1-mavzu. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsad va vazifalari. Ilmiy bilimlarning metodologik asoslari. Reja


Download 28.54 Kb.
bet3/3
Sana17.09.2023
Hajmi28.54 Kb.
#1680031
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan jamiyat mulkiga aylangan va ijtimoiy xotirada saqlanayotgan bilimlarni о'zlashtirmasdan rivojlana olmaydi. Fanning madaniy mohiyati uning axioqiy tamoyillar va qadriyatlar bilan boyib borishiga sabab bo‘ladi. Fan etosining yangi imkoniyatlari intellektual va ijtimoiy mas’uliyat muammosi, qarorlar qabul qilishning shaxsiy jihatlari; ilmiy hamjamiyat va jamoadagi ma’naviy muhit muammolarida namoyon bo'ladi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fan о’z erkinligidan voz kechmaydi va ijtimoiy munosabatlar tizimiga butunlay singib ketmaydi. Fan, «kommunitar (kollektiv) korxona»dir, chunki biron-bir olim faoliyati jarayonida о’z hamkasblarining yutuqlariga, insoniyatning umumiy xotirasiga tayanmasligi mumkin emas. Fan olimlar hamkorligini talab qilinganligi bois, и intersubyektivdir.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizatsion
rivojlanish tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi o‘zining “Tarixni
anglash” nomli asarida dastlab sivilizatsiyaning 21 tipini farqlagan, asaming
oxirida esa 37ta sivilizatsiyalami sanagan, ulaming 30 tasini hozirgi kunda
o‘lik sivilizatsiyalardir deb atagan. Hozirgi mavjud sivilizatsiyalarga A.
Toynbi 1) G‘arb sivilizatsiyasi; 2) provoslav, 3) Hindiston; 4) Xitoy; 5)
Uzoq Sharq (Koreya, Yaponiya); 6) Eron va 7) Arab sivilizatsiyalarini
kiritadi. Eng umumiy yondashuv sivilizatsiyalaming ikki xili: an’anaviy
va texnogen sivilizatsiyalami hisobga olib, umumiy sivilizatsion farqlashni
taklif qiladi.

Texnogen sivilizatsiyalar XV-XVII asrlarda Yevropa mintaqasida
texnogen jamiyatlar paydo bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Ayrim
an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatJarga qo'shilib ketgan, ayrimlari esa,
texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat
kasb etgan.
Texnogen rivojlanishning madaniy matritsasi uch bosqich:
oldindustrial, industrial va postindustrial bosqichlardan о’tadi.
Texnika va
texnologiyaning rivojlanishi uning muhim ko‘rsatkichiga aylanadi.
Rivojlanishning texnogen tipi - bu tabiiy muhitning jadal sur’atlarda
o‘zgarishi, uning odamlar ijtimoiy aloqalarining faol o‘zgarishi bilan
birikishidir. Texnogen sivilizatsiya yuzaga kelganiga 300 yildan sal
ko‘proq vaqt bo‘lgan. U ancha agressiv bo‘lib, ko‘pgina eski madaniy
an’analaming halokatiga sabab bo’ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati
maydoniga aylanadi. Inson o‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga turtki
beruvchi markaz sifatida amal qiladi. «Kuch» tushunchasi ishtirokidagi
umumiy madaniy munosabatlar tavsifi shundan kelib chiqadi: ishlab
chiqarish kuchlari, ilmiy kuchlar, intellektual kuchlar va h.k.
An’anaviy va texnogen jamiyatlarda shaxs erkinligi muammosiga
nisbatan munosabat ham har xildir. An’anaviy jamiyatga shaxs erkinligi
umuman xos emas
, shaxs imkoniyatlarini faqat muayyan korporatsiyaga
mansublik orqali
, korporativ aloqalar elementi sifatida ro’yobga chiqarish
mumkin.

Texnogen jamiyatda har xil ijtimoiy birliklar va madaniy an'analar
bilan o'zaro munosabatlarga kirishish imkonini beruvchi shaxs erkinligi
himoya qilinadi.
Inson faol mavjudot sifatida tushuniladi. Uning faoliyati
ekstensiv bo‘lib, tashqi dunyo va tabiatni bo‘ysundirish va o‘zgartirishga
qaratiladi. Biroq tabiat har xil texnogen mashg‘ulotlar uchun tubsiz zahira
bo’lishi mumkin emas, chunki inson faoliyati azaldan biosferaning
komponenti hisoblanadi.
Fanga olimlar ham ta’rif bergan, xususan, J. Bernal fan tushunchasiga amalda ta’rif berish mumkin emasligini qayd etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo‘llami belgilaydi. Uning fikricha fan: 1) institut; 2) metod; 3) ilmiy an’analaming shakllanishi; 4) ishlab chiqarishning rivojlanish omili; 5) e’tiqodlar va insonning dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng kuchli omil sifatida namoyon bo‘ladi.
«Etimologik lug‘at»da fan «tabiiy hodisalami kuzatish, tasniflash,
tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko‘rsatish
vositasi» sifatida ta’riflangan. Bu ta’rif asosan amaliy xususiyat kasb
etadi. E. Agassi fan «obyektlar haqidagi fikr-mulohazalaming oddiy
majmui sifatida emas, balki obyektlaming muayyan sohasi haqidagi
nazariya sifatida» qaralishi lozimligini qayd etadi. Bu ta’rifda ilmiy va
oddiy bilimni farqlashga da’vo, fan obyektni o‘rganishni uni nazariy tahlil
qilish darajasiga yetkazgan taqdirdagina to’laqonli xususiyat kasb etishiga
ishora mavjud. Shunday qilib, fan bilan faqat dalillar majmuini qayd etish
va ulami tavsiflashni bog’lash mumkin emas. Biz narsalar va hodisalami
tushuntirish va ularni taxmin qilish tamoyillarini aniqlashga muvaffaq
bo'lgan taqdirdagina to’laqonli fanga ega bo’lamiz. Ko‘pgina olimlar
muayyan tamoyillar, soddalik mavjud bo’lmasa, fan ham mavjud
bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar. Bu bahsli fikr. Chunki fanning yetukligi
nafaqat soddalik va aniqlik, balki teran nazariy, konseptual daraja bilan
ham belgilanadi
. Agar inson mushohada yuritishni emas, balki unga
barcha dalillar taqdim etilishini xohlayotgan bo’lsa, и fanning dastlabki
bosqichida emas
; balki bu bosqichning nuqtai nazarida turgan bo'ladi.
Hozirgi vaqtda fan awalo ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo'ladi. Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bog'liq ekanligi, ijtimoiy kontekstda o'z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi va o'zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki xil munosabat qayd etiladi: Birinchidan, fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan, ikkinchidan о'z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga kuchli ta’sir коrsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Вернадский В.И. Проблема биохимии. - Москва: Наука, 1988. - 252- б.

  2. Тойнби А Постижение истории. -Москва: 1996. - С. 33

  3. Бернар Дж. Наука в истории общества. - Москва: 1956. - 18-6.

  4. Холтон Дж. Что такое антинаука // Вопросы философии. 1992. №2.

  5. Агацци Э. Моральное измерение науки и техники. - Москва: 1998. - 12-6.


Download 28.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling