1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja
Namangan (XVIII-XIX asr oxirlarida)/
Download 398 Kb.
|
Shahar 210121161844
Namangan (XVIII-XIX asr oxirlarida)/
XVIII asr boshlarida Farg’ona vodiysida mastaqil Qo’qon xonligi tashkil topgan va u ma’muriy jihatdan un sakizta beklikka bo’linib idora etilgan. Ular orasida hozirgi Namangan viloyati hududidagi Namangan, Chortoq, Koson va Bobodarxon (Hozir Tojikiston respublikasi) bekliklari ham bor edi. Namangan bekligining markazi bo’lgan Namangan shahri Qo’qon xonligining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazlaridan biri edi. Fag’ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan Namangan xonlik tashkil topgan dastlabki yillardayoq hunarmandchilik va savdo taraqqiy etgan shaharlardan biriga aylangan. 1803 yili Namangan shahrining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan Norin daryosidan suv oluvchi Yangiariq kanadi qazildi. 1819 yili yangi ariq kanali Qo’qon xoni Umarxon (1809-1822) tomonidan kengaytirilish natijasida quruq yerlar o’zlashtirilib, Namangan shahri yanada kengaygan. Ma’lumotlarga qaraganda XIX asrning 50- yillarida Namangan shaxrida 25 millionlan ortiq aholi yashagan. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligida bo’lgan rus sharqshunosi V.V. Velyaminov-Zernov o’zining estaliklarida Namangan shahri Qo’qon va Toshkent shaharlari kabi xonlik hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, yerlari, asosan, yangiariq va Podshoota kanallaridan suv ichishi va shahar aholisining asosiy qismini chig’atoy urug’iga mansub o’zbeklar tashkil etishi hususida ma’lumot keltirib o’tadi. Namanganda mahalliy aholidan tashqari, savdo, ilm olish va turli maqsadlarda kelib qolgan boshqa etnos vakillarini ham uchratish mumkin edi. Hususan XIX asrning ikki yarimida, ya’ni Qo’qon xonligi tugatilishi arafasida Namangan shahrida 28 nafar hind yashagan. Qurilayotgan davrda Namanganda bir necha yahudiy oilalri ham mavjud bo’lib, ular hindlar singari savdo ishlari, sudxo’rlik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Namangan XIX asr boshlariga kelib xonlikning yirik markazlaridan biriga aylangan va atrofii mudofaa devori bilan o’ralgan. XIX asrning ikkinchi choragida Namangan Qo’qon xonligining sug’o-rish inshootlari yaxshi yo’lga qo’yilgan, dehqonchilik rivojlangan, yirik savdo shahri bo’lgan. Namangan iqtisodiy sohada ham Qo’qon xonligida o’z mavqyeiga ega edi. Hususan, metallurgiya sanoati rivojlanganligi bois Namangan xonligidagina emas, balki O’rta Osiyoda ham mashhur bo’lgan. Namanoganda qurolsozlik ham rivojlangan bo’lib, yerda miltiq va qilichlar tayyorlangan. Ular esa Namangan xonligining xarbiy jihatdan muhim shaharlaridan biri bo’lganligini ko’rasatdi. Namanganda hunarmandchilik ham rivojldangan. U xonlikda atlas, beqasam, shoyi, surf kabi ipak va ip matolar ishlab chiqarishda Qo’qon va Marg’ilon kabi yetakchilik qilishgan. XIX arsning o’rtalarida O’rta Osiyoda bo’lgan A.Vamberining yozishicha buxoro bozorlarida Hindiston, Avg’oniston, Eron, Rossiya bozorlariga olib ketiladigan ipakning asosiy qismi Qo’qon xonligida hususan Namangan va Marg’ilondan xarid qilingan. Qo’qon xonligida ro’yan (Marena) deb nomlangan butasimon o’simlik ildizadan tabiiy kizil rangdagi, narpus (qora anor) – dan esa qora rangdagi usimlik buyog’i tayyorlanib, kushni mamlakatlarga, xususan, Rossiyaga kuplab olib ketilgan. Bu buyoklar juda mashxur bulib, asosan, Namanganda tayyorlangan. Qo’qon xonligidagi ishlab chiqiladigan ip kalavalari qo’shni mamlakatlarda mashxur bo’lib xonlikda eng mashxur bulib, xonlikdagi eng yukori sifatli kalava Namanganda tayyorlangan va u, asosan, Rossiya va Xindistonga olib ketilgan. Kalavaning bir pudi 102 rubldan 127 rublgacha sotilgan. Namangan tamakasi bilan xam mashxur bulib, xonliklar davrida O’rta Osiyoda u bilan rakkobatlasha oladigan tamaki bo’lmagan. Namangan tamakisining sifati yukori, sarik rangda bulib, xuddi Amerika tamakisiga uxshar edi. XIX asr boshlarida xonlikning eng boy xamda yirik shaxarlari Kukon va Toshkent bulsa-da, axoli xayotining faravonligi buyicha Namangan xonlikda ajralib turgan. Bu yerdagi boglarda yetishtiriladigan mevalarni turlari juda kup bulib, xususan, olma, anor, boshka shaxarlarga sotish uchun kuplab olib borilgan. Uzumning sifati buyicha eng yaxshisi xam Namanganda bulgan. Xonlikda anjir va anor yetishtirishda Namangan mashxur bulib, anjir mevasi, anor guli, ildizi, pustlogi va yaprogidan maxalliy tabiblar turli kasalliklarni davolashda foydalanganlar. Namanganning bozorlari xam tukin sochinligi va kattaligi bilan xonlikda yetakchi bulgan. Namanganning markazida kata bozor va Bek, Beklar begi, mavlaviy karvonsaroylari bulgan. Namangan bozori kukon va Toshkentbozorlaridan kam bulmagan va shanba, yakshanba, kunlari saxardan to kechgacha ishlagan. Narxlar esa ancha arzon: bir botmon (0,832 kg ga teng) uzun 1 tilla, 3 botmon urik 1 tilla, ikki botmon bugdoy 1 tilla, 4 botmon juxori 1 tilla. Kukon xoni xudoyorxon Namanganning iktisodiy saloxiyatini xisobga olib 500 dukondan iborat yirik bozor kurdirgan. Bu bozordan keladigan daromadning asosiy kismi xon xazinasiga tushgan. Xar bir dukon xon xazinasiga 5 tilladn 10 tillagacha solik tulab turgan. Namangan Qirg’izlar yashaydigan hududlarda yaqin joylashganligi sababli ular bilan savdo alokalari joylashganligi sababli ular bilan savdo alokalari yil buyi davom etgan. Xonlikning turli xududlaridan kelgan savdogarlar ham Qirg’izlar bilan Namangan bozorlarida savdo kilganlar, savdo, asosan, mol ayirboshlash asosida olib borilgan. Mol ayirboshlashda qo’y asosiy o’rinni egallagan. (qisman, jun, teri, va hokazolar). Namangan bozorida bir rubl turadigan yo’l-yo’l gazlamaning bir yaktak va bir ishton chakidigan bulgani uchun Qirg’izlar bir yarim yoshli echki berganlar. Shunday matoning ikki bo’lagiga esa qo’y almashtirganlar. Qo’qon xonligida oltin va kumush juda kam bo’lib, oltin, asosn, Namangan bozorlariga Kosonsoydan olib kelingan bo’lsa, kumush Qirg’izlar tomonidan Olatau togliradn va ketmontepa qo’rg’onidan olib kelingan. Namanganlik savdogarlar ham o’z navbatida maxalliy mahsulotlarni turli mamlakatlarga olib borib sotganlar va zarur maxsulotlarni olib kaytganlar. Ular Qo’qon va Xo’jand orkali Toshkent bozorlariga yil davomida borib savdo kilgan bulsalar, ikkinchi tomondan Qo’qonlik savdogarlar bilan birga Namangan orkali Tirs toglari, Chotqol vodiysidan Qorabura darasi va u yerdan Avliyootaga utib, Chimkent orkali Yettisuv, Oqjar va Qoplonbek orkali Toshkent bozorlariga borganlar. Bu yuldan fakat yozda foydalanilgan. Chunki boshka oylarda bu yullarda kor kup bulgan. Namangandan avliyoota shaxriga savdo karvonlari katnagan, avliyootadan Namanganga asosan qozoq qo’ylari xaydab kelingan. Toshkentlik, qo’qonlik, andijonlik savdogarlar kabi Namanganlik savdogarlar ham savdo maksadida Samarqand, Buxoro shaharlari orkali shimoliy Hindiston shaxarlariga safar kilganlar. Namanganlik savdogarlar Hindistondan tashkari O’rta Osiyo xonliklari, Afg’oniston, Eron, Qog’ar, Rossiya va boshqa mamlakatlarga ham boran. Hususan, ko’plab Namanganlik savdogarlar Sibirga joylashib qolganlar. Ular umimiy nom bilan buxorolik deb atalgan. XIX asrning ikkinchi yarmida, ya’ni Qo’qon xonligi tugatilishi arafasida Namangan shahri aholisining 64 foiz xunarmandchilik, 10 foizi savdo ishlari bilan shugullangan. Xunarmandchilik bilan mashg’ul axolining kupligi buyicha Namangan O’rta Osiyoda yetakchilik kilgan. Xulosa sifatida kayd etish mumkinki, Namangan shahri Qo’qon xonligi davrida siyosiy, madaniy va iktisodiy jixatdan yetakchi urinlardan birini egallagan. Download 398 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling