1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja
Download 398 Kb.
|
Shahar 210121161844
XVI-asrda Buxoro.
XVI-asrda markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida Buxoroning mavqyei ancha ortdi. Muhammad Shayboniyxon qo’shinlari Movarounnahrni zabt etgach, Buxoro va uni qurshab turuvchi viloyat uning ukasi, Shayboniyxonning jangovor safdoshi, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan Mahmud Sultonga (vafoti 1505) mulk sifatida ajralib berildi. Keyinchalik Mahmud Sultonning o’g’li, ko’pgina janglarda o’zini ko’rsatgan, o’zbek sultonlari katta nufuzga ega bo’lgan Ubaydullo Buxoro shahri va Buxoro mulkini boshqaradi. 1533 yilda Ubaydullo davlatning oliy hukmdori (1533-1539) sifatida e’tirof etildi. Buxoro uning davrida Shayboniylar davlatining poytaxti vazifasini o’tay boshladi. Ubaydullaxon qo’shni mamlakatlarga ko’plab yurishlar qildi. Qisqa vaqt mobaynida u Xorazni egalladi va uni boshqarishni o’g’li Abdulazizxonga topshirdi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning siyosiy va iqtisodiy markaz sifatidagi mavqyei ancha kuchaydi. Bu yerda yangi muhtasham binolar, jumladan, savdo rastalari qad ko’tardi, shahar sarhadlari kengayadi, shu bilan bog’liq ravishda qal’adevorlarining ayrim qismlari tiklanadi. Buxoroga 1558 yil oxirlarida tashrif buyurgan savdo vakili va diplomat Antoni Jenkinson «shahar juda o’lkan» ligini qayd etgan edi. Ehtimol, sayyoxda bunday taasurot Markaziy Osiyoga tashrifidan oldin G’arbiy va Sharqiy Yevropa shaharlariga qadam ranjida qilganligi va u shaharlar Buxoroni qiyoslash natijasida paydo bo’lgandir. U bergan ma’lumotlar XVI asr o’rtalarida savdoning Buxorohayotida egallagan o’rni haqida fikr yuritish imkonini beradi. Ubaydullaxon o’limidan keyin Buxoroning mavqyei ancha pasaydi. Movarounnahrning ikki asosiy shaharida bir vaqtning o’zida ikki xon: Buxoroda Ubaydullaxonning o’g’li Abdullazizxon (1540-1550) Samarqandda esa Abdullatifxon (1541-1552) hukmronlik qilishdi. Movarounnahrning boshqa shaharlarida hukmronlik qilgan o’zbek sultonlari va beklari ularning hokimimyatini nomigagina e’tirof etishdi. XVI asrda 40-60 yillarida Shayboniylar davlati yarim mustaqil o’lkalarga parchalanib, ularning hukmdorlari Buxorodan ajralib, mustaqil bo’lishga intilishardi. Buxoroning o’zida ham sharoit murakkablashdi. Toshkentda, keyin Samarqandda hukmronlik qilgan Baroqxon (Navro’z Ahmadxon) uzoq vaqtga bo’lmasada, Buxoroni bosib oldi.nufuzli juybor shayxi Xoja Islom uning hokimiyatini tan olmadi va Baroqxon shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ldi. Xoja Islom o’z shogirdi Iskandarning serg’ayrat o’g’li Abdulla Sultonni taxtga o’tkazishga qaro qildi. Baroqxon Shayboniylar oliy hukmdori hisoblanar, uning nomi bilan tangalar zarb etildi, biroq Buxorodagi haqiqiy hokimiyat Abdulla Sultonning din yo’lidagi ustozi Xoja Islomga qarashli edi. XVI-asr o’rtalarida Baroqxon vafotidan keyin Buxoro va samarqand taxti uchun kurash ayniqsa kuchaydi. Bu yillardi Buxoroda hokimiyat bir shayboniydan ikkinchisiga o’tib turardi. Cho’zilib ketgan harbiy harakatlar, xonlik taxti uchun krash Samarqand va Buxoro hukmdorlarining bir-biriga raqibliklari Buxoro iqtisodiyotiga halokatli ta’sir etdi, shaharni shu vaqtgacha sharaflantirib kelgan iqtisodiy boyliklarda mahrum qildi. Buxoroliklar og’ir ahvolga tushib qolishdi: savdo-sotiq qiskarib ketdi, hunarmandlarning mahsulotlari o’z xaridorlarini topa olmadi. Jenkinson Buxoroning o’sha davrdagi siyosiy ahvolini tavsiflar ekan, hukmdor bu yerda «ikki yoki uch yildan ziyod hukmsurishga umid bog’lamaydi, chunki uni yo o’ldiradilar yoki quvg’in qiladaladilar va bularni bori mamlakatni va savdogarlarni xonavayron qiladi», deb ta’kidlagan edi. Yosh va g’ayratli o’zbek sultoni Abdulla manna shunday sharoitda o’z faoliyatini boshladi. Uning mamlakatni birlashtirishga erishishi uchun faol intilishini ma’naviy ustozi Xoja Islom Jo’yboriy ma’qulladi. Xoja Islom Jo’yboriy va keyinrok uning o’g’li Xoja Sa’d o’sha yillarda Shayboniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Poytaxti Karmana shahrida (Buxorodan shimoliy-sharkdagi shahar, hozirg unga Navoiy nomi berilgan) bo’lgan Miyonqolning sobiq hukmdori Iskandar sulton o’g’li Abdullaning tashabbusi bilan xon deb e’lon qilindi. (1560-1583) Shu davrdan boshlab Buxoro xonlikning uzil-kesil poytaxti, Abdullaning o’zi esa amalda hukmdor bo’lib, tarqoq markaziy Osiyo yerlarini birlashtirish uchun qirq yildan ziyod kurash olib bordi. Shiddatli janglar oqibatida u Buxoroga Samarqand, Balx, Hisor, Toshkent shaharlari va ularni qurshab turuvchi viloyatlarni buysundirdi. Xorazmga ham qayta-qayta yurishlar oqibatida Abdullaxon uni Shayboniylar davlatiga qo’shib oldi. orkali Eron bilan mustahkam siyosiy va iqtisodiy aloqa o’rnatishga intildi. Abdullaxonning muvaffaqiyatga erishuvida uning birlashtiruvchilik siyosatini, o’zaro feodal urushlarni bartaraf etish, mamlakatda tinchlikni va siyosiy barqarorlikni tiklash zaruratini tushunib yetgan xonlik aholisining ko’pgina ijtimoiy katlamlari qo’llab quvvatlangani muayyan darajada yordam berdi. Buni o’z boyliklarini saqlab qolishdan umidvor bo’lgan feodallarning, shu jumladan Buxoro feodallarining bir qismi ham ma’qulladi. Abdullaxon davrida davlatning nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy xayotida ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’la boshlagan jo’ybor shayxlari markazlashtirish siyosatining tarafdori bo’lishdi. Buxoro xunarmandlari va savdo ahli xam osuda hayotdan behad manfaatdor edilar. Ko’plab savdo, xunarmandchilik va xo’jalik kurilishlari, karvonsaroylar bunyod etish, yo’l yoqalarida sardobalar, yangi kanallar qazish ham Abdullaxon davriga mansub ezgu ishlardir. Otasi vafotidan keyin Abdulla rasman xon deb e’lon qilindi (1583—1598). Taomilga ko’ra, xonlik taxtiga o’tqazish marosimida Bu-xoroning to’rt nafar eng nufuzli kishisi oq namatning to’rt burchsdan tutib turgan. Ulardan biri, otasi singari Abdullaxon olib borayotgan siyosatni faol ko’llab-quvvatlagan jo’nbor shayxi Xoja Sa’d edi. Jo’ybor shayxlari Buxoroni iktisodiy rivojlantnrishda faol ishtirok etdilar. Bu yerda masjid va madrasalar qurilishi Xoja Muxammad Islom va Xoja Sa’dning faoliyatn bilan bog’liqdnr. Birok jo’ybor shayxlari tok, tim, (yoppq bozor), xunarmandchilik va savdo ustaxonalari singari xunarmandchilpk inshootlari kurilishiga o’zlarnnpng asosiy kuch va mablag’larini sarfladilar. Ularning bu soxadagn jo’shqin faoliyati shahar nchkarnsidagi xamda yaqin atrofdagi qishloqlar bilan savdo-sotnqni jonlantirdn. Buxoro tashqi savdosining rnvojlanishiga shaxarda: "Darunn shahar"dagi Chorsuda va "Beruni shahar"dagi Sarrofon daxasnda ikki yirnk karvonsaroy qurnlnshi (ayrim manbalarga qaraganda ta’mirlannshi) jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Savdo yo’llari, shu jumladan Buyuk Ipak yo’lp bo’ylab sardobalar qurilgan. Muhammad Yusuf Munshiy ma’lumotiga ko’ra, Abdullaxon oliy o’quv yurtlari (madrasa), masjid, darvishlar xonaqosi, daryolar ustiga ko’priklar, savdo yo’llarida mustahkamlangan karvonsaroylar va boshqa binolar kurilishida behad matonat ko’rsatdi". Me’morlar va "mas’ul ustalar"ning ma’lumotiga qaraganda, A6dullaxon davrida "ming bir rabot va sardoba" bunyod etilgan. Dasht mintaqasida ko’plab kanallar qazilishi, Movarounnahrning turli yerlarida o’nlab sardoba qurilishi jo’ybor shayxlariga mansubdir. Antoni Jenkinson ta’biri bilan aytganda, Buxoro xalqi o’rtasida "alohida o’rinni" egallagan uy-joy va hammomlar qurilishini jo’ybor shayxlari mablag’ bilan ta’minlashgan. Bular, o’z navbatida, Buxorodan turli tomonlarga anvoyi xil mol jo’natib turilgan savdo karvonlari qatnovini oshirish imkonini berdi. Xon va amirlar singari oliy xukmdorlarning o’zlari xam xalqaro savdoda bevosita qatnashar edilar. Masalan, 1705 yilda Ubaydullaxon Ashtarxoniy (1702 — 1711) Buxorodan Astraxanga sotish va sotgandan tushgan mablag’ga xonlik ro’zg’origa xar turli mollar olish maqsadida 30 ta yuk ortilgan tuya karvonini jo’natgan. XVI asr so’nggi choragida Buxoroda hayot maromga tushdi. U shahar hayotining savdo-sanoat markaziga aylana boshladi, xo’jaligi yangidan yuksaldi. Bunga muayyan darajada hokimiyatning barqarorlashuvi imkon berdi. Bu davrda (1557 — 1598), garchi, siyosat va iqtisodiyotning ko’pgina masalalarini amalda Xoja Muhammad Islomning o’g’li va vorisi Xoja Sa’d hal etsa xam, Shayboniylar davlatini Abdullaxon boshqarar edi. Yozma manbalardagi, xususan, Badriddin Kashmiriyning "Ravzat ur-Rizvon" asaridagi daliliy xujjatlar bundan dalolat beradi. Darvoke, mazkur asardagi ayrim ma’lumotlar boshqa manbalarda keltirilgan dalillarni aniqlashtirish imkonini beradi. Chunonchi, shayboniy xukmdorlarning xatlarida, jumladan, Abdullaxonning Xoja Sa’dga yuborgan maktublarida sulton va amirlarning Buxoroni xatto jamiyatnnng badavlat katlamlarnga ham xonavayronlnk keltiradigan tinimsiz feodal urushlardan saqlab qolishga intilnshi shundoqkina sezilib turadi. Abdullaxon xarbiy, dexqon va ruhonny zodagonlarni o’z tomoniga jalb etishga nntildi. Hayotinpng so’nggn yillarida Abdullaxon Buxoroning iqtisodiy rivojlanishiga, xonlikdagi ichki ahvolga alohida e’tibor berib, pul isloxoti o’tkazdi. U amalga oshirgan isloxot, avvalo, kumushning kimmatlashuviga binoan kumush tangalar kiymatini o’zgartirishga qara-tilgan edi. Kumush qiymati bir yarim baravar oshirildi, ya’ni "yangi" tanga 30 mis dinorga, "eski"si esa 27 ana shunday mis tangaga tenglashtirildi, bu hol o’sha davrning ko’pgina xujjatlarida qayd etilgan. 1583 yili otasi o’limidan keyin davlat boshlig’i bo’lgan Abdullaxon pul islohotini yana davom ettirdi. Kumush tanga zarb etishni o’z poytaxti — Buxoroda markazlashtirdi. Abdullaxon nomidan har yili va ko’p mikdorda kumush tangalar chiqarildi. Balx, Samarqand va Toshkentda ahyon-ahyonda va kam miqdorda tanga zarb etilardi. Buxoro tangalari o’zining nafis bezatilishi va ishlanishi bilan ajralib turardi. Keng ehtiyojli mollarning kundalik shahar savdosi uchun Abdullaxon bir qancha kiymatli mis tangalar zarb etishni yo’lga qo’ydi. Download 398 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling