3. Maruza. XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi. Reja


Download 106.5 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1622985
  1   2   3
Bog'liq
3-maruza


3. Maruza. XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi.
Reja:
1.XVI asr boshlarida Xivaning, Eran ta’siri ostiga tushib qolishi.
2.Xiva aholisining ozodlik uchun kurashlari.
3.Shayboniylarning Xivada o`z hukumronligini o`rnatishi va Xivada Shayboniylar sulolasiga asos solinishi.
4.Xiva xonligida siyosiy, gumanitar-iqtisodiy ahvol. Mamlakatning boshqaruvi.
Xiva xonligi Amudaryoning quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr boshlarida shakllangan davlat bo’lib, XVII asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida boshqarilgan.
Arab Muhammadxon (1602-1623) davrida poytaxt uzil-kesil Xivaga ko’chirildi. Xiva xonligi tasarrufiga Amudaryo quyi oqimidagi vohalar, Mang’ishloq, Dahiston (Mashhad) va O’zboy atrofidagi ko’chmanchi turkman hududlari kirar edi. Biroq, xonlikda tinchlik bo’lmadi. Uzoq yillar davomida xonlik tepasida turgan o’zbek qabilalari bilan turkman qabilalari o’rtasida, Shuningdek, shahzodalar o’rtasida tinimsiz urushlar bo’lib turdi. Xiva va Buxoro hukmdorlari o’rtasida Murg’ob daryosi bo’ylari uchun, Marv uchun urushlar bo’lib turar, bu hududlar qo’ldan-qo’lga o’tardi. Xonlikka Shimoldan qalmoqlar, qozoqlar, Ural kazaklari tez-tez xujum qilib faloqatlar keltirardi
1763 yildan o’zbeklarning qo’ng’irot urug’i vakillari inoqlar Xivada hokimiyatni qo’lga olishadi. 1873 yilda ruslar istilosidan keyin Rossiyaga qaram davlatga aylandi. 1920 yilda sho’rolar hokimiyati tomonidan xonlik tugatilib, shuo’rolar davlatiga aylantirildi. Xiva xonligi tarixiga oid manbalar ichida mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan asarlar muhim o’rin tutadi. Ular ichida Xiva xoni Abulg’ozi tomonidan «Shajaraiturk» va «Shajarai taroqima» asarlari, saroy tarixchisi Munis (1778—1829) tomonidan boshlanib, Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan davom ettirilgan «Firdavs ul — iqlob» (Iqlobnoma) asari, Muhammad Yusuf Bayoniyning (1859—1923) «Shajarai Xorazmshohiy» asari va boshqa birqancha asarlari ta’kidlab o’tish lozim.
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm vohasi 1505 yilda Shayboniyxon tomonidan bosib olingan bo’lsa, 1510—1512 yillarda Eron shohi Ismoil Safaviy davlati tarkibiga «kiritildi. Xorazmda Eronshohining 3 ta dorug’asi hukmronlik qilgan. Biroq, Vazir shaxrining qozisi Umar Shayx tashabbusi bilan Xorazmda eronliklarga qarshi kuchli halq ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Xorazmning obro’li shayxlaridan bo’lganbo’lgan Shayx ota avlodlari Dashti qipchoqli ko’zbeklar hukmdorlaridan biri Elbarsxonga Xorazm taxtini taklif qildilar. Elbarsxon o’z qo’tpinlari bilan qisqa vaqt ichida Vazirshahrini (Ustyurtda, Ko’xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shahar XV asrda o’zbek xonlaridan Mustafoxon tomonidan barpo etilgan) qo’lga kiritib, vohadagi barcha shaharlarda neronliklarni quvib chiqardilar. Elbarsxon (1712—1780—1781) Xorazm poytaxti hisoblangan Urganch shahrini ham qo’lga kiritdi a amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U tez orada xonlik hududini birmuncha kengaytirishga erishdi. Hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs tumanini, Orolni va Mang’ishloqni egalladi.Vafotidan so’ng Xorazm taxtini uning vorislari boshqardilar. Hususan XVI asrda uning vorislaridan Berikach Sulton, Sultonxoji, So’fiyonxon, Sultong’ozi Avanushxon, Kolxon, Akatoyxon, Do’stxon, Xojimxon, Nurmuhammadxon kabilar xonlik qildilar. SHayboniy Ubaydullaxon 1537-1538 yillarda Xorazmda qisqa muddat o’z hukmronligini o’rnatishga erishgan bo’lsada, Avanushxon vorislari tomonidan tezda Xorazm ozod etildi. XVI asrning ikkinchi yarmida Abdullaxon II Xorazmni bo’ysundirish uchun harakat qildi. Bir necha marta vohaga uyushtirilgan harbiy yurishlardan so’ng, 1593 yilda Xorazm ham Bukoro xonligit arkibiga qo’shildi. Abdullaxon vafotidan so’nggina Xorazm vohasi yana o’z mustaqilligini tiklaboldi.
XVI asrning 70 yillarida Xorazm poytaxti Urganchdan Xivaga ko’chirildi. Unga Amudaryo o’zanining o’zgarib Kaspiy dengiziga oqmay qo’yishi, Urganch va uning atroflarida suv tanqisligi yuz berganligi sabab bo’ldi. Ba’zi manbalarda, Amudaryo o’zanining o’zgarishini SHayboniy Abdullaxon II faoliyati bilan bog’landi. U Xorazmni o’ziga bo’ysundirishi uchun gto’tonqurib, Amudaryo oqimini o’zgartiradi. Poytaxt Xivaga ko’chirilgandan so’ng davlat poytaxt nomi bila nXiva xonligi deb atala boshlandi.
XVII asr boshlarig akelib, Xorazm taxti uchun bo’lgan sulolaviy kurashlarda Arab Muhammadxon (1602—1623) taxtni qo’lga kiritdi. Bu davrda rus qozoqlari, Qozoqlar, kalmiklarning xonlik xududlariga kirib talonchilik yurishlari bo’lib turdi. Manbalarning guvohlik berishicha, hatt orus qozoqlaridan 1000 kishi shaharda qo’shin yo’qligidan foydalanib Urganchga bostirib kiradilar, katta o’lja va ko’pgina kishilarni qul qilib, olib ketishga harakat qiladilar. Lekin o’z vaqtida yetib kelgan xon qo’shinlari bu bosqinchi to’dani butunlay tor — mor etishga muvaffaq bo’ladilar. Xonlikda katta ta’sirga ega Darvish shayxlarning aralashuvi bilan Arab Muhammadning utillari - Xabash va Elbarslar hokimiyat uchun otasiga qarshi kurash boshlaydilar. Natijada Arab Muhammad xon taxtdan tushiriladi va ko’zig amilt ortirilib, so’ng Xivada qatl etiladi. Taxtga esa Elbarsxon o’tiradi. Qisqa hukmronlikdan so’ng u ham ukasi Isfandiyor tomonidan taxtdan tushiriladi. Isfandiyor hukmronligi davrida (1623—1643) Xiva xonligida siyosiy vaziyat ancha keskinligicha qoldi, Ayniqsa, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Orol hokimligi (bu yerda o’zbe kqo’ng’irotlari katta siyosiy ta’sirigaegaedi) markaziy hokimiyatga bo’ysunmay, Xorazmning siyosiy hayotida muhim o’rin tutardi. Turkman qabilalarining ham buxonga ta’siri kuchli edi. Ular yordamida taxtga o’tirgan Isfandiyor o’zbek qabilalari vakillarini davlat boshqaruvidan chetlashtira boshladi. Arab Muhammadning o’tli bo’lgan Abulg’ozixon o’z akalari Elbars va Xabashla rbilan kelisha olmaganligi uchun Xorazmni tashlab chiqib ketadi, U bir qancha muddat Buxoroda Imomqulixon saroyida yashaydi. Taxtni egallagan Isfandiyorxonning taklifi bilan 1623 yilda Xorazmga keladi va Urganchga hokim etib tayinlanadi. Lekin tez orada Isfandiyor bilan kelisha olmay Turkistonga Eshimxon huzuriga ketadi. U yerdan Toshkentga kelib, bu yerda 2 yil istiqomat qiladi. Buxoro orqali Xivaga qaytgan Abulg’ozixonni o’ziga jiddiy raqib deb bilishi Isfandiyorxon uni bosqinchilikda ayblab, hibsga oldiradiva Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo’natiladi. Isfaxon yaqinidagi Taborak qal’asida 10 yil tutqunlikda yashashga majbur bo’lgan Abulg’ozi 1639 yili o’znazoratchilari yordamida yashirincha Erondan chiqib ketishiga muvaffaq bo’ladi. Undan so’ngu 3 yil davomida turkmanlar orasida yashaydi. 1642 yilda Orol o’zbeklari huzuriga keladi va ular yordamida taxtni egalaydi. Abulg’ozixonning hukmronligi yillarida (1643 — 1663) markaziy davlat hokimiyati bir muncha mustahkamlandi. Abulg’ozining hukmronligi yillarida Buxoro xonligi hududlariga ham talrnchilik yurishlari uyushtirildi. Xiva qo’shinlari Chorjuy, Qorako’l, Karmana va Qarshi vohasiga hujumlar uyushtirib, bu yerlarni talon —taroj qildilar. 1662 yilda tuzilgan sulhga qaramasdan, Xiva v aBuxoro o’rtasidagi nizoli vaziyat keyingi davrlarda ham saqlanib qoldi. Abulg’ozixon og’ir dardga chalinib qolgach, 1663 yilda taxtdan voz kechdi.
Uning vorisi Anushaxon hukmronligi davri (1663—1687) da Xiva qo’shinlari Buxoroga, Samarqand, Qarshiga yana hujumlar qilib turdilar. 1685 yilda Xivaliklar G’ijduvon yaqinida qattiq zarbaga uchraganda iso’nggina bu talonchilik yurishlariga barham berildi. Buxoroning yangi xoni Subhonqulixon nafaqat Xivaliklar hujumini to’xtatishg abalki, Xivada o’z ta’sirini o’rnatishga ham muvaffaq bo’ldi. Uning yordamida Anushaxonning o’g’li Ernak 1687 yilda Xiva dahokimiyatni egallash uchun fitna uyushtirdi. Lekin o’z otasi Anushaxonni ko’r qilib, taxtni egallagan Erna ktaxtda uzoq qola olmadi. Subhonqulixon 1688 yilda Xiva taxtiga o’z amaldorlaridan biri Shohniyozni o’tkazib (1688—1707) Xivani amalda Buxoroga vassal davlatga aylantirildi.
Buxoro ta’sirida nqutilish uchun Shohniyoz Rossiya hukmdori Pyotr I ga xat yo’llab, Xivani Rossiya tarkibiga qo’shib olishini so’raydi. O’z siyosatida Sharqni ham egallashni ko’zlayotgan rus podshosi uchun bu ayni muddaosi edi, 1703 yilda Pyotr I ning Xiva Rossiya tarkibiga qo’shib olinganligi to’g’risidagi yerlikni Xivaga yuboradi. Bu yerlik Xivaning yangi xoni Arab Muhammadga (1707—1714) topshirildi. Lekin Xivani o’ziga tobe etish hali Rossiyaga nasib etmagan edi.
Arab Muhammad va uning vorisi SHerg’ozixon hukmronligi davrida (1715-1728) xonlikdagi siyosiy nizolar mamlakatning iqtisodiy ahvolini ham izdan chiqardi. Bu vaziyatda Pyotr I tomonidan uyushtirilgan Aleksandr Bekovich Cherkasskiy rahbarligidagi harbiy ekspeditsiya xonlikka kirib keldi. Xiva xoni Sherg’ozixon tomonidan rus qo’shinlari yaxshi kutib olindi va hiyla bilan butunlay qiribt ashlandi.
Lekin tashqi dushman havfi ostida birlashtirilgan xivaliklar xatar bir taraf etilgach, o’zaro nizolarni yangi kuch bilan boshladilar. O’zaro nizolarga faol aralashib turgan Buxoro xoni Abulfayzxon Xivada markaziy hokimiyatga qarshi chiqayotgan Orol hokimlarini qullab quvvatladi. Ular esa o’z navbati Buxoroda yashayotgan shahzoda temur Sultonga Xiva taxtini olib berish uchun xarakat qildilar. O’zaro urushlar Sherg’ozixon o’limigacha davom etdi. Elbarsxon davri(1728—1740)da o’zaro nizolar birmuncha susaydi, lekin qo’shni xududlarga talonchilik yurishlari yana jonlanib ketdi. Uning davrida Xiva qo’shinlari Xuroson sarhadlariga harbiy yurishlar uyushtirib, katta o’ljalarni qo’lga kiritdilar. Bu o’z navbatida Eron shohi Nodirshohni Xorazmga yurishga undadi. Xazorasp va Xonqa yonida bo’lib o’tgan janglarda g’alabaga erishgan eronliklar 1740 yilda Xiva xoni Elbarsxonni o’ldirib, Xorazmni butunlay bo’ysundirdilar. Xorazmda yana siyosiy parokandalik boshlandi. Xiva taxtida kichik qozoqjuzidan bo’lgan, rus fuqaroligini qabul qilgan Abulxayrxonning qisqa hukmronligidan so’ng Nodirshoh Xorazmga ikkinchi marta yurish qilib, Xivani egaladi. Shahardagi barcha eron va rus millatiga mansub qullar ozod qilindi. Xorazm halqiga katta miqdorda soliq solinib, Xiva Nodirshohning noibi tomonidan idora qilina boshlandi, 1741 yilda Xivada qo’zg’olon ko’tarildi va Nodirshohning noibi o’ldirilib, Eronliklarning harbiy qo’shini qiribt ashlandi. Taxtga Nuralixon o’tirdi. Lekin Nodirshohning o’g’li Nasrullo Xorazmga katta kuch bilan kirib kelgandan so’ng, u taxtni tashlab Dashti Qipchoqqa qochib ketdi. Shundan so’ng Xiva taxtida xonlar tez —tez almashib turdilar. 1747 yilda qozoq sultoni Taibxon taxtga o’tkazildi (1747 — 1757). U xonlikda katta nufuzga ega bo’lgan Otaliq Xuzurbekni davlat boshqaruvidan chetlashtirib, davlatdagi yirik mansablarni qozoqlarga bo’lib bera boshladi. Bu esa Xivada yana qo’zg’olon ko’tarilishiga olib keldi. Xon taxtni tashlab, qozoq dashtlariga qochib ketgandan so’ng, hokimiyatni uning ukasi Abdullaxon (1757 — 1758) egallaydi. Xiva xonligida ro’y berayotgan siyosiy parokandalikdan Buxoro hukmdorlari o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga harakat qildilar.» Xivada ko’tarilgan navbatdagi qo’zg’olondan so’ng Buxoro hukmdori Muhamad Rahim Xiva taxtiga o’z odami Temur G’ozixonni o’tkazadi. Shu davrdan boshlab Xiva xonligida o’zbeklarning qo’ngirot urug’idan bo’lgan inoqlarning davlat hokimiyatidagi ta’siri ortib boradi. 1763 yilda Inoq Muhammad Amin amalda Xivadagi birinchi darajali hukmdorga aylanadi. Bu davrda taxtda rasman bir necha xonlar o’tirgan bo’lsalarda, hokimiyat amalda butunlay uning qo’lida edi. Shaharlik savdogarlar, hunarmandlar va din peshvolari yordamida o’z hokimiyatni ancha mustahkamlagan bu hukmdor turkmanlar hujumini (1770), buxoroliklar tajovuzini (1782) bartaraf etib, markaziy hokimiyatni ancha mustahkamladi. Mahalliy hokimlar beboshligiga chek qo’yildi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli yaxshilandi. Hunarmandchilik, qishloq xo’jaliga va savdo - sotiq rivojlandi.
XVI-XIX asr boshlarigacha Xiva xonligidagi mavjud siyosiy ahvol shunday rivojlanishda davom etgan edi. Xiva xonligi iqtisodiy hayotida qishloq xo’jaligi alohida muhim o’ringa ega edi, Xonlikda yer egaligi uch hil shaklda bo’libg davlat yerlari, vaqf yer egaligi va hususiy yer egaligi shakillaridan iborat bo’lgan. Davlat yerlari odatda xon va uning yaqinlariga tegishli bo’lib, odatda ular suv manbalariga yaqin hosildor yerlardan iborat bo’lgan. Davlat xazinasiga xonning shaxsiy mulki sifatida qarash hukmron edi. Hususiy yer mulklar ichida yirik mansabdor, harbiy - ma’muriy va diniy amaldorlarga tegishli yer-mulklar katta foizni tashkil etardi. Qishloq jamolari egalik qiladigan yerlar dexqonlarga odatda 8-12 tanobdan bo’lib berilgan. Vaqf yerlariga odatdagidek, masjid va madrasalarga, diniy Mahkamalr va qabristonlarga tegishli yerlar kirgan va ulardan olinadigan daromad shu joylarning sarf - harajati uchun ishlatilgan. Voha iqtisodining asosini dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etib, dehqonchilikda Amudaryoning quyi oqimidan olingan ko’plab kanallar va ariqlar muhim o’rin tutgan. Bu ariq va kanallar orasida eng yiriklari quyidagi, 11 ta sug’orish shaxobchasi edi: Pitnak kanali, Polvon kanali, Kazovot kanali, Shohabbaz kanali, Yarmish kanali, Qilich Niyozbiy kanali, Qorako’zkanali, Arnakanali, Bo’z suv kanali, Suvvoli Xonkanali. Bulardan tashqari yana ko’plab o’rtacha kattalikdagi va uzunlikdagi sug’orish kanallari vaa riqlari ham voha dexqonchiligi uchun qo’l kelgan. Qishloq xo’jaligida paxta, sholi va ekinlar yetishtirish, bordorchilik va poliz ekinlari ekish keng tarqalgan va rivojlangan edi. Biroq xonlik xududlarida ipakchilik yaxshi rivojlanmagan edi. O’troq aholi ham o’z xo’jaliklarida chorva mollari boqsalarda, biroq chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan asosiy talablarini chorvadorlart omonidan yetishtirilgan mahsulotlar yordamida qondirganlar. Chorvachilikda asosan bir urkachli tuyalar, ot va qo’y boqilgan.
Hunarmandchilik ham xonlik iqtisodiy hayotida alohida o’ringa ega bo’lib, hunarmandchilik va hal maliy san’atning Xiva xonligi xududdarida o’ziga xos maktabi yaratilgan edi. Xonlikda har birs haharda ko’plab hunarturlari bilan shug’ullanuvchi hunarmandlar mavjud edi. Ular faqatgina ichki bozorni o’z mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, balki tashqi savdoga ham ajoyib hunarmandchilik mahsulotlarini chiqarar edilar. Tashqi savdoda chetdan qo’rg’oshin, mis, temir, chuyan kabi metallar va metall buyumlar asosan Rossiyadan, oltin, kumush, hunarmandchilik mahsulotlari hamda qishloq xo’jalik mahsulotlari Buxoro, Qo’qon, Eron va Rossiyadan keltirilgan va o’z navbatida Xiva xonligida ham chetga shunday mahsulotlar va nafis hunarmandchilik mahsulotlari chiqarilgan.
Xivalik savdogarlar tranzit savdo aloqalarida ham faol ishtirok etganlar va bu yerlardan o’tadigan savdo karvonlaridan olinadigan boj yig’imlari ham xonlik xazinasiga kattagina daromad keltirib turgan. Xiroj va zakot kabi asosiy soliqlardan tashqari turli yig’imlar ,va majburiyatlar mavjud bo’lgan.


Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling