1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja
Download 398 Kb.
|
Shahar 210121161844
Dars o’tish vositalari:
(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar) Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish. Darsning xrono kartasi-80minut. O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi. Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut Yo’qlama-5 minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut Yangi mavzu bayoni-50 minut Sinov savollari namunasi-5 minut Uyga vazifa berish Buxoro Ashtarxoniy Ubaydullaxon (1702-1711) Buxoro savdogarlari va hunarmandlariga tayanib, xon hokimiyati mavqyeini kuchaytirishga harakat qildi. Tarixchi Mir Muxammad Amin Buxoriyning ta’kidlashicha, Ubaydullaxon davlat boshqaruviga hunarmand va savdogarlarning bolalarini, "nasabsiz", "kelib chiqishi past" kishilarni jalb qildi va podshoh xuzuriga jaydari kishilar xam kirish xuquqiga ega bo’ldilar; hunarmandlar va savdogarlarning bolalari esa sharafli lavozimlarga yaqinlashishga harakat qilardilar. Davlatning iqtisodiy negizini mustahkamlash uchun Ubaydulla yirik yer egalarining imtiyozlarini kamaytirish, ularning ayrimlarini imtiyozdan butkul mahrum etish, jumladan siyosiy va iqtisodiy qudratli jo’ybor shayxlarini soliq imtiyozlaridan maxrum qilish tadbirini ko’rdi. Ubaydulla iqtisodiy siyosatining bunday choralari, tabiiyki, yirik feo-dallarning noroziligini uyg’otdi va ularning Ubaydullaga faol karshi chiqishlariga sabab bo’ldi. Ubaydullaxon tangalarni qayta zarb etish (xar bir tangadan to’rtta tanga zarb qilindi, bunda yangi tangada kumush miqdori to’rt hissa kam edi) hisobiga davlat xazinasini to’ldirmoqchi bo’ldi, biroq 6u xol Buxoro jamiyati barcha qatlamlarini g’azablantirdi va shaxarliklarning ko’zg’olon ko’tarishiga sabab bo’ldi. Feodal zodagonlar tomonidan mohirlik bilan ko’pirtirilayotgan hunarmand va savdogarlarnnng noroziliklari shunga olib keldiki, ular endi Ubaydullaxon shaxsida keng xalk ommasi man-faatlarining himoyachisini ko’rmay qo’ydilar. Ubaydullaxon faoliyati unga qarshi fitna uyushtirilib, o’ldirilishi bilan poyoniga yetdi. Davlat xazinasi talon-toroj etildi, Ubaydullaxon orzu qilgan "davlatning farovonlashuvi va gullab-yashnashi" o’sha davr mavjud sharoitida amalga oshmay qolib ketdi. Ubaydullaxon separatizmga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan va xonlik hokimiyatini kuchaytirishga intilgan Ashtarxoniylar (Joniylar) sulolasining eng so’nggi xoni edi. XVII -XVIII asrlarda Joniylar davrida pul muomalasi tizimi anchagina o’zgardi. XVII asr boshlarida Joniylar hali xam yuqori probali tanga chiqarishar va shayboniylar kumushi xam muomalada davom etaverardi. Birok XVII asrnnng I yarmida tangalardagi kumush probasi oz-ozdan, xar gal 5-10 foizdan pasaya bordi. Joniylar davrida "yangi" tangalar qiymati ilgarigidek majburiy bo’lib, ular 30 mis dinorga tenglashardi. XVII asrning I yarmida past probali tangalar xam chiqarilishi natijasida, Mahmud ibn Vali zamondoshining shohidligiga qaraganda, Balx va Movarounnahrda yuqori probali tangalardan tortib to tarkibida to’rtdan bir miqdordagina kumush bo’lgan tangalargacha muomalada bo’lgan. XVII asr ikkinchi yarmida bozorda past probali tangalar hukmronlik qildi, bu hol aholining noroziligiga sabab bo’ldi.Bunday tangalari chiqarilishi natijasida xazina yana yuqori probali tangalarga — "yomondan yaxshiga" qaytishga majbur bo’ldi. Davlat moliyasinnng tanazzuli va ro’y bergan holatni to’g’rilash borasidagi hayajonli urinishlar 1708 yildagi pul islohotida ayniqsa yaqqol namoyon bo’ldi. Hujjatlar, tangalar va normativ manbalarning qiyosiy tahlili 1708 yildagi pul islohoti umuman feodallarning o’zboshimchaliklarini cheklash, xokimiyatni markazlashtirish, davlat moliyasini mustahkamlashga qaratilgan ichki siyosatning muhim qismi bo’lganlignni ko’rsatdi. Shu bilan birga, davlat xazinasida ko’p miqdorda pul jamg’arish, shuningdek savdogar va hunarmandlarning manfaatini ximoya qilish maqsadini ko’zlagan bu islohot ilk bosqichda aholining moliyaviy ahvolini yomonlashtirdi. Shunday qilib, islohot shaxar aholisi barcha qatlamlarining noroziligi va qarshiligiga sabab bo’ldi, buning oqibatida Buxoroda halq qo’zg’oloni ko’tarildi. Garchi qo’zg’olon bostirilgan bo’lsa-da, sirasini aytganda, u ma’lum ma’noda muvaffaqiyat xam qozondi, chunki hukumat islohotning dastlabki mohiyatini o’zgartirishga va yangi tanga uchun yangi qiymat belgilashga majbur bo’ldi, bunga ko’ra, yuqori sifatli bitta eski tangaga Ubaydullaxonning ikkita yangi past probali tangasi to’g’ri keladigan bo’ldi. XVIII asr tangasining tarkibi 1708yildan keyin nixoyatda xilma-xil, pul muomalasi esa murakkab bo’ldi. Bir necha o’n yillar davomida bozorda savdo asosini eng past sifatli tangalar-Ubaydullaxonning mis tangalariga
Buxoro — feodal hukmdor, amir va umuman yuqori mansabdor shaxslar qarorgohi edi. Bu yerda harbiy-ma’muriy xodimlar ham ko’p edi. Tarixiy manbalar, ayniqsa, mansabdor shaxslar haqidagi risolalarda murakkab, to’ralarcha ish yuritadigan idora vakillarining ekspluatatorlik faoliyati manzarasi, har bir amaldorning shahar va umuman mamlakatni, uning xo’jaligini boshqarishdagi mavqyei va o’rni aks etgan. Davlat hayotida ruhoniylar juda katta mavqyega ega bo’lgan. Dunyoviy feodallar singari diniy feodallar xam mayda ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita bog’liq emas edilar. Ular yerlarni, savdo korxonalarini va hunarmandchilik ustaxonalarini asosan uchinchi shaxs orqali ijaraga berishardi. 1740 yilda Eron shoxi Nodir xonlikdagi feodal tarkoqlik va xarobalikdan, otaliq Muhammad Hakimning sotqinligidan foydalanib, Buxoroni jangsiz egallashga muvaffaq bo’ldi. Bu esa shahar va butun Buxoro xonligi aholisiga katta mahrumliklar keltirdi. Nodirshoh o’zbek qabila zodagonlari vakili, mang’it qabilasi boshlig’i otaliq Muhammad Hakimni Buxoro hokimligiga tayinladi. Uning vafotidan keyin (1743) feodallar isyon ko’tarishdi, talonchilik va qotillik oddiy xodisa bo’lib qoldi. Shunday vaziyatda davlatdagi butun hokimiyat Muhammad Hakimning o’g’li amir Muhammad Rahim (1753—1758) qo’liga o’tdi. U Buxoro taxtiga o’tirib, Mang’itlar sulolasi hukmronligini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab to XX asrning 20-yillariga qadar Buxoro endi amirlik deb yuritiluvchi davlatning siyosiy, ma’muriy va iqtisodiy markazi bo’lib qoldi. Shundan e’tiboran o’zlarini Chingizxon avlodlari deb hisoblagan xonlar o’rniga amirlar Buxoro amirligiga boshchilik qiladigan bo’ldilar. XVII asr oxiri — XVIII asr o’rtalarida va XIX asrning ayrim o’n yilliklarida markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi, urush va o’zaro adovatlarning kuchayishi davlatlar o’rtasidagi savdo-diplomatik aloqalarni murakkablashtirdi. Natijada, ayrim yillari Buxoro xonli-gida tashqi iqtisodiy aloqalar batamom to’xtab qolgan, bu esa umumiy iktisodiy vaziyatga, hususan hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivoj-lanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. XVII-XVIII asrlarning ayrim o’n yilliklaridagina markaziy hokimiyatning kuchayishi, davlatda siyosiy va iqtisodiy ahvolning barqarorlashuvi, poytaxt Buxoroda osuda hayot kuzatildi. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Buxoroning iqtisodiy hayotida yuksalish ro’y berib tovar pul munosabatlari rivojlandi, Buxoronnng ayrim hunarmandchilik maxsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi chuqurlashdi. Buxoro shahri axolisining aksariyat qismini anvoyi xil maxsulot ishlab chiqaruvchi hunarmandlar tashkil etdi. Ularning muayyan qismi Buxoro xonligidagi yetakchi tarmoqlardan bo’lgan to’qimachilik bilan shug’ullangan. XIX asrning I yarimida Buxoro ip gazlama va shoyi ishlab chiqarishning muxim markazi sifatida namoyon bo’ldi. Ilk o’rta asrlardan zandanachi gazlamasi mashhur bo’lib, bu gazlama Sharq va G’arb mamlakatlari podshohlari saroylariga Buxorodan olib borilgan. Garchi vaqt o’tishi bilan zandanachining tashqi ko’rinnshi, navi va undan tayyorlangan kalava o’zgargan bo’lsada, bu gazlama nomi keyingi asrlarda ham o’zgarishsiz saqlanib qolaverdi. 1400 yilga taalluqli bir qator hujjatlar Yevropa shaharlariga zandanachi yuborilganligidan dalolat bsradiki, u shaharlarda bunday gazlamani oddiy fuqarolar bajonidil xarid qilishgan. XVII XVIII asrlarda Rossiyaga chiqarilgan gazlamalar orasida zandanachi muhim o’rin egallagan. "Zandanachi" atamasi Rossiyada shu qadar ksng tarqalgan ediki, hatto Moskvada har turli ip gazlama zandanachi dsb yuritilavergan. Duxoba, futa, olacha. chit tayyorlash hunarmand-ustalardan yuksak malaka talab qilgan, xar bir usta sanab o’tilgan gazlama turlaridan birini tayyorlashga ixtisoslashgan. Ipak otgan gazlama ishlab chiqarishda maxsus dastgohlardan foydalanilgan. Buxoro hunarmandlari duxobaga zardo’zlnk usulida bezak tushirish — zardo’zlik borasida ham dong taratgan. Zarbof chopon va chakmonlar faqat savdoga tikilmay, balki ularning bir qismi Buxoro amirligi extiyoji uchun tayyorlangan. Zero qadimiy odatga ko’ra, yukori nufuzli mehmonlarga zarbof to’n kiydirilgan. Buxoroda bo’yoqchilik ham rivojlangan. Matolar asosan yorqin, tez oqarib ketmaydigan o’simlik bo’yoqlarida bo’yalgan. Shahar iqtisodiyotida hunarmandchilik texnikasining o’z davri uchun yuksak darajasiga asoslangan metall buyumlar ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etdi. Davroqye, Buxoro metallchilari qizitib bolg’alash va toblashdan yaxshi xabardor bo’lganlar. Buxoro zargarlari yaratgan xilma-xil taqinchoqlar — bilaguzuk, zirak, uzuk, popuk va tpllaqoshlar faqat Buxorodagina emas, balki boshqa yurtlarda ham manzur bo’lganligi ushbu kasb sohiblarining nozik texnikani egallab olganliklaridan dalolat beradn. Buxoroda temirchi, miskar, degrez va o’roqchilar rastalari, shunnngdek chilangarlar istiqomat qiladigan maxallalar bor edi. Buxoroliklar XVI asrda xam dubulg’a, qalqon, jibalardan iborat mudofaa aslahalari tayyorlashni xam davom ettirdilar. Endi muhorabalarda miltiq va zambaraklardan xam foydalaniladigan bo’ldi. Birok o’qotar qurollar XVII asrda xali takomillashmagan edi, kal’a devorlarinn ximoya qilishda va jangda, suvoriylar o’q-yoydan foy-dalanishgan. Buxorodan Moskva davlatiga keltirilgan mollar ro’yxatida "tilla suvi yugurtirnlgan kamonlar" ham qayd etilgan. Buxoro kamonlari Buyuk Ipak yo’li orqali uzoq Sharq o’lkalariga ham yetib borgan. Buryat folklorida "Buxoroning sariq kamoni" tilga olinishi shundan dalolat. Buxoro ustalari tayyorlagan qurollarning bir qismi — xanjar va qilich dastasini kimmatbaho metall, tosh va hokazolar bilan badiiy bezash uchun mutaxassislarga berilardi. Bunday qurollar yuksak badiiy asar hisobla-nib, ular bilan boqsha mamlakatlarning rahbarlari, shu jumladan Rossiya imperatorlari taqdirlangan. Ana shunday sovg’alarnnng ayrim nusxalari Sapkt-Peterburgdagi Ermitajda saqlanmoqta. Hunarmandchilikning muhim tarmoqlaridan bo’lgan sopol ishlab chikarish Buxoroda o’ziga xos xususiyat kasb etgan. Lagan, ko’za, kosa, jumasho’y, xum, shuningdek tandir, shamdon, sopol o’yinchoqlar ham keng ko’lamda tayyorlanib, ularni mahalliy aholi ham, qolaversa, o’zga yurtlardan kelganlar ham bajonidil xarid etishgan. Binolarning bir qismi pishiq g’ishtdan qurilgan. Buxoroda "hashamatli va zarhallangan g’ishtin uylar, saroylar va inshootlar ko’p", deb yozgan edi o’z yo’l xotiralarida Antoni Jenkinson. Shaharda muxtasham binolar XVI asrning 70-yillarida, Abdullaxon hukmdorligi davrida ko’paydi. O’sha yillarda shaharning g’arbiy va sharqiy kismlarida shinam bog’lar barpo etilib, limmo-lim hovuz va kanallar bog’larga tarovat baxsh etgan. Eski Jo’ybor qishlog’ida ham ko’rkam qasrli, atrofi o’ralgan gavjum bog’lar, chorbog’lar barpo etilgan. Bu bog’larga mevali daraxtlar, shu jumladan sitrus va manzarali daraxtlar (shamshot va boshkalar), shuningdek, turli nav gullar o’tkazilgan. Chorbog’dagi ayrim gullar "buxoro" gullarp deb ham atalardi. Bunday gullar boshqa shahar va viloyatlarda ham yetishtirilar edi. Buxoro amirn Shohmurod (1785 — 1800), uning o’g’li Xandar (1800- 1826) davrida katta sug’orish ishlari olib borildiki, bu hol hunarmandlarni zarur xom ashyo bilan ta’minlash imkoniyatini kengaytirdi. Hunarmandchilikning kasbny rivojlanishii va Buxoronpng xo’jalik jihatidan ixtisoslashuvi bilan birga ichki savdo ham taraqqiy etib, bu hol shahar qiyofasida o’z aksini topugan. Yangi savdo muassasalari — tim, tok, kapion, ustaxonalar vujudga keldi. Buxoro o’zining butun tarixi davomida Markaziy Osiyoning eng muhim savdo markazlaridan biri sifatida mashhur bo’ldi. Buxoro viloyati kishloqlari (Zandana, Iskijat, Vardona va boshqalar) to’qimachilarining mahsuloti ilk o’rta asrlardayoq asosan tashqi savdoga mo’ljallab tayyorlangan. Buxorodan va u orqali xilma-xil gazlamalar Buyuk Ipak yo’lining barcha shaxobchalari bo’ylab ko’pgina mamlakatlarga tarqalardi. Darvoqye, buxoroliklar ishlab chiqargan ayrim turdagi gazlamalar asrlar da-vomida xorijiy yurtlarga eksport qilib kelindi. Qorako’l teri (masalan, Isfaxondagi karvonsaroyga Buxoro savdogarlari sotish uchun Qorako’l olib kelishardi), tayyor kiyim-kechak. shu jumladan zarbof to’nlar, qurol-yarog’, zar-garlik buyumlari, vino, quritilgan hamda yangi mevalar va boshqalar ham eksport mollari qatoridan o’rin olgan. O’zga mamlakatlardan keltiriladigan va Buxoro orqali olib o’tiladigan mollar orasida Kashmir ro’mollari, Xitoy shoyisi, arab joynamozlari, Misr zarbof gazlamalari, nafis hind matolari, Tibetning xushbo’y buyumlari, duxobaning alohida (Samarqand. yevropacha-farangi) turlari xam tilga olinadi. Zamonlar o’tishi bilan mollar xili ham o’zgardi, agar ilk o’rta asrlarda savdogarlar asosan aholining zodagon qismiga mo’ljallangan zeb-ziynat buyumlari olib kelishgan bo’lsa, XVI asr va undan keyingi asrlar uchun aholining o’rta tabaqasiga mo’ljallangan buyumlar, shunningdek hunarmandlar uchun xom ashyo va nim mahsulot keltirish ko’paydi. XVIII asr oxiri va XIX asrdan boshlab Buxorodan Rossiyaga olib boriladigan tayyor gazlamalar o’rnini, aksari hollarda paxta tolasi va kalava egalladi. Buxoroning halqaro savdosi har vaqt juda manfaatli bo’lgan. Savdogarlar daromadlariga oid tushuncha XVI asrga mansubdir: "Ko’pgina savdogarlar savdoda o’nga o’ttiz yoki o’nga qirq nisbatidan olinadigan foydadan qoniqmaydilarchar", deb yozgan edi muarrixlardan biri. O’rta Osiyo xonlnklariga tashrif buyurgan ayrnm rus sayyohlari keyingi asrlarda Xitoy bilan olib borilgai savdo haqida ma’lumot beradi. Chunonchi, T.S. Burnashev 1795 yilda yozganidek, Buxoroda "xar vaqt savdo qilish uchun Eron, Hindiston, Xitoydan, Qo’kon, Xo’jand, Toshkent va Xiva mulklaridan kelgan kishilar, shuningdek ko’plab Rusiya tatarlari, gruzinlar va turli ko’chmanchi halklar ko’p bo’lar edi". Savdo har vaqt ayni bir yo’l orqali olib borilgan. Ye.K. Meyendorf: "Iskandar zamonidayoq buyuk yo’l belgilanib, endilikda bu yo’ldan Buxorodan Samarqand, Qashkar, Qo’kon, Taxti Sulaymon orqali karvonlar o’tadi" deb yozgan edi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda mamlakatimizda va butun dunyoda ko’p asrlik bu yo’lga katta qizikish uyg’ondiki, qadimiy Buyuk Ipak yo’li orqali Sharq bilan savdo-iqtisodiy alokalarni tiklashga harakat qilinayotganligi bejiz emas. Buxoroda hunarmandchilik ishlab chiqarishi asosan kichik ustaxonalar — do’konlar bilan bog’lik bo’lgan. Do’konning asosiy vazifasi, garchi, maxsulotni sotish bo’lsada, ayni vaqtda ishlab chiqarish bilan ham shug’ullanar edi. Hunarmandlar uyning bir qismini yoki uning yonidagi biron binoni, shuningdek, ayniqsa yozda, hovlini ham ustaxona uchun ijaraga olishardi. Ustaxonalarning boshqa turi xam bo’lib, u korxona deb yuritilgan. Orasida qullar ham bo’lgan ko’plab kishilar ishlaydigan, podshohning o’zi egalik qilgan yirik ustaxonadan iborat korxona rasm bo’lgan. XIII —XIV asrlardagidan farqli o’larok so’nggi o’rta asrda korxonalari nisbatan kichik bo’lib, ularga ba’zan xon xonadoniga mansub bo’lmagan kishilar ham egalik qilishgan. XVI asr hujjatlarida bir necha mutaxassis (ya’ni chuqurroq ixtisoslashgan) ishlaydigan, shuningdek yordamchi ishchi kuchlari jalb qilinadigan ishxonalar korxona deb atalgan. Vaqf hujjatlariga muvofiq qog’oz ishlash ustaxona-korxonasi vaqf muassasasiga tegishli bo’lgan. Buxoro bozorlari xam dong taratgan. Muayyan tur mahsulotga ixtisoslashgan rasta, do’kon, toq va timlarda ma’lum turdagi mahsulot, shu jumladan, aholi ehtiyoji uchun mo’ljallangan xilma-xil qimmatbaxo gazlamalar, tayyor kiyim-kechak, bosh kiyimlar, poyafzal, zargarlik buyumlari, kulollar, miskarlar, sadoqchilar mahsulotlari sotilgan va maxsulotlar ko’pincha shu yerning o’zida tayyorlangan. Bozorda pilla, bo’yok, ko’kat, sabzavot sotiladigan rastalar ham bo’lgan. Chet mamlakatlardan kelgan savdogar, elchi, savdo vakillarn va sayyohlar xar bir maxsulotning alohida joylarda sotilishinnng bunday tizimidan har vaqt zavqlanishardi. Bnr sayyox o’z xotiralarida Buxoroda "xar bir hunarmandchilik o’z joyiga va o’z bozoriga ega", — deb yozgan edi. Markaziy Osiyo, jumladan Buxoro bozorlarining bunday tizimi asrlar davomida saqlanib ketdi va mamlakatlar madaniyati va iktisodiyotining bir-biriga ta’siri natijasi o’laroq jahonning ayrim mamlakatlarida xam rasm bo’ldi. Rus tarixchisi V.O.Ktyuchevskiyning yozishicha" ... bir xil darajada ham G’arb, xam Sharq ta’siriga uchragan uzoq Moskvada xam Buxoro va Sharqning boshqa shaxarlaridagidek bir turdagi maxsulot ayni bir rastada to’plangan... Xar bir maxsulot uchun alohida joy va do’konlar tayinlangan". Buxoro bozorlarida qo’lyozma kitob va yozuv qog’ozi xam sotilgan, shu yerning o’zida joylashib olgan mirza muayyan haq evaziga hojat-mandlarga xat yoki ariza yozib berar edi. Ikki chetida do’kon va ustaxonalar joylashgan ko’chalar, odatda, bozor boshiga — chorsuga ko’shilib ketardi. Bozor atrofida istiqomat qiluvchi aholining kattagina qismi ma’lum darajada bozorning savdo - ishlab chiqarish hayotiga jalb bo’lar edi. Buxoroda bozor va savdo rastasi, ko’p hollarda, qisman bu yerda ishlab chiqarilib, shu yerning o’zida sotiladigan mahsulot nomi bilan yuritilgan. Attoron, Ohangaron, Dastgaron, Zargaron, Kamongaron, Maxsido’zon, Mis-karon va hokazo bozor va rastalar shular jumlasidan. Bozor gazlama turining nomi bilan xam yuritilgan: Bozori olacha, Bozori karbos, Bazzozon va hokazo. Shuningdek poyafzal-kavushfurushon, etik va maxsi — etikdo’zon va maxsido’zon, bosh kiyimlar — kulohfurushon va boshkalar sotiladigan rastalar ham bo’lgan. Bozorlarda, shuningdek, umumiy ovqatlanish uchun ajratilgan joylar bo’lib, u yerlarda non, somsa, issiq taomlar tayyorlab sotilgan. Chorsu — bosh bozor juda gavjum bo’lib, xar kuni ishlagan va savdogarlar orasida uzoq-yaqin mamlakatlardan, Badriddin Kashmiriyning so’zlariga ko’ra "butun dunyodan" kelgan savdogarlar uchrardi. Zamonlar o’tishi bilan bozorlar nomi ko’pincha, unda sotilayotgan yetakchi mahsulotga asosan o’zgarib borgan. Masalan, Buxorodagi timlardan biri — Toqi Telpakfurushon ilgari Chahorsuyi Oxanin deb yuritilgan bo’lib, keyin Toqi Kitobfurushon va Toqi Xoja Muhammad Parron nomi bilan mashxur bo’lgan, Chahorsuyi Anorfurushon ( XVI asr) keyinchalik Toqi Ordfurushon va Toqi Allofi deb atalgan. Buxoroda XVI asrdan gumbazsimon Timi Kalon, shuningdek Timi Abdullaxon saqlanib qolgan. Olti darvozali ana shu ulkan timda, oldinda bo’lganidek, XIX asrda ham shoyi va boshqa turdagi gazlamalar bilan savdo qilingan. Un, don, paxta, quruq meva sotadigan maxsus kapponlar bo’lgan. Masalan, Kapponi ord, Kapponi g’alla, Kapponi g’o’zayi qadim. Buxoroda, shuningdek, ot, ko’y, parrandalar sotiladigan maxsus mol bozori ham bo’lgan. Bulardan tashqari, mahalla va guzarlarda kichik bozorlar bo’lib, ularda eng zarur maxsulot va buyumlar bilan savdo qilingan. Bozor savdosi, avvalo, maxalliy aholining ehtiyojlarini qondirishni ko’zda tutgan. Ayni vaqtda bu yerlarga atrof qishloq va yaqin dasht kishilari, chet el savdogarlari: hindlar, forslar, arablar, turklar, xitoylar, keyinroq ruslar, shuningdek G’arbiy Yevropa mamlakatlarining savdogarlari kelishardi. Bozorlarda she’riyat, adabiyot va ilm-fan yangiliklari sohasida o’ziga xos musohabalar bo’lib turardi. Kolaversa, bozor ishbilarmon kishilar uchrashadigan, shoir va yozuvchilar muloqot qiladigan joy, o’ziga xos madaniy markaz ham hisoblangan. Do’konlarda adabiy munozaralar bo’lib turgan. Davlatmand usta va do’kondorlar orasidan mashhur adabiyot va fan arboblari chiqqan. Bu hakda Zayniddin Vosifiyning "Badoyi ul-vaqoiya", Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob" asarlarida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Bozorlarda hukmdor farmonlari e’lon qilingan, gunohkorlar jazolangan. Bozor tomosha va o’yin-kulgi maskani ham bo’lgan. Bu yerda ko’zboylovchi, dorboz, polvon va qo’g’irchoqbozlar o’z san’atlarini namoyish etib, kun ko’rganlar. Xalq bayramlari, shuning-dek podshohning oilaviy tantanalari, uning zafarli yurishlardan qaytishi, elchilar tash-rifi kunlari bozor juda gavjum bo’lgan. Shun-day kunlarda shaharliklar devorlarga gilam osib bezatishgan, maxsus do’konlar qurishgan, o’zlari bashang kiyinishgan. Umuman bozor faqat savdo va hunarmandchi-lik markazi emas, balki ishbilarmon kishi-arning uchrashuv joyi, yozuvchi va shoirlarning muloqot maskani, o’ziga xos madaniy markaz vazifasini ham o’tagan. Bozor yonida masjid, madrasa, hammom bo’lgan. Hammomlarda odamlar faqat yuvinibgina qolmay, dam olish daqiqalarida fikr almashishgan, o’zlarini qiziqtirayotgan muammolar bo’yicha munozaralar qilishgan. n hunarmandchiligi ham bo’lgan madrasalar, o’quv yurtlari barpo etildi. Garchi Buxoro Shayboniylar davridan to XX asrning 20-yillariga qadar poytaxt shahar bo’lgan esada, unda fanning rivoji ilgarigi darajaga chiqa olmadi. Shahar madrasalarida faqat aqidaparastlik fanlaridan dars beriladi. Saroy solnomachilarining davlatda ro’y bergan voqyealar qayd etilgan tarixshunoslik asarlari diqqatga sazovordir. Buxorolik taniqln olimlardan biri Ahmad ibn Mahmud (laqabi «Muin al-fuqaro» — kambag’allar valiyne’mati, kambag’allarga yordam beruvchi) bo’lib, uning tug’ilgan va o’lgan sanalari noma’lum, ammo uning XV asrda yashaganligi aniq. Axmad ibn Mahmudning «Tarixi Mullazoda» asarida Buxoro shahrida va uning atroflarida dafn etilgan eng mashhur diniy jamoat-siyosiy arbob va olimlarning (muqaddas) mozorlari tavsiflanadi. Bu asar XIII —XV asarlar Buxoroning ijtimoiy hayoti, tarixiy topografiyasi va ma’lum ma’noda tarixini bilishda qimmatli manba va qo’llanma hisoblanadi. Unda Buxoro sadrlarining shajarasi xaqida ma’lumotlar mavjud. Buxorolik fuzalo Xofiz Tanish Buxoriyning (tavalludi taxminan 1545— 1552) «Abdullanoma» asari ilk manba tabiatiga ega. Unda Abdullaxon II hukmronlik qilgan davr (991 1583- 1006 1598) voqyealari mufassal bayon etilgan. Muallifning diqqat markazida asosan tashqi iqtisodiy xodisalar bo’lib, baholash Ahmad Donish dunyoqarashiga xos xususiyatlardan edi. Bu jihatdan Ahmad Donishning «Tarixi amironi mang’atiyayi Buxoro» (Buxoro mang’it amirlarining tarixi) asari diqqatga sazovor bo’lib, amir Doniyoldan to amir Abdumalikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Asar 1885 yil bilan tugallanadi. Amir Muzaffar hukmronligi davri ayniqsa mufassal bayon etilgan. U o’sha davr uchun mahalliy tarixshunoslikning noyob namunasi bo’lib, unda Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayoti keskin tanqid qilingan. Ahmad Donish o’z nuqtai nazarida samarali bo’lgan Buxoro amirligidagi islohotlarnn xam bayon qilgan. Bu muammo uning «Siyosiy risola»sida o’z ifodasini topgan. Bu asarda Donish sufiylik tariqatidagi mo’min-musulmon tarzida barcha hatti-harakatlari unpng kuchli irodali va zakovatli, bilimdon, o’z fuqarolarining farovonlngn hamda baxt-saodati yo’lida kuyib yonadigan, ijtimoiy taraqqiyotga, mamlakatning iqtisodiy va va madaniy ravnaqiga har tomonlama ko’maklashuvchi ideal hukmdor — «Allohning yerdagi soyasi» — Buxoro amiri obrazini yaratishga urindi. Biroq ideal hukmdor qiyofasini tasvirlar ekan, Donish realistik poziiiyadan turib zo’ravonlik, o’z umrini tugatib borayotgan tartibotni o’rnatgan, o’z mamlakati axolisini qoloqlik va kambag’allik iskanjasida tutib turuvchi Buxoro hukmdorlarining bunday ideal obrazga mutlaqo mos kelmasligini ko’rsatib o’tadi. Ahmad Donishning ijodny merosi - Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayoti va uning tarixshunosligidagi yangi fikrning nodir va yorqin sahifasidir. XIX asr oxirlari —XX asrda buxorolik yirik adib — mutafakkir, olim va jamoat arbobi Sadriddin Said Murodzodaning (1896 yildan taxallusi — Ayniy, 1878—1954) nomi va asarlari keng mashhur bo’ldi. U 1917 yilga qadar Buxoroda, so’ngra Samarqand va boshqa shaxarlarda yashagan. Ayniy ijodida uch yo’nalish tarkib topgan: badiiy adabiyot, publisistika va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati. Ayniy tarixchi olim sifatida, avvalo, «Buxoro mang’it amirlari tarixi» va «Buxoro inqilobi tarixi bo’yicha mate-riallar» singari asarlari bilan mashhurdirki, muallifning o’zi ularda tasvirlangan voqyealarning bevosita ishtirokchisi bo’lgan. Shakl jihatidan Ayniyning tarixiy asarlari mahalliy (Buxoro) tarixshunoslik an’analari bo’yicha yaratilgan bo’lsada, lekin ayni vaqtda ular yangi adabiy oqimlarni ham ifoda etgan. Ayniyning memuar asarlari, ayniqsa XIX — XX asr chegarasida o’zining Buxoroda o’tgan hayoti voqyealarini tarjimai hol shaklida bitgan asarlari qimmatli ilmiy manbalar bo’lib xizmat qiladi. Ayniy «Esdaliklar»i uning badiiy hamda tarixiy mavzudagi asarlari bilan uzviy bog’lanib ketgan. Buxorolik Mirza Salimbek (1850-1930)-amirlik saroy doiralarining yuqori qatlami vakili bo’lib, ancha keyingi davr tarixshunoslari qatoriga kiradi. She’riy va prozaik asarlaridan tashqari, «Buxoro arki tadqiki» va Buxoro (qisman butun Markaziy Osiyo) tarixi bo’yicha «Tarixi Salimiy» asari xam uning qalamiga mansubdir. Bu asar Chingizxon istilosidan to 1920 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Uning esdalik tarzidagi qismi (amir Muzaffar hukmronlik qilgan davrdan boshlab) qimmatli bulib, manbalik ahamiyatiga ega. Unda Buxoro, Shahrisabz va boshqa shaharlar haqida, sug’orish tarixi, moliya-soliq tizimi, Salimbek o’zi boshqargan amir qo’shinlarining 1918 ynl martida bolshevik Kolesov qo’shinlariga qarshi harbiy harakatlari xakida ma’lumotlar keltiriladi. Buxoroning chorizm tomonidan zabt etilish davri ko’lyozma manbalaridan buxorolik tarixchi Muhammad Abdulazim Somiy Bo’stoniyning (1835-1907 yoki 1836-1908) «Tuhfai shohiy» va «Tarixi salotini mang’itiya» (Mang’it podshohlari tarixi) asarlarini ko’rsatib o’tish joiz. Ularda «Buxoroning shonli poytaxti» hayoti, uning zabt etilish jarayoni, shu jumladan 1866—1868 yillardagi voqyealar bayon qilingan. Mirza Muhammad Sharifning (taxallusi Ziyo) «Tarixdan parchalar» va boshqa asarlarida ham Buxoroga oid ma’lumotlar bo’lib, ularda Buxoroning XIX asr ikkinchi yarmidagi tarixi aks ettirilgan, chor ko’shinining Qo’kon xonligini zabt etishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. U, garchi 70-yillarning boshlaridagi voqyealarning zamondoshi bo’lmasada (tavalludi 1867), biroq ular hakida eshitganlirini yozgan. Lekin xolis ish olib borgan olim va o’lkashunoslarning ko’p asrlik merosi to’plana borib tarixiy bilimlarning keng ko’lamli va mislsiz qatlamlarini hosil qildi, bu esa Buxoro aholisi vatanparvarligining yorqin guvohi bo’lib xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan ko’plab dalillar va misollar, garchi to’kis bo’lmasa-da, Buxoroning Sharq ma’naviy hayotining markazlaridan biri sifatida tarixdan mustaxkam urin oladi. Download 398 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling