1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja
Download 398 Kb.
|
Shahar 210121161844
XVII-XIX asr oxirlarida Xiva
XVII asr boshlarida, Arab Muhammad davrida (1602-1623 yillar) Xorazmda nisbatan siyosiy barqarorlik o’rnatilgach, Xiva haqiqaktdan ham davlatning poytaxt shahriga aylandi. Shu tufayli ishlab chiqarish borgan sari rivojlanib, savdo-sotiq jonlanishi uchun imkoniyat tug’ildi. Qurilish ishlari birmuncha kengaydi, jumladan, mahobatli Arab Muhammad madrasasi qurildi. Arab Muhammadning o’g’li Abulg’oziy Baxodurxon hukmronligi davrida (1643/44-1664 yillar) Xivaning Xivaning ahamiyati yanada oshdi. O’z davrining ma’rifatli kishisi «Shajarayi turk» asarining muallifi bo’lgan mazkur davlat arbobi o’z hukmronligi yillarida Xiva xonligidagi murakkab vaziyatni haqqoniy bayon etdi. Abulg’oziy taxtga o’tirgan paytda mamlakatda tartibsizlik hukm surar edi. Taxt uchun kurash, Buxoro xonining va yarim ko’chmanchi qabilalar yo’lboshchilarining davlat ishlariga aralashib, xivaliklar qashshoqlikka yuz tutgan edi. Abulg’oziyning ta’kidlab yozishicha, xazina bo’shab qolgan va xizmatchilarga maosh to’lash uchun hyech vaqo yo’q edi. U o’z hokimiyatini qaror toptirish uchun ko’p yillar davomida behisob siyosiy muxoliflari bilan og’ir urush olib borishga majbur bo’ldi. Iste’dodli sarkardaning jangovar mavaffakiyatlari uchun uning nomiga «bahodur» so’zi qo’shiladigan bo’ldi. Shoir Munisning so’zlariga qaraganda, u «Buxoroga olti bor yurish qildi, jumladan, ikki marta qorako’lni, bir marta Karmanani va bir marta Buxoroni yengib, juda ko’p o’ljalar va mol-mulk bilan qaytdi» Abulg’ozixonning ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarni o’rtoq turmush tarziga o’tkazishga, qabilalararo adovatni tugatishga qaratilgan islohotlari Xivadagi ahvolni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Muhim ma’muriy lavozimlarga har bir qabila birlashmasidan bittadan- to’rt kishi tayinlanar edi. Boshqaruv devonining tarkibi ham o’zgartirildi. Uning davrida Xiva haqiqiy madaniyat markaziga aylandi. Munisning «Firdavsul-iqbol» kitobida Abulg’ozixon «olim va oqil zot» deb ta’riflanadi. Abulg’oziyning o’g’li «jamshidsifat, qudratli hukmdor» Anushaxon davrida Xivada qurilish faoliyati, jumladan, Anushaxon nomi bilan ataluvchi madrasa va hammom barpo etildi, ikkita kata kanal- Shohobod va Yormish ariqlari qazildi. XVII asrning ikkinchi yarimida Xiva xonligida nisbatan siyosiy birlik hukm surdi va xo’jalikyuksaldi. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh (1736-1747 yillar) qo’shinlari Movvaraunaxrga bostirib kirdi. Eron qo’shinlari hujumlari dastlabki bosqichida Xiva va Buxoro xonlari o’zaro adovatni vaqtincha unutib, birlashdilar va dushman zarbasini daf qildilar. Ammo tez orada Nodirshox Buxoroning haqiqiy hukmroni bo’lgan otaliq Muhammad Hakimni o’z tarafiga og’dirib olib, Buxoro xonligini bo’y sundirishga muvaffaq bo’ldi. Ko’p monli qo’shin bilan Xorazm aholisining qattiq qarshiligini yengib, Xiva xonligini bosib oldi. Bosqinchilar mamlakatni g’orat qildilar, xivaliklardan ko’p kishi halok bo’ldi. To’rt ming Obivardga ko’chirildi, yana shunchasi Eron qo’shinlariga majburiy askarlikka olindi. Nodirshoh Xivadan ketayotganida to’rt ming eroniy qulni ozod qilib, Xurosonga olib ketdi. Nodirshohning halokatidan keyin ancha vaqtgacha xivaliklar o’z iqtisodiyotini qayta tiklay olmadi. 1968-1769 yillarda Xivaboshiga tabiiy ofat—vabo tushdi, chigirtka yopirilib, ekinlarni kemirib ketdi, dehqonlar xonavayron bo’ldi. Bu musibatlar Xivadagi ahvolga og’ir ta’sir qildi. Munisning dalolat berishicha, siyosiy alg’ov-dalg’ovlar, vabo va o’lat balolaridan keyin «arkoni davlat va hatto mehnatkash xalq (fuqaro va raiyat) mahalla ketidan mahalla butun urug’-aymog’i bilan ochlik balosidan qutilish uchun bosh olib, dunyoning turli mamlakatlariga tarqala boshladi. Qochishga qurbi yetmaganlari farzandlarini qozoq va qoraqolpoqlarga sotib bir amallab jon saqlab qoldi «Xiva shahridagi azim binolar buzildi, ularning o’rnida yulg’in butalari va sassiq alaflar o’sib chiqdi… shu tariqa, obod va go’zal shaharda bor-yo’g’i qirqta nochor oila qoldi» Xiva xonligini 1763 yildan 1790 yilgacha haqiqatda idora qilgan Muhammad Amin Inoq Xivani qayta tiklashga ko’p e’tibor berdi. Qo’ng’irot qabilasidan chiqqan, O’mboy inoqning avlodi bo’lgan bu xon o’zbek qabilalarini birlashtirdi. Muhammad Amin Inoqning nabirasi Eltuzar (1804-1806 yillar) 1804 yilda rasmiy ravishda xonlik unvonini qabul qildi va haqiqatda 1920 yilgacha Xiva xonligini idora qilgan Qo’ng’irot sulolasiga (1763-1920 yillar) asos soldi. Muhammad Amin Inoq ayirmachilik kayfiyatda bo’lgan va oliy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intilgan mayda hukmdorlarga qarshi muvaffaqiyatli kurashdi. U tarqoq viloyatlarni Xiva atorofida yagona davlatga birlashtirishga intildi. Muhammad Amin Inoq o’z obro’sini ko’tarish uchun unga xayrixox bo’lgan turkmanlarning yovmit va chovdor qabilalari boshliqlaridan ustalik bilan foydalandi. U avval mazkur qabila boshliqlarini Xivaga keltirib, izzit-ikrom ko’rsatdi, keyin esa shafqatsizlarcha qatl etdi. Sulolalar va mulkdorlarning o’zaro kurashlari xivaliklarning turmushiga ayanchli ta’sir qildi. Ularning ko’plari shaharni tark etishga majbur bo’ldi. Muhammad Amin o’z dushmanlari ustidan g’alaba qozongach mamlakatga tartib o’rnatishga kirishdi. Uning hukmronligi yillarda «davlat ishlari tartibga keltirildi, fuqaro osoyishta yashay boshladi», -deb qayt etiladi «Firdavsul – iqbol»da. «Shu davrda kelib ochlik kulfati tugadi, arzonchilik boshlandi, ikki yarmoqqa bita kata qo’y olish, bir dinorga Xiva o’lchovida qirq botmon bug’doy yoki oltmish botmon jo’xori olish mumkin edi». Sug’orishishlari ishlari kengaytirilib, dehqonchilik rivoj topdi, ko’chmanchilar va yarim ko’chmanchilar o’troq hayotga o’tishdi. Muhammad Amin Inoqning farmoishi bilan ko’pgina nuragan imoratlar ta’mirlandi. Xiva shahri devorining buzilgan joylari tiklandi. Muhammad Rahim (1806-1825 yillar) hukmronligi davrida tarqoq xonliklarni yagona davlatga birlashtirish ishlari davom ettirildi. Davlatdagi ichki ishlar yanada tartibga solindi. Muhammad Rahim davlatning muhim ishlarini muhokama qilish uchun oliy amaldorlar va o’zbek qabilaraining vakillaridan iborat oliy kengash ta’sis etib, unga boshchilik qildi. U soliq islohoti o’tkazdi, bojxonalar tashkil qildi. Xivaning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari kengayishi tufayli oltin va kumush tangalar zarb etildi. Muhammad Rahimning o’g’li Olloqulixon davrida Xiva xonligi chegaralari yana ham kengaydi. Xonlikdagi hunarmandlik san’ati asosiy qismi Xivada jamlangan edi. Biroq Xorazmdagi iqtisodiyotning taraqqiyotidan keyin tanazzul davrlari ham bo’lib turdi. 1558 yilda Xivaga kelgan ingliz savdo kompaniyasining vakili Antoni Jenkinsonning ta’kidlashicha, Vazir shahri «keyingi yetti yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi», shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari hqam nochor, shu sababli butun shaharda zo’rg’a to’rt to’p sarja sotib oldim. Aholining ko’pgina qismi mayda hunarmandlardan iborat edi. Bu yerda hunarmandlik ixtisoslashgan edi. To’quvchilik- hunarmandlik ishlab chiqarishning rivojlangan tarmoqlardan biri bo’lsa, paxta tolasidan to’qilgan gazlamaga gul bosish eng keng tarqalgan kasb edi. Ular orasida bo’z muhim o’rin tutar edi. Xivalik ustalar bo’zning xar xil navlari- arzon va qimmatlarini, shu jumladan yuqori navli nozik ipdan ham to’qishadi. Bunday harir gazlama asosan davlatmand oilalalarga mo’ljallanardi. Saolibiy (961-1038 yillar) zamonidayoq qimmatbaho bo’z matolar xorazmdan sharqning ko’pgina shaharlariga olib ketilar edi. Dag’al va arzon bo’zlardan to’quvchilarning o’zlari foydalanishar, ularni kambag’al fuqaro sotib olar va ko’chmanchilar yashaydigan dashtlarga eltib berlardi. Ko’chmanchi aholining bo’zga doimiy talabi oshib borishi Xivada ham, xonlikning boshqa shaharlarida ham ishlab chiqarishning bu tarmog’ini rivojlantirishni rag’batlantiruvchi omillardan biri bo’ldi. XVIII asrning 70- yillarida Xivaga kelgan F. Yefrimov bunday deb yozdi: Xivada «…juda ko’p miqdorda paxta ipi yigiriladi, undan kalava hosil qilinadi, kalavadan esa chodir, doka, qalin mato to’qiladi, rossiyada bulardan xom surp, guli chit, ola-bula gazmollar, to’r, burmet, bo’z, va boshqa turli matolar olinadi va boshqa davlatlarga yuboriladi». Biroq XVII –XVIII ko’pgina qimmatbaho to’qimachilik maxsulotlari Xivaga Buxorodan keltirilar edi. Savdo-sotiq ishlaridan Xivaga durust daromad tushardi. Savdo-sotiqni kengaytirishga harakat qilgan Muhammad Rahim XIX asr boshlarida turkmanlarga Xivadan g’alla sotib olish imkonini berdi, turkmanlar esa xivaliklarning karvonlari turkman yerlaridan xavf-xatarsiz o’tib olishini ta’minlashga va’da berdilar. Xiva turmushida bozor muhim o’rin tutar edi. Xiva bozori usti yopilgan va ikki tarafi kator-qator ustaxona-do’konlar bilan to’lgan ikki ko’chadan iborat edi. Bu bozor Buxoroning asosiy bozorichalik bo’lmasa ham, har holda gavjum edi. Xiva xonligida hokimiyatni markazlashtirishga erishilishi tufayli ichki va tashqi savdoni rivojlantirish uchun sharoit yaratildi. Avvalgi kichik bozor endi aholining talab-ehtiyojlarini qondira olmay qoldi, shu sababli XIX asrning 30-yillarida bozor maydoni anchagina kengaytirildi. Buning uchun shaharning sharqiy chekkasidagi ko’l kuritildi. Xivaliklar ko’lni tuproq bilan to’ldirish uchun qirk besh kun mehnat qildilar, nihoyat bu yerda yangi savdo rastasi barpo etildi. Bozordagi o’rindan foydalanilgani uchun tagjoy deb atalgan alohida soliq undirib olinardi, bu soliq XIX asrda ham saqlanib qoldi. Xivadan boshqa yurtlarga borish yo’llari hamisha ham xavf-xatarsiz bo’lmasada, baribir turli-tuman mollar ortilgan karvonlar har tomonga yo’l olib turardi. Munis shunday karvonlardan biri hususida dalolat beradi: «Xorazmlik savdogarlardan ikki yuz nafari 1219 hijriy yilda (1804- 1805 ypllar) ko’pdan-ko’p qimmatbaho mollar ortilgan katta karvon bilan yo’lga chikdi. Shu karvon Marvdan Mashxad tomon yo’l olib, Seraxs viloyatiga qadam qo’ygan hamono shu yerdagi qumliklarda yashovchi turk-manlarning salir qabilasi bosqiniga duchor bo’ldi». Xivaliklar bosqinchilarga qattiq qarshilik qildilar. Munis yana xabar qiladi: «...karvon egalari mol tugunlari va tuproqni panalab, o’zlarini mudofaa qila boshladilar, ammo chovdorlar uch kun mobaynida qanchalik urinmasinlar, ularni mag’lub qila olmadilar. Beshinchi kun chovdorlar kelishib olishni iltimos qildilar va halok bo’lganlar uchun kafanlik so’radilar... karvon esa xavf-xatardan eson-omon qutulib yana yo’liga ravona bo’ldi». Yaqin va olis mamlakatlarning savdogarlari o’z mollari bilan Xiva karvonsaroyiga kelib turishardi. Ular turli-tuman mollarni olib kelishar, bir qismini Xivada sotishar, qolganini boshqa yurtlarga olib ketishardi. XIX asr boshlarida Xivaning halkaro savdo-sotiqdagi ahamiyati ancha ko’tarildi. Xivadan qorako’l teri va gilamlar Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarga chiqarib turildi. Iroq bilan savdo-sotiq rivojlandi. Jenkinsonning ma’lumotlariga ko’ra, «bu yerda sotilayotgan eng muhim mollar Buxoro yoki Erondan keltirilgan, ammo ular kamligi sababli yozishga xam arzimaydi». Ayrim savdogarlar Xivaga ko’p martalab kelishar, fuqaro ularni yaxshi bilar edi. Ana shunday savdogarlardan biri qozoq Sulton Tovka 1763 yilda savdo-sotiq ishlari bilan Xivaga kelganida uni navbatdagi soxta xon sifatida Xiva taxtiga o’tqazib qo’yishdi. Lekin Sulton Tovka ko’g’irchoq hukmdor mavqyeiga toqat qilmay, xon hokimiyatidan voz kechib, tez orada yurtiga qaytib ketdi. Xiva bozoriga xilma-xil mollar keltirilardi. Xunarmandlarning, shu jumladan tevarak-atrofdagi qishloklar mayda ishlab chiqaruvchilarining buyumlari, shuningdek dehkonchilik va chorvachilik maxsulotlari katta o’rin olardi. Xiva bozorida sotiladigan mollar, avvalo, ko’pchilik shaharliklarga va yakin qishloqlarning aholisiga mo’ljallanardi. Ba’zi mollar badavlat kishilarning didiga moslab tayyorlanardi, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlari ustalarining mahsulotlari, shu jumladan ip va shoyi gazlamalar, paxta va ipakning bir qismi xonlik tashqarisiga olib borib sotilardi. Xivalik savdogarlar mollarini Eron, Afg’oniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarga yetkazib berishardi. Download 398 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling