Aim uz Badiiy uslub


Download 13.43 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.43 Kb.
#1560552
Bog'liq
Badiiy uslub


Aim.uz

Badiiy uslub
Agar XX asr o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalari ijodiga nazar tashlasak, bir davrda yashaganlariga qaramay, Abdulla Qodiriyning asarlari na S. Ayniyning, na Cho‘lponning asarlariga o‘xshaydi. Keyingi avlodning vakillari Oybek bilan Abdulla Qahhor asarlari ham bir-biridan yer bilan osmoncha farq qiladi. Bu farq, birinchi navbatda, bu yozuvchilarning badiiy uslubi tufaylidir.
Bir kishining ovozi boshqa bir kishining ovoziga yoki bir kishining qiyofasi -yuz-ko‘zlari, og‘iz-burunlari boshqa bir kishining qiyofasiga o‘xshamaganidek, yozuvchilarning uslublari ham turlicha bo‘ladi. Badiiy uslub tilga asoslanadi, til uslubni tashkil etuvchi eng muhim omildir. Asarda voqea yoki manzara, yoxud portret tasviri, qahramonlarning ichki monologlari va dialoglari, eng avvalo, til orqali ro‘yobga chiqadi. Agar yozuvchidagi adabiyotga havas va adabiy ko‘nikmalar xalq og‘zaki ijodi asosida shakllangan bo‘lsa, uning tili va uslubida xalq ijodiga yaqinlik sezilib turadi. Agar u mumtoz adabiyot asarlaridan ko‘proq oziqlangan bo‘lsa, uning tili va uslubida fors va arab tillariga xos so‘zlar, murakkab va balandparvoz jumlalar ziyodalik qiladi. Yoki yozuvchi kamgap, kamsuxan bo‘lsa, uning tasvirida ham siqiqlik, lo‘ndalik, shartakilik bo‘ladiki, bu xususiyatlar uning uslubini belgilab keladi. Binobarin, badiiy uslub yozuvchining xarakteri, dunyoqarashi, muhiti, bilimi va hayotiy tajribasini o‘zida aks ettiradi.
Modomiki, badiiy uslub masalasi Oybek ijodi munosabati bilan yoritilayotgan ekan, adib tabiatidagi go‘zallik va ezgulik, xalq baxt-saodati yo‘lida yashagan ajdodlarga hurmat tuyg‘ulari va shunday kishilarga ruhan yaqin bo‘lish istagi uning uslubida ham o‘z aksini topganki, buni sezmaslik aslo mumkin emas. Oybekning boy bilim egasi bo‘lganligi ham uning uslubini belgilagan omillardan. Qolaversa, adibning aksar hayoti, G‘afur G‘ulomdek do‘st-yorlar davrasida emas, balki ko‘proq kitoblar olamida o‘tgani ham uning uslubiga o‘z muhrini bosgan.
Shunday qilib, badiiy uslub yozuvchi yashagan tarixiy-madaniy muhit ta’sirida shakllanib, uning ruhiy olami va insoniy tabiatini o‘zida aks ettiradi.
Download 13.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling