxirlarigacha o’z mustaqilligini saqlab turdi. «Tuhfat al-Xoniy» asarining muallifi Muhammad Vafo Karmanagiy bergan xabarga qaraganda, bu qo’sh hokimiyatchilik va anarxiyadan foydalangan Dashti Qipchoq qozoqlari yetti yil davomida (1723—1729) Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik hujumlari uyushtirib turganlar. Natijada shaharlarda hayot izdan chiqib, poytaxt Buxoroda arkdan tashqari ikkitagina guzarda aholi qolgan bo’lsa, Samarqand va Shahrisabzda bir necha yillar davomida shahar hayoti butunlay to’xtab qoldi.

Tarixda «Amiri ma’sum» («Begunoh amir») nomi bilan qolgan Shohmurod-ning hukmronlik davri (1785—1800) Buxoroda markaziy hokimiyatning mustahkamlanish davri bo’ldi. Amirlikdagi separatistik kuchlarga qarshi qattiq kurash olib borgan amir Shohmurod 1786 yilda Shahrisabz vohasini o’ziga to’liq bo’ysundirdi va bu hudud to uning o’limigacha Buxoro tarkibida qoldi. Amir Shohmurod o’z o’gli amir Xaydarni mang’itlarning ota meros mulki hisoblangan va amirlikda katta nufuzga ega bo’lgan Qarshi shahriga hokim etib tayinladi, shundan boshlab Buxoro taxti vorislarining Qarshida hokimlik qilishi odat tusini oldi. Amir Xaydar o’z hukmronligining (1800—1826) boshlarida Shahrisabz vohasini mahalliy hukmdor Doniyol vallomaga qo’qonliklar bilan bo’lgan urushda buxorolik-larga ko’rsatgan yordami uchun merosiy mulk sifatida taqdim etishga majbur bo’ldi, natijada Shahrisabz vohasi 1858 yilgacha mustaqil boshqarildi. Amir Nasrullo (1826—1860 yillarda hukm surgan) Shahrisabzni bo’ysundirish uchun 30 yilga yaqin kurash olib bordi va 1858 yilga kelibgina Shahrisabz vohasini egallashga muvaffaq bo’ldi. Shahrisabz, Kitob va Yakkabog’ga mang’it urug’idan bo’lgan beklarni hokim etib tayinladi.

«Ko’qondan Keshgacha bo’lgan barcha mamlakatlar»ni (Ahmad Donish) bo’ysundirgan amir Nasrullo amalda Buxoroning oxirgi mustaqil hukmdori bo’lib qoldi. O’limi oldidan o’zining sevimli xotini «Kenagas xonim»ni, uning akasi Iskandar vallomani va ularning qarindoshlarini qatl ettirishga ulgurgan Nasrulloxondan so’ng Buxoro taxtiga uning o’g’li Muzaffarxon o’tirdi (1860— 1885 yillarda hukm surgan). Uning hukm-ronligi boshidayeq amirlik hududi birmuncha qisqardi. Katta qiyinchilik bilan bo’ysundirilgan Shahrisabz, Kitob bekliklari yana Buxoroga bo’ysunishdan bosh tortdilar. Lekin amirlik uchun eng katta xavf hali oldinda edi. Uning hukmronligi davrida O’rta Osiyoning katta qismi, shuningdek, Buxoro amirligining boy va hosildor Zarafshon vohasining yuqori va o’rta oqimi uning bosh shahri Samarqand bilan birga chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Ruslar Toshkentni (1865), Xo’jand, O’ratepa va Jizzaxni (1866) hamda Samarqandni (1868) egallaganlaridan so’ng, 1868 yilning iyun oyida Zirabuloq yonida Buxoro qo’shinlari bilan chor Rossiyasining hal qiluvchi jangi bo’lib o’tdi. Bu jangda mag’lubiyatga uchragan amir Muzaffar fon Kaufman tomonidan tu-zilgan shartnomaga imzo chekishga va Bu-xoroning Rossiyaga qaramligini tan olishga majbur bo’ldi. Bu voqyealar Kashqadaryo vohasida ham siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. 1868 yilning may oyida Amir Muzaffarning G’uzorda beklik qilayotgan katta o’g’li Abdumalikto’ra Kitob begi Jo’rabek va Shahrisabz begi Bobobeklar bilan birga-likda katta qo’shin to’plab, Rossiya qo’shinlari tomonidan egallangan Samarqandga yurish qildilar.

1870 yildagi voqyealardan keyin Shahrisabz vohasi to 1920 yilgacha Buxoro amirligi tarkibida qoldi va tinch sharoitda rivojlandi. Dastlabki man-g’ityaar davrida qabul qilingan an’ana, ya’ni taxt vorisining Karshida hokim-lik qilishi bu davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Amir Abdulahad (1885—1910) va Said Olimxon (910— 1920) Buxoro taxtiga o’tirishdan ol-din Karshida taxt vorisi va viloyat hokimi sifatida faoyaiyat yuritganligi fikrimiz dalilidir.

Kashqadaryo vohasining biz ko’rib chiqayotgan davrdagi ma’muriy tuzilishiga nazar tashlasak, uning doimiy emasligiga va siyesiy voqyealarga mos ravishda o’zgarib turganligiga ishonch hosil qilamiz. Agar XVI asr boshlarida vohada 3 ta viloyat — Karshi, Shahrisabz va G’uzor viloyatlari mavjud bo’lgan bo’lsa, Abdullaxon 11 hukmronligi davrida voha Karshi va Kesh viyaoyatlariga bo’lingan edi. Ashtarxonshylar hukmronligining dastlabki davrlarida Kashqadaryo vohasida ikkita mustaqil ulus — Shahrisabz va G’uzor mavjud bo’aganligi manbalarda aks etgan. Mang’it amirlari hukmronligi davrida esa Kashqadaryo vohasi Karshi, Shahrisabz, G’uzor, Kitob, Yakkabog’ va Chiroqchi bekliklariga bo’lingan. Beklar Buxoro amirligi tomonidan tayinlanar va bo’shatilar edi. Bekliklar, o’z navbatida, kichik ma’muriy birliklar — amloqdorliklarga bo’linar edi. Amloqdorlar turli soliqlarni yig’ish va boshqa xo’jalik masalalarini hal qilishga boshchilik qilganlar.

Shaharsozlik va mudofaa tizimi. XVI—XIX asrlarda Shahrisabz va Kitob Qashqadaryo vohasining yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri edi. Bu shaharlarning so’nggi o’rta asrlardagi tarixiy topografiyasiga doir qimmatli ma’lumotlar 1942 yilda o’lkaga tashrif buyurgan M.Ye.Masson va G.A.Pugachenkovalar tadqiqotarida, keyinchalik Shahrisabz guzarlarini max-sus tadqiq etgan O.A.Suxareva asarlarida hamda ToshDU arxeologiya kafedra-si a’zolari tadqiqotlarida o’z aksini tongan. Mavjud ma’lumotlar ushbu sha-harlarning XVI—XIX asrlardagi qiyofasini yoritish imkonini beradi.



Shahrisabzda bir nschta bozor mavjud bo’lib, asosiysi — shahar bozori bek o’rdasining janubida joylashgan. Bu joyda hozirgi paytda ham savdo inshooti — Chorsu saqlanib qolgan. Mutaxassislar fikricha, bu bino XV asr oxiri — XVI asr boshlarida barpo etilgan. Shahar aholisining asosiy qismi savdo-sotiq va hunarmandlik bilan shug’ullangan. Manbalarning guvohlik berishicha, XIX asrda shaharda savdo-sotiq bilan shug’ullanuvchi yahudiy va hindlar, armanlar ham yashagan.

XVIII—XIX asrlarda Shahrisabz paxsa devor bilan o’ralgan bo’yaib, oltita darvozaga ega bo’lgan. Bular quyidagilardir:

Shimoliy darvoza — Kitob darvoza yoki Ark darvoza deb ataladi. Birinchi nom ushbu darvoza orqali o’tgan Kitobga olib boruvchi yo’l bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi nom darvozaning Shahrisabz begi Qo’rg’oni yonida joylashganligi bilan bog’liq;

Sharqiy darvoza — Kunchiqar darvoza;

G’arbiy darvoza — Qushxona yoki Chiroqchi darvoza. Ushbu darvoza orqali Chi-roqchiga olib boruvchi yo’l o’tgan;

Janubiy darvoza — Charmgar yoki Yakkabog darvoza. Darvozaning yaqinida Kat-ta charmgar yoki Kichkina charmgar guzarlari joylashgan. Darvozaning birinchi nomi ushbu guzarlar bilan, ikkinchi nomi darvoza orqali o’tgan Yakkabog’ga boruvchi yo’l bilan bogliq.
Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling