Etuk yozuvchilar uslubini aniqlash Reja: Yozuvchilarning uslubiy o`ziga xosligi


Download 39.1 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi39.1 Kb.
#1481861
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Etuk yozuvchilar uslubini aniqlash


Etuk yozuvchilar uslubini aniqlash
Reja:
1.Yozuvchilarning uslubiy o`ziga xosligi.
2. Zamonaviy adabiyotda yozuvchi uslubining o`ziga xosliklari.
3 . Mashhur yozuvchilar qanday ijod qilgan?


Mavzu bo`yicha tayanch so`z va iboralar:
Uslub. Individual uslub. Yozuvchining uslubiy o`ziga xosligi. Uslub – estetik qadriyat. Uslubni ifoda etuvchilar. Uslub mafkuraviy kategoriyadir. Nasr uslubi. Nazm uslubi.
Ma’ruza matni.
1.Yozuvchilarning uslubiy o`ziga xosligi.
Borliqda bir-biriga aynan o‘xshash biron bir hodisa mavjud emas. Jumladan, odamlar ham qiyofa-ko‘rinishi, fe’l-atvori, qiziqishlari, xatti-harakatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Chunki betakrorlik borliqning bosh xususiyati sanaladi. Kishilaming harakat, faoliyati ham ana shu haqiqatni tasdiqlaydi. Odamlar bo‘y-basti, ovozi, qobiliyati, irodasi kabi jihatlariga ko‘ra bir-biridan aniq ajralib turadi. Hatto bir ota-onaning farzandlari bo‘lgan egizaklar ham bir-biriga aynan o‘xshamaydi. Yozuvi aynan bir xil kishilami topishga urinish ham befoyda. Chunki, har bir odamning o‘ziga xos «xat»i bo‘ladi. Ijodkor uslubini ham ma’lum ma’noda ana shunday «xat» deyish mumkin. Yozuvchi, shoiming «xat»i uning asarlari tilida, qahramonlarining so‘zlash tarzida, voqealaming tanlab olinishi va bayon etilishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham F.Dostoyevskiy romanlari bilan L. Tolstoy yoki A.Chexov asarlari bir-biridan farq qiladi. «Qutlug‘ qon» Oybekning, «0‘g‘ri» va «Bemor» Abdulla Qahhoming qalamiga mansubligi aniq bilinadi.
She’riyatdan xabardor o‘quvchilar Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi she’rlarini bemalol «tanishadi». Ijodkorlar asarlarining bunday o‘ziga xos bo‘lishi, avvalo, borliqning betakror yaratilishi bilan bog‘liq bo‘Isa, ikkinchidan, shoir, yozuvchi, dramaturglaming hayotiy tajribasi, tunnushni kuzatishi, bilim darajasi, didi, saviyasi, dunyoqarashiga asoslanadi. Uchinchidan, bu «xat»da shoir, yozuvchining qiziqishi, fe’l-atvori, ichki dunyosi akslanadi. Har bir odam o‘ziga xos olam bo‘lgani singari ijodkorlar ham betakror dunyodir. Ana shu betakror dunyo mavzu tanlashda, hodisalarga yondashishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun «uslub — odamdir» deyiladi. Ijodiy uslub deganda asaming tilinigina nazarda tutmaslik kerak. Til, avvalo, so‘z san’atining asosiy quroli, yagona tasvir vositasi sanaladi. Ana shu vosita, ayni shu chog‘da, ijodkor «xat»ini namoyon etadigan muhim unsurlardan biri ham hisoblanadi. Ijodiy uslubni «bayon tarzi», «fikni ifoda etish mahorati» deb qarash ham uni tor tushunish bo‘ladi. Chunki uslub juda keng tushuncha. U muayyan bir yozuvchi ijodida ham turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Har bir asar ma’lum bir uslubni o‘zida ifoda qiladi. Masalan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni «xat»i uning g‘azallari «xat»idan farq qiladi. Turkiy «Xamsa» muallifi g‘azallaridan Bobur bitgan g‘azallar ham uslub turlichaligi bilan ajralib turadi. Ijodkor uslubi shakllanishiga tashqi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, har bir yozuvchi, shoir boshqa ijodkorlaming asarlaridan nimalamidir o‘qib o‘rganadi, ulami ijodiy o‘zlashtiradi. Bu o‘rganish uning hayot hodisalarini akslantirishi, inson obrazini gavdalantirishiga o‘z ta’sirini ko‘satadi.

Uslub - ijodkor xayolotining namoyon bo‘lish tarzi ham sanaladi. Yozuvchi, shoir voqealami, qahramonlami, ular yashaydigan manzil manzaralarini qanday tasawur qilsa, shunday ifodalaydi. Oybek qahramonlari harakatlanadigan joylami jamiki ko‘rinishlari bilan keng bayon etadi. Personajlar qiyofa, holatini batafsil suratlantiradi. Abdulla Qahhor esa qahramonlari turgan joyni ham, ulaming holati, ahvolini ham ixcham, lo‘nda, eng muhim jihatlariga e’tibomi qaratgan holda tasvirlaydi. «San’atkor voqelikdan tanlab olgan unsurlami badiiy til yordamida xayoloti bilan uyg‘unlashtiruvchi va u yaratgan badiiy dunyoning tugal bo‘lishini ta’minlovchi vosita - uslub deb ataladi» deydi Nobel mukofoti sovrindori, fransuz adibi Alber Kamyu («Jahon adabiyoti» jumali. 1997-yil, 1-son. -B.192.).
XX asr boshlarida aynan ijodkor uslubi, uning o‘ziga xos jihatlari haqida bir qator bahs-munozaralar yuzaga kelgan. Masalan, Abdulla Qodiriy va Sotti Husaynning «О`tкаn kunlar» romani yuzasidan olib borilgan bahslarida tipik shakl va uslub, kompozitsiya, til, adabiy ta’sir, ijod jarayonining tabiati, dunyoqarash kabi nazariy masalalar tahlil etilgan. S. Husaynning nazarida «Mehrobdan chayon» romani ancha muvaffaqiyatsiz chiqqan asar. Chunki unda Abdulla Qodiriy uslubi haddan tashqari murakkablashadi. Munaqqid o‘zi anglab yetmagan holda Abdulla Qodiriy ijodiy tadrijida o‘ziga xos bir bosqichga ko‘tarilganligini ham e’tirof etayotganday tuyuladi. «Mehrobdan chayon» romanining umumiy konsepsiyasini tahlil etgan adabiyotshunos olim A.Rasulov shunday deb yozadi: «... mening nazarimda, «Mehrobdan chayon» romanining matnida serma’nilik, ramz, ishora nihoyatda kuchliday tuyuladi»(l,86). Darhaqiqat, bunday murakkab uslubni S. Husayn va siyosiy dasturlar bilan adabiy-estetik hodisaga yondashgan tanqidchilik tushunishi mumkin emas edi. S. Husayn Kumushbibi obrazining yaratilishida Abdulla Qodiriyni «mantiqsizlik»da ayblaydi. Uning nazarida eski turmushning shariat talablariga tayanishi to‘g‘ri. Biroq real hayotda shu shariat qonunlari to‘kis-tugal harakat qilmaydi. Undan amalda manfaat yuzasidan foydalaniladi. Ko‘rinadiki, S. Husayn qarashlarida ziddiyat mavjud. U bir jihatdan shariat qonunlariga asosan Abdulla Qodiriy mantig‘i asosli ekanligini e’tirof etadi.
Ikkinchi tomondan o‘tmishda, hatto oilaviy hayot muammolari masalasida ham sinfiy kurash aks etmaganligini ko'rganida astoydil darg'azab bo‘lib ketadi. S. Husayn shu mavqedan turib qarar ekan, Xushro‘ybibining insoniy tabiiy mayllariga asoslanuvchi shaddodligini asossiz deb biladi. Uning nazarida bu xarakter shakllanishida eskicha fikrdagi makkora xotin-qizlaming noto‘g‘ri tarbiyasi sabab qilib ko‘rsatilishi kerak ekan. S. Husayn Xushro‘ybibi obrazining romanga kirib kelishini asar xotimasi ta’sirchanligini oshirish maqsadida ataylab qilingan ish deb biladi: «Umuman romanda tip yo‘q, faqat ideallar bor degan fikrdaman» (2,138), - deb yozadi u. S. Husayn Abdulla Qodiriy hech qanday yangi adabiy usul va priyom ijod qilmadi. U Jorj Zaydondan aynan foydalana turib, ifoda va tasvirda ancha mahorat ko‘rsatgan deb biladi. Muhimi, munaqqid Abdulla Qodiriy individualligini e'tirof etadi. Uslubdagi, ifodadagi mushtaraklik hech qanday ko‘chirmachilik emas deb biladi. U Abdulla Qodiriy tomonidan o‘ziga nisbatan bildirilgan: «... tanqidchi yozuvda, tilda bir oz no‘noqroq yoki beparvo harakat qilsa kerakkim, uning jumlalaridan bir qismi izohga muhtoj ko‘rindilar» (3,196), - degan ta’kidini to‘g‘ri va foydali deb e’tirof etadi. Nazarimizda, bu S. Husaynning Abdulla Qodiriyga yon bosishi emas, siyosatdan xoli bo‘lgan juz’iy kamchilik ekani uchun tan olinish ekanligini e’tiborga olish kerak.
S. Husayn Abdulla Qodiriyning hozirgi o‘zbek yozuvchilariga nisbatan so‘z va ifodani berishda, tasvimi hayajonli chiqarishda mahoratli ekanligini samimiy e’tirof etadi. U ruhiy kechinmalami berishda ba’zan ijodkoming ifoda topolmay hayratda qolishini tushunadi, e’tirof etadi. Demak, Abdulla Qodiriyning «qalamim ojizdir» - degan iqrorining sabablarini tushunadi. Lekin, umuman, yozuvchilar oldiga talab qo‘yar ekan, bunday qalam ojizligi bilan hayratda qolish mumkin emas deb hisoblaydi. Mavjud material ustida ko‘proq fikrlash. yangi-yangi ifodalar ijod etish nafaqat mahoratli ijodkorlar safini kengaytiradi, balki adabiy tilni ham boyitadi deb qalam ahlini faollikka da’vat etadi. Shubhasiz, bunday talablar endigina shakllanib kelayotgan yangi davr adabiyoti uchun haqli va o‘rinli edi. Biroq, S. Husayn yana siyosiy jihatga urg‘u berib, o‘z ojizligini arz qiUsh idealist romantik yozuvchilarda uchraydir, deb ta’kidlab qo‘yishni unutmaydi: «...ko‘rsatish emas, ular ustida hayajonli-tasviriy ifodalar bilan mulohazalar, xayollar yuritish birinchi o‘ringa qo‘yiladir. «Hayrat», «ojiz qolish», «noiloj»likning hammasi shundan. Ya’ni, dunyoni boricha to‘g‘ri. to‘la moddiy tushunmaslik va chiza olmaslikdan kelib chiqadir» (2,149). Demak, ijodkoming o(ziga xos uslubi uning hayot hodisalarini tanlashi, uni xayolidagi olam bilan uyg‘unlashtirib, badiiy til vositasida akslantirishidir.

Download 39.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling